Kadrni boshqarish xizmatida ish yuritishning mohiyati reja


-jadval Mehnat resurslari tarkibi (ming kishi)



Yüklə 44,92 Kb.
səhifə4/8
tarix03.04.2023
ölçüsü44,92 Kb.
#124738
1   2   3   4   5   6   7   8
Kadrlar xizmatida ish yuritish

2-jadval

Mehnat resurslari tarkibi (ming kishi)11




2014


2015


2016


2017


2018


Mehnat resurslari

18048,0

18276,1

18488,9

18666,3

18829,6

doimiy aholiga nisbatan foizda

58,7

58,4

58,1

57,6

57,1

shu jumladan:











mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi


17937,8

18167,7

18371,7

18549,0

18712,1

doimiy aholiga nisbatan foizda

58,3

58,0

57,7

57,3

56,8

mehnat resurslariga nisbatan foizda

99,4

99,4

99,4

99,4

99,4

iqtisodiyotda band bo`lgan o`smirlar va katta yoshdagi aholi

110,2

108,4

117,2

117,3

117,5

doimiy aholiga nisbatan
foizda

0,4

0,4

0,4

0,4

0,4

mehnat resurslariga nisbatan foizda

0,6

0,6

0,6

0,6

0,6


Kadrlar xizmati xodimlari oqilona qaror qabul qilishlari, o‘zlarining boshqa xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun batafsil va ishonarli ma‘lumotlarga ega bo‘libgina qolmasdan, shuningdek bu ma‘lumotlar bilan tezkor ishlash, tahlil qilish, umumlashtirish, shu asosda tegishli hujjatlarni tayyorlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab qilinadi. Olib borilgan tadqiqotlar boshqaruv xizmati mutaxassislari ish vaqtining 30 foizdan 80 foizgachasi ana shu ma‘lumotlar bilan ishlashga sarflanishini ko‘rsatmoqda. Bu tabiiydir, chunki axborot bilan ishlash samarali boshqaruvning hal qiluvchi omili hisoblanadi.
Kadrlar xizmati axborot ta‘minotining asosiy maqsadi oqilona qarorlar qabul qilish uchun manba vazifasini o‘taydigan mavjud ma‘lumotlar bilan ishlash, ularni tahlil qilish va umumlashtirishdan iboratdir. Axborot oqimlari hajmining kattaligi, turli ma‘lumotlarni to‘plash, saqlash, ular bilan ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ko‘p hollarda bir-birini takrorlovchi, operastiyalarni bajarish personalni boshqarish xizmatida eng zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llashning ahamiyatini yaqqol ko‘rsatadi.
Boshqa sohalarda bo‘lgani kabi personalni boshqarish xizmatida ham axborot texnologiyalarini joriy etishning huquqiy asosi O‘zbekiston Respublikasining „Axborotlashtirish to‘g‘risida‖gi qonuni hisoblanadi. Axborot texnologiyalari davlat hokimiyati organlari, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari, jamoatchilik birlashmalarining axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun eng maqbul shart-sharoitlarini yaratishga qaratilgandir. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 22 noyabrdagi 256-son „Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida”12gi qarorida davlat axborot resurslarini shakllantirish, davlat organlarining axborot tizimlarini tashkil etish, axborotlarni hujjatlashtirish tartibi belgilab qo‘yilgan. Ushbu qarorga binoan hujjatlashtirilgan axborot, mulk huquqi ob‘ekti hisoblanadi va tegishli rekvizitlar bilan birgalikda axborot manbaida qayd etilgan alohida hujjat yoki jami hujjatlar shaklida, shu jumladan elektron hujjat shaklida bo‘ladi.
Axborotni hujjatlashtirish axborotni davlat axborot resurslariga kiritishning majburiy sharti hisoblanadi.
Davlat axborot resurslarida hujjatlashtirilgan axborot tizimlashtiriladi, tasniflanadi va tegishli rekvizitlar bilan ta‘minlanadi.
Quyidagilar hujjatlashtirilgan axborotning asosiy rekvizitlari hisoblanadi:
hujjatning nomi;
— axborotning nomi yoki egasi;
— axborot manbai;
— paydo bo‘lishi va hujjatlashtirish sanasi va vaqti;
foydalanish tartibi;
— tizimlashtirish va tasniflash uchun zarur bo‘lgan boshqa rekvizitlar.
Davlat axborot resurslaridagi axborot matnli, grafikli, ovozli, video va multimediya (matnli, grafikli, ovozli va video formatlar kombinastiyasi) shakllarida bo‘ladi.
Davlat axborot resurslari foydalanishiga qarab:
— bazaviy axborot resurslariga;
— maxsus axborot resurslariga bo‘linadi.
Barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularga berilgan vakolatlar doirasida umumiy foydalanish uchun mo‘ljallangan axborot resurslari bazaviy davlat axborot resurslari hisoblanadi.


  1. Yüklə 44,92 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin