Kadrlar tayyorlash milliy modeli


MAVZU: XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGASHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI



Yüklə 1,09 Mb.
səhifə36/49
tarix01.01.2022
ölçüsü1,09 Mb.
#107549
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49
маъруза

4.MAVZU: XVII ASRDAN XIX ASRNING YARMIGASHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.

ReJA:

1.XVII-XVIII asrlar va XIX asrning birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida ilm-fan va ta`lim-tarbiya.

2.Jaxon Otin Uvaysiy va uning ta`lim-tarbiyaga qo`shgan xissasi.

3.Qizlar maktabida ta`lim-tarbiya mazmuni, metod va usullari.

4.Muxammad Qoshg`ariy va uning «Odob as-solihin» («Yaxshi kishilar odobi») asari, asarda ilgari surilgan xulq-odob me`yorlari.



Tayanch tushunchalar:

Buxoro, Xiva va Qo`kon xonliklari. Xonliklarda ilm-fan tarakkiyoti, ta`lim-tarbiya, maktab va madrasalar, so`fi Olloyor, ayollar ta`limi, Jahon otin va kizlar maktabi, Muhammad Sodik Qoshg`ariy, «Odob as-solihin».



1. XVII-XVIII asrlar va XIX asrining birinchi yarmida Buxoro, Xiva va Qo`qon xonliklarida ilm-fan va ta`lim-tarbiya.

Movarounnaxrda bir yuz ellik yil asrnit birinchi yarmida xukumronlik qilgan temuriylar sulolasi inkirozga yuz tutib, uning xonxikxarida ilm-fan va o`rniga Shayboniylar xukumronligi o`rnatildi. Lekin Shayboniyxon xam (1451-1510) kuchli markazlashgan davlat barpo kilishga qay darajada xarakat qilgan bo`lsa xam, uning o`limidan so`ng o`zaro urushlar avj olib ketib, bu xududda uch xonlik, avvalo Buxoro va Xorazm, XVIII asr oxiriga kelib, Qo`qon xonligi paydo bo`ldi.

Xonliklar davrida boshqa davlatlar bilan aloqalar o`rnatildi. Jumladan, Hindiston Shox Akbar, Sharqiy Ovrupodan Ivan Grozniylar bilan do`stona aloqa o`rnatildi.

Buxoro xoni Abdullaxon 1001 ta rabot va sardobalar qurdirdi, madrasa, masjidlar, xonaqox va ko`priklar, suv omborlar va boshqa inshootlar qurildi- Bu davrda «Abdullanoma» nomli tarixiy kitob yozildi. Tibbiyot soxasida Sultonali Samarqandiyning «Dastur al-iloj», Muqammad Yusuf Mahxolning «Taxqiq al xumayyot», «Zubdat ul-qaxxolin» asarlari, Shayboniyxonning «Tavorixi guzidayi nusratnoma», Boburning «Boburnoma», Vosifiyning «Badoe` ul-vaqoe», fazliddin Ibn Ro`zbekxonning «Mexmonnomayi Buxoro» kabi asarlarida o`sha davrning ijtimoiy, siyosiy, tarixiy, adabiy, ma`rifiy xayoti o`z aksini topgan.

XVII-XVIII asrlarda me`morchilik soxasida ham katta inshootlar qurildi. Masalan, Buxoroda Imomqulixonning nufuzli amaldoridan Nodir devonbegi masjid, xovuz, madrasalardan iborat katta me`moriy ansambl` qurdirdi. Shuningdek, Samarqanddan 4 chaqirim Janubda Xo`ja Axror qabri oldiga madrasa va Nomozgox barpo etdi.

Bu davrda Muxammad Balxiyning 5000 baytdan iborat «Subxonqulixonnoma», Mirmuxammad amir Buxoriyning «Ubaydullanoma», Muxammad Vali Samarqandiyning 200 nafar adabiyot arboblarining tarjimai xoliga oid ma`lumotlar berilgan «Muzakkirul asxob» nomli asari, shuningdek, Sayido Nasafi, So`fi Olloyor, Boboraxim Mashrablarning asarlari yuzaga keldi. Bu davrda ijtimoiy xayotning barcha jabxalarida; turmushda xam, oilada xam xar bir kishi aloxida diniy talablarga rioya etar edi. Madrasalarda deyarlik iloxiy bilimlar berilishiga qaramay, madrasani bitirganlardan mudarris, mufti, qozi, imomlar bilan bir qatorda mashxur shoir, olimlar xam etishib chiqdi. Boboraxim Mashrab, Muxammad Amin Kosoniy-Namangoniy, Fazliy Namangoniy, Sayido Nasafiy, So`fi Olloyor, Muxammad Mir Olim Buxoriy, Abdulg`oziy Baxodirxon ana shunday ilm soxiblaridandir. Bu davrda ko`proq adabiyot tarix, me`morchilik, tasviriy san`at rivojlandi. Lekin tabiiy fanlarga xam oid ajratilgan «Xisoblash usullari xaqida risola» nomli matematikaga doir muxim asar xam yuzaga keldi.

Abdulg`oziyning «Shajarai turk» asari xam Sharq, xam Ovrupo olimlarning diqqatini o`ziga tortdi. Bundan tashqari qator tarixiy asarlar xam maydonga keldi.

XVII asrda yashagan ma`rifatparvar olim So`fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» asari «So`fi Olloyor» nomi bilan mashxur bo`lib, maktablarda savod chiqarilishi bilan o`kitilar edi. Unda islom dinining asosiy qoidalari, aqidalari bayon etilgan. Qo`qonda xam ko`plab ilmiy, ma`rifiy maskanlar paydo bo`lib, yirik adabiy muxit yaratilgan. fazliy va Mushrif tomonidan tuzilgan «Majmuat ush-shuaro» to`plami buning misolidir. Buxoro, Samarqand, Qo`qon, Xivada bino bo`lgan Shayx Jalol madrasasi, Samarqandda Registon maydoni, Sherdor va Tillaqori, Devonbegi, Xivada Arabmuxammad madrasalari ilm-ma`rifatning rivojlanishga katta xissa qo`shdi.

Bu davrda maktab va madrasalarda grammatika, xandasa, mantiq, qiroat, tafsir, shariat, xikmat, islom tarixi va aqidalarga oid ilmiy-nazariy bilimlar, ish yuritish, xuquqshunoslik, savdo-sotiq ishlariga oid, meros va boylik taqsimoti kabi dunyoviy xamda ilmiy bilimlar o`rgatilar edi. Shuningdek, barcha madrasalarda albatta fan sifatida «Qur`on», «Tafsir», «Odob-os-solixin», «Maslik ul-Mutakkin», «Sabod ul-ojizin», «Kimyoi saodat», «Xadislar» o`qitilar edi.

Uqish muddati 15-20 yilni tashkil etib, masjid yonidagi maktabda esa bolalar 7 yil alifbo, abjad, Qur`on, farzi ayn, Chor kitob, Xoja Xofiz, «Maslik ul-Mutakkin», Mirzo Bedildan savod o`rgatilar edi. uzbek bolalari o`qiydigan maktablarda «Kitobi Fuzuliy», «Lison ut-tayr», «Devoni Alisher Navoiy», «Qissai devona Mashrab», So`fi Olloyorning «Sabot ul-ojizin» kitobi o`qitilgan.




Yüklə 1,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin