O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari, hukumatning ta’lim to‘g‘risidagi qarorlari, ko‘rsatmalari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining buyruqlari va Hay’at qarorlari bilan Kengash a’zolarini tanishtirish hamda ularning ijrosini ko‘rib chiqish.
Kafedra mudiri, kafedra professori va dotsenti lavozimlariga tavsiya etish.
Doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlash hamda darslik va o‘quv qo‘llanmalari yaratish uchun ijodiy ta’tillar berishga tavsiya qilish.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining darslik va o‘quv qo‘llanmalarini muvofiqlashtiruvchi Kengashga tavsiya qilish.
Kafedra professor-o‘qituvchilarining monografiya, metodik qo‘llanma va boshqa o‘quv-metodik asarlarini chop etishga tavsiya qilish.
Kafedra olimlarining asarlarini davlat va atoqli shaxslar nomidagi mukofotlarga taqdim etishga doir materiallarni ko‘rib chiqish.
Kafedra olimlari nomzodlarini OAK professor va dotsent ilmiy unvonlariga tavsiya qilish.
Iqtidorli talabalar va magistrantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli stipendiyalarga tavsiya etish.
Fakultet va kafedra faoliyatidan kelib chiqadigan va Kengash qarori zarur bo‘lgan boshqa masalalarni ko‘rib chiqish.