JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57
www.jmbm.uz
VOLUME 2, ISSUE 1 (April) ISSN: 2181-3000
Page 177
Strategik boshqarishning yana bir mahsuloti bo‟lib tashqi muhitda sodir
bo‟ladigan o‟zgarishlarga korxonaning sezgirligini ta‟minlovchi ichki tuzilma va
tashkiliy o‟zgarishlar hisoblanadi.
Shunday qilib strategik boshqarish faoliyati strategik nuqtai nazarlarni
ta‟minlashga yo‟natilgan,u esa o‟z navbatida o‟zgaruvchan sharoitlarda
korxonaning uzoq muddatli faoliyat ko‟rsatishini ta‟minlaydi.
Tijorat korxonasida strategik muammolar bilan shug‟ullanuvchi
rahbar
doimiy foyda potensialini ta‟minlaydi.Uning vazifalari quyidagilardan iborat:
korxornada strategik o‟zgarishlarni amalga oshirish;
strategik o‟zgarishlarga olib keluvchi tashkiliy arxitektonikani
ishlab chiqish;
strategik o‟zgarishlarni amalga oshiruvchi kadrlarni tanlash va
tarbiyalash.
Strategik boshqarishdan farqli ravishda tezkor boshqarish korxona
maqsadlariga erishish uchun mavjud bo‟lgan strategik pozitsiyadan foydalanish
bilan shug‟ullanadi. Tijorat korxonasida tezkor boshqarish masalalari bilan
shug‟ullanuvchi rahbar firma potensialini real foydaga aylantirilishi lozim.Uning
vazifalari quyidagilar iborat:
umumiy tezkor masalalarni aniqlash;
moyillik,koordinatsiya hamda bo‟linma rahbarlari va ijrochilarni
nazorat
qilish.
Tijorat korxonalarni boshqarish tizimi biri ikkinchisini
to‟ldiruvchi ikkita
boshqarish faoliyatini o‟z ichiga oladi-strategik boshqarish (korxonaning
kelajakdagi potensialini rivojldanishi bilan bog‟liq) va tezkor boshqarish (mavjud
potensialni foydaga aylantirish bilan bog‟liq).Strategik boshqarish tadbirkorlik
tashkiliy «hulq»ni talab qiladi, tezkor boshqarish esa o‟sish «hulq»ga asoslanadi.
Strategik boshqarish tizimi biri ikkinchisini to‟ldiruvchi ikkita
kichik tizimdan
iborat.
1. Korxona strategiyasini tahlil etish va rejalashtirish;
2. Real vaqt mashtabida strategik muammolarni boshqarish.
Dostları ilə paylaş: