1.Ta`limning ilmiy bulish qoidasi.
Ilmiy bilimlar-voqelikning haqqoniy in`ikosidir.
Tevarak- atrofni urab olgan dunening qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning ichki muhim hossalarini va uzaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlargina ilmiy hisoblanadi.
Ta`limning ilmiyligi qoidasi oquvchining uquv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va uzlashtirishi uchun tug`ri sharoit yaratishg maqsadida zarurdir.
Nazariy qoidalarni tushunish-materialni materialni ilmiy asosda izohlab berishning muhim belgisi bulib, u oquvchining fikrlash qobiliyati xususiyatlarini belgilaydi.Ilmiy bilimlar ilmiyligicha qolib, voqelikni har hil darajada aks ettirishi mumkin.Ilmiy izoh ta`limning hamma bosqichlarida, har bir sinfda ilmiylik qoidalari vazifalaridan biri-nazariy ma`lumotlar tizimini shu ma`lumotlarda tevarak-atrofdagi duneni qanchalik chuqur aks etganligi nuqtai nazaridan bilib olishdir.
Dostları ilə paylaş: |