2.2. SURTMALAR TEXNOLOGIYASIDAGI UMUMIY QOIDALAR Surtmalar tasnifi. Surtmalar retsepturasi rang-barangligi bilan farqlanib, bunga sabab surtmali asoslarning ko‘pligi bo‘lsa,
boshqa tomondan, surtmalarga kiritiladigan dori modda assortimentining kengligidir. Bu moddalar eruv - chanligining har xilligi bilan farqlanadi. Ulardan ayrimlari yog‘larda erisa, ayrimlari, aksincha, yog‘da erimaydi, ammo suvda eriydi (glitserin etanolda). Shunday dori moddalarning katta guruhi mavjudki, ular suvda ham, yog‘da ham erimaydi. Qanday asosda dori moddalarning eruvchanligiga qarab, kerakli surtmali asos tanlab olinadi. Masalan, agar kamfora yog‘larda eris a, demak, ularni asosda eritish yo‘li bilan eritiladi. Bu holda surtma bir fazali sistema bo‘lib, modda o‘ta yopishqoq erituvchida bo‘l adi. Boshqa bir ko‘- rinish — kaliy yodid yog‘li asosda erimaydi, ammo suvda yaxshi eriydi. Bu holda kaliy yodidni suvda eritiladi, suvli eritma bilan yog‘li asos emulgirlanadi.
Ikki fazali sistema — emulsiya hosil bo‘ladi. Agar surtma tarkibiga suvda va yog‘da erimaydigan moddalar kirsa, u holda simob oksid, rux oksid, oltingugurt va boshqa dori moddalar asosda obdan ezilad i. U holda dispers sistema — suspenziya
ko‘rinishida bo‘ladi. Agar surtma tarkibiga turli xil asoslarda erituvchi dori moddalar kirsa, unda murakkab sistemalar hosil bo‘ladi. Shunday qilib, dispers sistemalar shakliga ko‘ra, surtmalar tasniflanadi. Gomogen va geterogen surtmalar mavjud bo‘lib, ular suspenziya tipidagi surtmalar, emulsiya tipidagi surtmalar va turli dispers sistemali surtmalarga bo‘linadi. Gomogen surtmalar shunisi bilan xarakterlanadiki, ularda surtma asoslari bilan dori moddalar o‘rtasida fazalararo yuza bo‘limlari bo‘lmaydi.
Suspenziya tipidagi surtmalar tarkibiga suvda va yog‘da erimaydigan dori moddalar kiradi. Suvda eriydigan moddalar suspenziya holida kiritiladi, ammo ular ishqoriy eritmalar hosil qilib, terida yallig‘lanish va nekroz holatlarini vujudga keltirishi mumkin (rezorsin, rux sulfat, simob dixlorid). Surtmalar tarkibiga suspenziyalangan holatdagi shunday moddalar
kiritiladiki, ularning erishi uchun muayyan miqdorda suv qo‘shish talab qilinadi (natriy tetraborat, borat kislota ). Suspenziya-surtmalarga bir yoki bir nechta dori moddalar kirib, ulardan har biri alohida fazada bo‘ladi. Shuning uchun
suspenziya-surtmalarni belgisiga ko‘ra, ikki, uch va ko‘p fazali sistemalarga bo‘linadi.
Emulsiyali surtmalar suvda yoki kam hollarda etanol, glitserin va ularning aralashmasida eriydigan dori moddalarni saqlaydi. Shunday ekan, bunday eritmalar yog‘li asoslar bilan aralashmaydi. Tayyorlangan surtmalar esa emulsiyalar bo‘lib, ularda dispers muhit yog‘li asos hisoblanadi. Dori moddalarning suvli va ayrim boshqa eritmalarining dispers fazasi metall simob
bo‘lishi mumkin (simobli surtma). Ko‘pgina emulsiya surtmalari emulgator saqlab, natijada yuqori dispers va chidamli surtmalar olinadi. Shunday turg‘un surtmalar uchraydiki, ular dispers muhitning yuqori yopishqoqligi natijasida hosil bo‘ladi. Bunday surtmalarda dispers faza yirik tomchilardan iborat.
Surtmalarga retsept yozish qoidasi. Surtmalar uchun retsept, odatda, barcha ingrediyentlarning miqdorini og‘irlik o‘lchov birligi bo‘yicha qisqartirilgan tarzda yoziladi. Surtma ofitsinal bo‘lib, uning nomi va tarkibi boshqa normativ -texnik
hujjatlarda ko‘rsatilgan bo‘lsa, surtmalarni qisqartirilgan holda yozishga ruxsat beriladi. Bu holda retseptda surtmaning nom i va uning miqdori ko‘rsatiladi. XI DF talabiga ko‘ra, shifokor retseptda vazelinning nomini, agar u surtmaning oxirgi asosi bo‘lsa, yozmasligi mumkin. Bunday paytda surtma nomi va dori moddaning konsentratsiyasi yoki uning mutlaq miqdori ko‘rsatiladi. Agar surtma 10 % li bo‘lsa, dori moddaning konsentratsiya- sini ko‘rsatmaslikka XI DF ruxsat beradi. Bu ruxsatnoma «A» va «B» ro‘yxatidagi moddalar uchun qo‘llanilmaydi.
Kichik mexanizatsiyali moslamalar. Surtmali asoslarni eritish va qizdirish uchun maxsus qizdirgich qo‘llaniladi. U yoysimon negizli ko‘rinishda tayyorlangan tirgakdan iborat.
Uning yuqori qismida issiqlikni akslantiruvchi silliq plastinkaga 550 W quvvatli elektr qizdirgich o‘rnatilgan. Chinni
hovonchaga asos solinib, qizdirgichga joylashti- riladi. Qizdirish kuchi plastinkani ko‘tarib yoki tushirib boshqariladi. 3 kg miqdorgacha bo‘lgan surtmalarni tayyorlash uchun UPM-1 li moslamalar (dorixonada seriyali tayyorlash uchun davolovchi
muassasalarga bir martalik berish uchun) qo‘llaniladi.