Kadrni boshqarish xizmatida ish yuritishning mohiyati reja



Yüklə 44,92 Kb.
səhifə7/8
tarix03.04.2023
ölçüsü44,92 Kb.
#124738
1   2   3   4   5   6   7   8
Kadrlar xizmatida ish yuritish

Ikkinchidan, kadrlar xizmatida ish yuritishning ahamiyati korxonaning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga, operativlilikka, boshqaruv xodimining mehnatiga, madaniyatiga, tejamkorligiga va hokazolarga uning bevosita ta‘sir o‘tkazishi bilan belgilanadi.
Hujjat tuzish - belgilangan shakllarga binoan hujjatlar tuzish jarayonidir.
Hujjatlar mazmunan, shaklan, xajman xilma-xil bo‘lib, ularning maqsadi yo‘nalishi xajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Yirik hujjatshunos A.S.Golovach shunday ta‘kidlaydi: ― Boshqaruv sohasidagi kamchiliklarning asosiy sabablaridan biri ayni shu soha xodimlarining ko‘pchiligida nazariy va amaliy tayyorgarlikning bo‘shligidir, ular muassasa, korxona va tashkilotlarda qabul kilingan hujjatlar bilan ishlash yo‘l-yo‘riqlari, usullari majmuasini etarli darajada bilmaydilar.”5
Ba‘zan hujjatlarga jiddiy munosabatda bo‘linmaydi, unga shunchaki bir qog‘ozbozlik, keraksiz va ortiqcha bir ish sifatida qaraladi. Bu albatta, noto‘g‘ridir va shuni ta‘kidlash lozimki, bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida oqilona tashkil etilgan hujjatchilik har qanday idoradagi kadrlarga oida ish yuritishining asosidir.
Personalni boshqarishda hujjatlashtirish kadrlarga oid barcha vazifalar majmui bo‘yicha kadrlar hujjatlarini shakllantirishni ko‘zda tutadi. Kadrlarga oid hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish – hujjatlarni qayta ishlash jarayonidir.
Har qanday tashkilotning o‘z faoliyati jarayonida bajaradigan o‘zaro bog‘liq va keng boshqaruv funksiyalari va vazifalari orasida personalni boshqarish bo‘yicha funksiyalari muhim va alohida o‘rin egallaydi. Amaliy faoliyatda bu funksiyalarni amalga oshirishga kadrlarga oid boshqaruv masalalarini yechish orqali erishiladi. ―Personal xizmati korxona yoki tashkilot umumiy rahbarligining bir qismi sifatida faoliyat yuritadi va uni ajralgan holda ko‘rish mumkin emas. Bu xizmat biznesda yuzaga keladigan qulay imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlagan va ilgari surgan holda, noqulay sharoitlarda echim topa olishi kerak.”6
Kadrlar hizmatining eng muhim vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:
  • ishlovchilar mehnatini tashkil etishni rasmiylashtirish;


  • mehnat shartnomalarini tuzish va ishga qabul qilishni rasmiylashtirish;


  • boshqa ishga o‘tishni rasmiylashtirish;


  • ishlovchilarga mehnat tatillarini berishni rasmiylashtirish;


  • ishlovchilarni rag‘batlantirishni rasmiylashtirish;


  • ishlovchilarga intizomiy choralarni rasmiylashtirish;


  • ishlovchilar attestastiyasini rasmiylashtirish;


  • ish vaqtidan foydalanish hisobini rasmiylashtirish;


  • ishlovchilarni dam olish kunlari ishga jalb qilishni rasmiylashtirish;


  • xizmat safarlarini rasmiylashtirish;


  • mehnat shartnomasini tugatish va ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish;


  • mehnat daftarchalarini rasmiylashtirish;


  • shaxsiy ishlarni yuritish va statistik hisobotlarni tuzish;


  • shaxsiy tarkib hisobini yuritish.


Tabiiyki, ushbu ro‘yhat personalni boshqarishdagi barcha vazifalarni qamrab olmagan. Yuqorida keltirilgan vazifalar turlicha vaziyatlarda amalga oshirilishini ham hisobga olish kerak. Kadrlarga oid hujjatlarni sifatli va operativ holda tuzish va ularga ishlov berishning bir nechta tashkiliy xarakterdagi shartlari mavjud.


Shu sohadagi ilmiy adabiyotlarni o‘rganish orqali nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirgan holda kadrlar xizmatining asosiy va qo‘shimcha vazifalari mavjud. ―Asosiy vazifasi xodimlarning ishga joylashishi va rivojlanishi hamda rahbar va xodimlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq barcha sohalardagi rahbariyatning samarli ishini ta‘minlashdir. Personal xizmatining muhim qo‘shimcha vazifasining mohiyati shundan iboratki, bu xizmat tashkilot personalining tashkilot manfaatlari uchun ham, o‘z manfaatlari uchun ham o‘z salohiyatini maksimal ishga solishi uchun qulay sharoitlar yaratishdir”.7



Yüklə 44,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin