Karbonot angidirid va kislorodning o'simliklar hayotida ahamiyati Mundarija: Kirish Asosiy qism I bob Karbonot angidirid V o'simliklar hayotida ahamiyati


O’simliklarning nafas olish koeffitsiyenti



Yüklə 54,33 Kb.
səhifə3/11
tarix13.12.2023
ölçüsü54,33 Kb.
#140311
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Karbonot angidirid va kislorodning o\'simliklar hayotida ahamiyati

1.2 O’simliklarning nafas olish koeffitsiyenti
О‘simliklarning nafas olish jarayonida ajralib chiqqan karbonat angidridning yutilgan kislorodga bо‘lgan nisbatiga—nafas olish koeffitsiyenti deyiladi (NK):
Biologik oksidlanish jarayonida uglevodlardan tashqari boshqa organik moddalar (yog‘lar, yog‘ kislotalari, oqsillar va boshqalar) xam ishtirok etishi mumkin. Shuning uchun nafas olish jarayonida ishtirok etadigan organik modda turiga qarab nafas olish koeffitsiyentining darajasi ham har xil bо‘ladi.
Nafas olish jarayonida uglevodlar ishlatilsa, koeffitsiyent birga teng bо‘ladi:

S2N1206 + 6 O2 ------------------6SO2 + 6N2O + energiya


6SO2
NK= —————— = 1
6O2
Chunki bir molekula glyukshaning oksidlanishi uchun olti molekula kislorod yutiladi va olti molekula karbonat angidrid ajralib chiqadi.
Nafas olish jarayonida yog‘ kislotalari va oqsillar ishlatilsa, nafas olish koeffitsiyenti birdan kichik bо‘ladi. Chunki bu organik moddalarning tarkibida kislorodning mikdori uglerod va vodorodga nisbatan juda kam, shuning uchun ularni oksidlantirish uchun kо‘proq kislorod sarf etiladi. Masalan, stearin kislotasining biologik oksidlanishi:

S|8N36O +2602 ----------18SO2 +18N2O +energiya


18SO2


NK= ---------------------------- =0.69
26O2

Nafas olish jarayonida organik kislotalar ishlatilsa, nafas olish koeffitsiyenti birdan yuqori bо‘ladi. Chunki bu molekula tarkibida kislorod uglerod va vodorodga nisbatan kо‘i va uni oksidlantirish uchun kamroq kislorod sarflanadi. Masalan, otquloq kislotasining biologik oksidlanishida nafas olish koeffitsiyenti 4 ga teng:


2S2N204 + O2------------------------- 4SO2 + 2 N2O +energiya


4SO2


NK= -------------- =4
O2

Nafas olish koeffitsiyenti darajasining nafas olish mahsulotiga bog‘liqligi faqat kislorod miqdori yetarli sharoitda sodir bо‘ladi. Lekin oksidlanish kislorodsiz (anaerob) muhitda borganda nafas olish koeffitsiyentining darajasi о‘zgarishi mumkin. Masalan, urug‘lar kislorod kam yoki anaerob sharoitda nafas olganda (suvga botirilib saklansa) havodan O2 yutilmaydi, lekin SO3 ajralib chi-qadi. Bunda nafas olish koeffitsiyenti birdan yuqori bо‘ladi.




Yüklə 54,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin