Karbonot angidirid va kislorodning o'simliklar hayotida ahamiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Karbonot angidirid V o'simliklar hayotida ahamiyati



Yüklə 54,33 Kb.
səhifə10/11
tarix13.12.2023
ölçüsü54,33 Kb.
#140311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Karbonot angidirid va kislorodning o\'simliklar hayotida ahamiyati

SUV REJIMI Nafas olish tezligiga hujayralarning suv bilan ta’minlanish darajasi xam katta ta’sir etadi. О‘simliklarning barglarida birdaniga suvning kamayishi sababli dastavval nafas olish tezlashadi. Keyinchalik esa suv tanqisligi ortib borishi bilan nafas olish tezligi ham pasaya boradi. Buni urug‘larda yaxshi kuzatish mumkin. Yetilmagan urug‘larda suv mikdori kо‘p, nafas olish ham nisbatak kuchliroq bо‘ladi. Urug‘lar pishib yetilgach, suv miqdori ham eng kam 10-11 foiz bо‘ladi. Bunday urug‘larda nafas olish xam eng past darajada borib, ular yaxshi saklanadi. Ekish oldidan ivitilgan urug‘lar suvni 30-35 foizgacha shimib olgandan sо‘ng ularning nafas olish tezligi bir necha ming mar-tadan oshib ketadi va unish jarayoni boshlanadi. Urug‘larda kechadigan bu fiziologik jarayonlarni boshkarish yо‘li bilan donlarni sifatli saqlash, ulardan yuqori darajada foydalanish mumkin. Urug‘lar oshiqcha suvni shimib olganda xam aeratsiya jarayoni buzilib, bijg‘ish boshlanishi va urug‘lar nobud bо‘lishi mumkin. Bunday hollarda urug‘ qorayib qoladi va unuvchanlik qobiliyatini yо‘qotadi.
YORUG‘LIK. Yorug‘lik yashil о‘simliklarga ta’sir etganda haroratning kо‘tarilishi kuzatiladi va buning natijasida nafas olish ham tezlashadi. Fotosintezga yorug‘likning ta’siri natijasida esa nafas olish jarayoni uchun eng zarur organik modda hosil bо‘ladi. Demak, yorug‘lik yashil о‘simliklarning nafas olishiga tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri emas, balki boshqa fiziologik jarayonlar orqali ta’sir etadi.
Yorug‘lik ta’sirini yashil bо‘lmagan о‘simliklarda о‘rganish natijasida uning ma’lum miqdori tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ta’sir etishi ham mumkinligi kuzatilgan. Nafas olish jarayonining faoliyati yorug‘lik spektrining ultrabinafsha (380 nm) va kо‘k-yashil (400-500 nm) nurlarining yutilishi natijasida kuzatilgan. Masalan, makkajо‘xorining etiollangan bargiga yorug‘likning kо‘k spektr nurlari bilan ta’sir etganda, qorong‘idagi barglarga nisbatan nafas olish jadalligi ikki baravardan kо‘proq kо‘tarilgan.
DON, MEVA VA SABZAVOTLARNI SAQLASHDA NAFAS OLISHNING AHAMIYATI
О‘simliklarning nafas olish jarayoni ulardagi modda almashinuvining muhim qismini tashkil etib, о‘sish, rivojlanish va hosildorlikning asosi hisoblanganidek, yetishtirilgan mahsulotlarni uzoq muddatga va sifatli saqlash ham nafas olish tezligini boshqarishga asoslangan.
Mahsulotlarni saqlashda nafas olish jadalligi qancha past bо‘lsa, organik moddalarning miqdori shuncha kam sarflanadi va ular sifatli saklanadi. Nafas olish jadalligining darajasi, eng avvalo, harorat va namlik miqdoriga bog‘liq.
Donlarning tarkibidagi suv miqdorini va ular saqdanadig‘an omborlar haroratini boshqarish katta ahamiyatga ega.
Suv miqsori g‘allasimonlarning donlarida 14 foiz va moyli о‘simliklarning donlarida 8-9 foizdan oshmaganda, harorat esa O° atrofida bо‘lganda nafas olish eng past darajada saqlanadi. Namlikning miqdori 18-22 foiz va harorat 45-50" S ga yetganda nafas olish jadalligi ham keskin oshadi. Natijada urug‘dagi zaxira organik moddalar tezlik bilan sarflanadi. Buning natijasida ajralib chiqqan kimyoviy energiya issiklik energiyasiga aylanadi, omborlarning.harorati yanada oshadi va har xil chirituvchi mikroorganizmlarning rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Bunday sharoitla saqlangan donlar unib chiqish qobiliyatini yо‘qotadi. Shuning uchun xam donlarni saqlashda namlik kam mikdorda bо‘lishi maqsadga muvofiq.
Meva-sabzavotlarni saqlash donlarni saqlashdan biroz farq qiladi. Chunki ularning tarkibida suv juda kо‘p (75-90 foizgacha). Suvni kamaytirish ular sifatining pasayishiga sabab bо‘lishi mumkin. Shuning uchun ham meva-sabzavotlarni saqlashda bosh omil harorat hisoblanadi. Eng qulay harorat 0" atrofida bо‘lishi aniqlangan. Maxsus xonalarda va muzlatgichlarda saqlanganda xam harorat 3-7°S dan oshmasligi kerak. Masalan, kartoshka uchun saqlash harorati 2-4°S, karamuchun O"dan -1°S gacha, qolgan meva va sabzavotlar uchun O° + 1° S eng qulay ekanligi aniqlangan. Bunda nafas olish tezligi past bо‘lib, mahsulotlar sifatli saqlanadi.
Meva va sabzavotlarni saklashda SO2 ning miqaori cham katta ahamiyatga ega. U kо‘p bо‘lsa, nafas olish jadalligi pasayadi.
Qishloq xо‘jalik maxsulotlarini saqlashda nafas olishini boshqarish usullari.
Qishloq xо‘jalik maxsulotlari saqlanayotgan davrda ularda nafas olish davom etadi, boshqa issiqlik holidagi energiya, So2, va N2O ajraladi. Demak biomassadagi organik modda naqas olishga sarf bо‘lmoqda va uning biomassasikamaymoqda. Boshoqli va dukkakli о‘simlik maxsulotlarini (urug‘ni) normal saqlash uchun ulardagi namliknining miqdori 14-15% moyli о‘simliklar uchun 8-9% bо‘lishi talab qilinadi. Agar namlik kо‘payib ketsa nafas olish keskin oshadi va tо‘qimalarda erkin suv paydo bо‘lib, moddalar almashinuvini faollashtirib yuboradi. Natajasida bu issiqlikni tо‘planishiga (akkumiliyatsiya) va urug‘larni о‘z-о‘zidan qizib ketishiga olib keladi. Mana shuning uchun ham namligi yuqori bо‘lgan urug‘larni qalin qatlam qilib saqlab bо‘lmaydi. Urug‘larga xavoga kam berilsa, ularda anaerob nafas olish ustunlik qiladi va etil spirti xosil bо‘ladi, bu modda murtakka salbiy ta’sir etib, urug‘larni unib chiqishini keskin pasaytiradi.
Shimol о‘lkalarda urug‘larni ekishdan oldin isiq xavo bilan ishlashib yekishadi, chunki kuz davrida urug‘lar tо‘liq pishib yetilmaydi. Bunday usul urug‘larning ekish sifatini oshiradi, nafas olish intensivligini oshishi xisobigi moddalar almashuvini tezlashtiradi.
Pishib yetilmagan meva va sabzavodlarni nafas olishda ularda anaerob nafas olishning maxsulotlari va boshqalar tо‘planadi.
Bunday meva va sabzavodlarni saqlash qiyin bо‘ladi va ular badbо‘y xid va yoqimsiz mazaga ega bо‘ladi.
Ichki faktorlarning ta’siri.
О‘simliklarning xar xil turlari va ekologik formalari turli intensivlikda nafas oladi. Yorug‘likni sevuvchi о‘simliklarning nafas olishintensivligi soyaga chidamlilarga juda yuqori bо‘lishi bilan ajralib turadi. Shimoliy о‘simliklar janub о‘simliklariga nisbatan sezilarli darajada yuqori intensivdv nafas oladi. О‘simlikning tinim xolatidagi organlari va о‘sishdan tо‘xtagan organlar past intensivda nafas oladi. Past nafas olish intensivligi qoplovchi tо‘qimalarda, qoplamaning о‘tkezuvchi tо‘qimalarida kuzatiladi.
Nafas olishni yuqori intensivligi esa gullarda, floyelli = lubtolali xujayrada uchraydi. Nafas olish intensivligi о‘simliklarni yoshiga ham bog‘liq. Urug‘ni unib chiqishi davrida о‘simtalarda nafas olish intensivligi oshib boradi va 5-6 kundan keyin pasayishi kuzataladi. Barglarni tо‘la shakillangandan keyin nafas olish intensivligi ortadi, keyin yana pasayadi. О‘simlik nobud bо‘lish oldida ayrim о‘rgilarida nafas olishi qisqa vaqtli oshishi sodir bо‘ladi. Bunday xolat tо‘qimalarni degeniratsiyasi bilan bog‘liq deb qaraladi, ya’ni bu vaqtda murakkab birikmalar oddiy moddalarga parchalanadi va nafas olish submtratlarining miqdorini oshiradi. Nafas olish fosforidlarsiz sodir bо‘lib, r/o keskin pasayib ketadi. Kо‘pkina о‘simliklarda nafas olish intensivligi gullash fazasining boshlanishida maksimal kо‘rsatkichga ega bо‘lad. Nafas loish organi kislarod bilan taminlanganligiga bog‘liq. Barglarga kislarod erkin kiradi va barcha xujayralarda uchraydi. Ildizmeva, tuganaklar, mevalar kislarod bilan etarli miqdorda taminlanmaydi. Demak, bu organlarda nafas olish jarayoni anaerob tomonga qarab siljigan bо‘ladi. Shunday qilib, xar xil orlanlar turli intensivlik bilan birga, nafas olish jarayoni sifatini xar xil bо‘lishi bilan ham farqlanadi.
Xulosa
Nafas olishni almashinuvining boshqa jarayonlari bilan о‘zaro bog‘liqligi.
Nfas olish xujyrametobolizmining markazida turuvchi jarayondir va almashinuvni boshqa jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Fotosintez va nafas olish qarama-qarshi jarayonlar bо‘lsa ham, turli xil xujayora organoidlarda о‘tadi, biroq ular о‘rtasida bog‘liqlik mavjud. Nafas olish uchun substratlar (uglevodlar) zarur. Bu substratlar fotosintez jarayonida xosil bо‘ladi. Kelvin siklidagi frtrsintetik reaksiyalar nafas almashinuviningpentozafasfat yо‘lini reaksiyalari bilan о‘xshashligi bor. Ikkala jarayonda qant moddalarining о‘zaro о‘zgarishi sodir bо‘ladi. (3-, 4-, 5-, 6-,7-, uglerodli atomlar). Nafas olishning oraliq maxsulotlari fotosintez jarayonida ishlatilishi mumkin.
Glikoliz maxsulotlari. Masalan: triozafasfat glitsirin aylanadi va yog‘larning sintezi uchun manba bо‘lib xizmat qiladi.
Nafas almashinuvining pentozafasfat yо‘li pentozalarni xosil bо‘lishiga olib keladi. Pentozalar nuklein yeislotalarning nukleotidlarni tarkibda uchraydi. Erkin nukleotid va bir qator kafermentlar tarkibga ham kiradi.
Pentozafasfat yо‘lda eritroza-4-fosfat, xosil bо‘ladi, u fosfasiol pirovat bilan ta’sir etib shikimat kislotani xosil qiladi. Shikimat kislota triptovanni xosil bо‘lishi xisoblanadi.
Triptofandan о‘sish gfmani-atsksin (- indimilsirka kislota) sintezlanidi.
Hamda о‘simliklarni о‘sish –kumarin xosil bо‘ladi.
Muhit sharoitiga qarab, Krebs siklidagi organik kislotalarning о‘zgarishi buzilishi mumkin. Ayrim xollarda Krebs sikli glioksilat yо‘li bilan almashinishi mumkin. Bunday xollrda Krebs siklida xosil bо‘ladigan izoliman kislota dekorboksillanmasdan 2 kislotaga parchalanishi mumkin (qaxrabo qv glioksimat kislota).
Izotsitroza va m-sintetaza fermentlari yog‘larning almashinuvida muxim rol’ о‘ynaydi, shuning uchun moyli о‘simliklarning urug‘ida keng tarqalgan (g‘о‘za, kanakunjut, kunga boqar). Fermentlar xujayraning mayda tanachalari – glioksisomalarda joylashgan bо‘ladi. Olma kislota oksidlanganda vodorodni bir jufti NAD+ ga brikadi va nafas olish zanjiriga uzatiladi. Bu siklda 3 mol ATF va 1 mol qaxrabo kislota xosil bо‘ladi. Qaxrabo kislotadan boshqa organik kislotalar va keyin uglevodlar xisoblanadi.
Yog‘larning parchalanishida xosil bо‘ladigan atsetidlar uglevodlarga aylanadi. 4 mol atsetatdan 1 mol S6N12O6 xisoblanadi. Manashunda aerob jarayon – glioksilat siklining fiziologik rolini moxiyati. Bu yashil barglarning yorug‘likda nafas olishda muhim ahamiyatga ega. Glioksilat kislota glikokolni xosil bо‘lishi uchun maxsulot xisoblanadi, undan porfirinlarning sintezi va oxirida xlorofil sintezlanidi.



Yüklə 54,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin