Journal of marketing, business and management(jmbm)/sjif factor: 57



Yüklə 254,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix26.11.2023
ölçüsü254,19 Kb.
#135136
  1   2   3
mehnat-salohiyati-va-uning-iqtisodiy-mazmuni



JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 
Page 92 
MEHNAT SALOHIYATI VA UNING IQTISODIY MAZMUNI 
 
Iskandarov Bekzod Abdijalilovich 
SamISI “Iqtisodiyot nazariyasi”
kafedrasi katta o’qituvchisi 
e-mail: 
bekzodiskandarov1988@gmail.com 
 
Annotasiya.
Maqolada mehnat salohiyati va uning iqtisodiy mohiyati, olimlar 
tomonidan mehnat salohiyatini tasniflanishi, tashkilotning mehnat salohiyati talqini 
va istiqbollari yoritib berilgan. 
Kalit so’zlar:
Salohiyat, tashkilot, mehnat resurslari, mehnat salohiyati, 
xodimning mehnat salohiyati, tashkilotning mehnat salohiyati, korxonaning mehnat 
salohiyati, jamiyatning mehnat salohiyati. 
Annotation.
The article describes the labor potential and its economic 
significance, the classification of labor potential by scientists, the interpretation and 
prospects of the labor potential of the organization. 
Keywords:
Rotential, organization, labor resources, labor potential, labor 
potential of the employee, labor potential of the organization, labor potential of the 
enterprise, labor potential of the society. 
Qurilish sohasida korxonalarning salohiyatini oshirish bugungi kunda 
sohaning eng dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. “Kadrlar tayyorlash sifatini oshirish 
va ilmiy salohiyatni rivojlantirish “aqlli” shahar qurilishining asosiy poydevori 
hisoblanadi. Ta’lim va ilm-fanni rivojlantirishda zamonaviy va innovasion uslublarni 
qo’llashning samaradorligi xalqaro e’tirof darajasini, yangi iste’dodlar paydo 
bo’lishining natijadorligini oshirish, mutaxassislarning arxitektura va qurilishga oid 
dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, raqobatbardosh ilmiy ishlanmalarga 
mualliflik huquqlarini faollashtirish imkonini beradi”.[1] 
Har qanday xo’jalik yurituvchi subyektning iqtisodiy o’sishi birinchi 
navbatda iqtisodiy salohiyatning ajralmas qismi sifatida mehnat salohiyati hisobiga 
bo’ladi. Mehnat salohiyati, bir tomondan, mehnatga layoqatli yoshdagi aholining 
ajralmas xarakteristikasi bo’lsa, boshqa tomondan, u inson salohiyatining o’ta muhim 
va ajralmas qismi hisoblanadi. Mehnat salohiyati - bu iqtisodiy munosabatlar tizimini 
ifodalovchi iqtisodiy kategoriya, uning asosini mulkiy munosabatlar tashkil etadi. Bu 
mehnat salohiyatiga oid munosabatlar tizimining iqtisodiy asosiga aylanadigan 
shaxsning shaxsiy mulki hisoblanadi. Ushbu munosabatlarning obyektlari turli xil 
inson kuchlari bo’lib, ular mehnat jarayonini ta’minlaydigan mehnat salohiyatini 
tashkil etadi. Ushbu tarkibiy qismlarni ularning tashuvchisi, shaxsning o’zi, ishchi 
bilan ajratib bo’lmaydi. Mehnat salohiyati harakatining manbai bu ish uchun olingan 
kuchlar bo’lib, ular uchun dastlabki asos insonning tabiiy kuchlari hisoblanadi. 
Olimlarning ilmiy izlanishlarida mehnat salohiyatiga ta’rif berishda yagona 
to’xtamga kelimaganligini tan olish lozim. Bizlar qator olimlarning ushbu masalaga 
oid adabiyotlarni tahlil qilib chiqdik. 


JOURNAL OF MARKETING, BUSINESS AND MANAGEMENT(JMBM)/SJIF FACTOR: 5.57 
www.jmbm.uz VOLUME 2, ISSUE 3 (June) ISSN: 2181-3000 
Page 93 
G.V.Yakshibayevaning fikricha
 
mehnat salohiyati - bu "...ishchiga, mehnat 
jamoasiga va mehnatga layoqatli aholisiga mintaqa yoki mamlakatning jismoniy, 
intellektual va ma’naviy-ijodiy ish (mehnat faoliyati) uchun to’liq va huzurida 
bo’lgan qobiliyatining sifatli va miqdoriy ifodasi, ushbu qobiliyatni amalga oshirish 
uchun bepul imkoniyat” [2]. Bunda muallif mehnat salohiyatini faqat mehnat 
qobiliyati bilan bog’laganligi keyingi izlanishlarda umumiylikka olib keladi. 
N.I.Shatalovaning ishlanmalarida mehnat salohiyatiga aholining mehnat 
faoliyatini amalga oshirish imkoniyatlari majmui sifatida qaralishi mumkin, bunda 
mintaqaviy, milliy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar, shuningdek, uning rivojlanishiga 
ta’sirini hisobga olish mumkin, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlari deb ta’rif berilgan[3]. Ushbu tadqiqotda mehnat salohiyati jamiyatning 
resursi sifatida tan olingan bo’lib, alohida shaxs va tashkilotlar miqyosida uning 
namoyon bo’lishiga e’tibor qaratilmagan.
Q.Abdurahmonov tomonidan olib borligan izlanishlarda inson resurslarining 
eng muhim qismi - bu mehnat salohiyatidir. Salohiyat - bu ma’lum maqsadlarga 
erishish va muayyan muammolarni hal qilish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan 
imkoniyatlar, boshqa tomondan, "qobiliyatlar va moyillik rivojlanishi mumkin 
bo’lgan qulay sharoitlar mavjud bo’lganda, ma’lum funksiyalarni samarali bajarish 
qobiliyati. "ko’nikma va malakalarning darajasi"[4]. Bunda muallif mehnat 
salohiyatini alohida xodimlarning qobiliyati va ko’nikmalariga bog’lashi ahamiyatga 
molikdir.
A.Ya.Kibanov fikricha - Mehnat salohiyati - bu uning mehnat faoliyatida 
ishtirok etish imkoniyati va chegaralarini, muayyan sharoitlarda ma’lum natijalarga 
erishish qobiliyatini, shuningdek, mehnat jarayonining yaxshilanishini belgilaydigan 
jismoniy va ma’naviy fazilatlar majmui. [5] 
N.M.Rimashevskaya, 
V.K.Bochkarevalar 
tadqiqotlarida 
keltirilgan 
ta’rifda “insonning ham, ishchilarning turli guruhlarining ham, umuman jamiyatning 
ham barcha mehnat imkoniyatlari majmuasini ifodalaydi”. [6] 
Boshqa ayrim adabiyotlarda keltirilgan ta’riflarda mehnat salohiyati – jamiyatning 
mehnat sohasidagi imkoniyati, quvvatlari, yoki mehnat salohiyati jismoniy 
imkoniyat, ma’lumot, kasb-kor, malakaga ega bo’lgan ishlab chiqarishda ishtirok 
etishga layoqatli bo’lgan barcha fuqarolarni o’z ichiga olishi sifatida ham ko’rib 
chiqilgan. 
Izlanishlar shuni ko’rsatdiki, "mehnat salohiyati" atamasining shakllanishi va 
ishlatilishi haqidagi savollar nafaqat iqtisodchilar, balki demograflar, faylasuflar, 
sosiologlar va boshqa bilim sohalari mutaxassislari tomonidan muhokama qilingan. 
Shu bilan birga “Mehnat salohiyati” atamasining to’liq ta’rifi berilmaganligi ushbu 
iqtisodiy kategoriyaning murakkabilgida va keng qirraligida deb hisoblaymiz. Shu 
munosabat bilan mehnat salohiyatining mazmunini to’liq yoritish uchun uni bir 
qancha darajada ko’rib chiqilishi lozim deb hisoblaymiz, ya’ni jamiyat, mamlakat, 
tashkilot, korxona, xodim va alohida shaxsning mehnat salohiyati turlicha talqin 
qilinishi lozim. (1-jadval) 

Yüklə 254,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin