Korxona mulkining tashkil topish manbalari. Korxona mulkining tashkil topish manbalariga ko‘ra ikkiga bo‘linadi o‘z mablag‘larining manbai va majburiyatlarga (—sxemaga qarang). O‘z mablag‘larining manbai korxona ta’sischilar tomonidan kiritilgan va ishlab topilgan mablag‘laridan tashkil topadi. Ularga quyidagilar kiradi: ustav kapitali, qo‘shilgan va zahira kapitalidan, hamda taqsmlanmagan foyda.
Ustav kapitali — ta’sis xujjatlarda belgilangan xissalarning (pul ifodasida) yig‘indisidir. Ustav kapitaliga xissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va nomoddii aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining qaroriga ko‘ra baholanadi va xisobga olinadi. Ustav kapital korxona mulkini shakllantirishning asosiy manbai xisoblanadi. Uning summasi korxona ustavida yozilgan bo‘ladi va uning o‘zgartirilishi korxona ustaviga o‘zgartirishni kiritish va korxonalarni ro‘yxatga oliuvchi organda qayta ro‘yxatdan o‘tishi lozim bo‘ladi.
+o‘shilgan kapital aksiyalarni nominal qiymatidan baland narxlarda dastlabki sotishdan olinadigan emissiya daromadini, xamda ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘ladigan kurs farqlarini aks ettiradi.
Zahira kapitali mol—mulkni qayta baholash chog‘ida xosil bo‘ladigan inflyatsiya zahiralarini, shuningdek tekinga olingan mol—mulk qiymatini aks ettiradi. Shu bilan birgalikda qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorda rezerv kapitalini tashkil qiladi. Rezerv kapitalini tashkil qilish uning miqdori va tartibi korxona ustavida yozilgan bo‘lishi lozim.
Taqsimlanmagan foyda — foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin.
Zahiralar — hisobot yilida korxona tomonidan kelgusi xarajatlar va to‘lovlarni amalga oshirish va ularni ishlab chiqarayotgan mahsulot tannarxiga bir maromda qo‘shib borish uchun ichki imkoniyatlar hisobidan tuziladigan jamg‘armalardir. Ularga dargumon qarzlar bo‘yicha rezervlar, ishchilarga mehnat ta’tili uchun rezervlar, asosiy vositalar remonti uchun rezervlar va boshqalar kiradi.
Maqsadli tushumlar — ma’lum bir maqsadlar uchun kelib tushayotgan pul mablag‘lari kiradi. Ularga grant, subsidiya, a’zolik badallari, maqsadli foydalanish uchun soliqlar bo‘yicha imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Korxona majburiyatlari bo‘lib korxonaning jalb qilingan mablag‘lari kiradi. Ular o‘z vaqtida ikkiga bo‘linadi: qisqa va uzoq muddatli majburiyatlarga.
Joriy majburiyat hisoblanadi:
— Hisobot kunidan boshlab 12 oy davomida hisob—kitob qilinadigan majburiyatlar;
— Majburiyatlarning qolgan moddalari joriy emas, ya’ni uzoq muddatli xisoblanadi.
Joriy majburiyatlar: tavsifi joriy aktivlar tavsifiga o‘xshashdir. Kreditorlik qarzi ish xaqi, soliqlar bo‘yicha qarzlar va boshqa operatsiya xarajatlari bo‘yicha qarzlar kabi ayrim joriy majburiyatlar joriy aktivlar xisobidan xisob — kitob qilishni talab qiladi, chunki subyektning odatdagi operatsiyasi siklida foydalaniladigan aylanma mablag‘ni tashkil etuvchi moddalar bo‘yicha majburiy hisoblanadi. Bunday operatsiya moddalari xatto hisobot vaqtidan so‘ng 12 oydan ortiq davr davomida ham xisob — kitob qilinishi lozim bo‘lsada, joriy majburiyatlar hisobida tasnif qilinadi.
Joriy majburiyatlarga shuningdek bank overdraftlari, to‘lanadigan dividendlar, daromad soliqlari, savdo bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘zga kreditorlik qarzlari, foizlarni to‘lashni talab qiladigan qisqa muddatli majburiyatlarning joriy qismi kiradi.