Glicerini aa 1,0
Aquae destillatae 1,5 ml
Lanolini 2,5
Vaselini ad 10,0
M.f. unguentum D.S. Tumovga qarshi surtma.
Protargolni surtma tarkibiga zol holida kiritilib, glitserin bilan aralashtiriladi, so‘ngra suv bilan kolloid eritma hosil bo‘ladi. Aralashmaga suvli lanolin qo‘shiladi, keyin vazelin va bir xil massa hosil bo‘lguncha yaxshilab aral ashtiriladi. Protargolni to‘g‘ridan to‘g‘ri vazelin bilan aralashtirish mumkin emas, bunda moddaning terapevtik samarasi yo‘qo - ladi. Kollargol esa surtma tarkibiga gidrogel tarzida kiritiladi. Buning uchun kollargol suv bilan eziladi, so‘ngra asos bilan aralashtiriladi. Eritma ko‘rinishida surtmalarga quyuq ekstrakt qo‘shiladi, bunda spirt -suvli glitserin aralashmasi (1:6:3) teng miqdorda eritilib olinadi. Emulsiyali surtmalarda dispers faza sifatida spirtli suyuqliklar ishlatilishi mumkin, ya’ni ularni lanolin muayyan miqdorlarda qabul qiladi.