Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, sharofat Yo’ldosheva, sharofjon Sariev ona tili o’qitish metodikasi darslik



Yüklə 1,57 Mb.
səhifə122/198
tarix15.04.2022
ölçüsü1,57 Mb.
#115320
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198
Karima Qosimova, Safo Matchonov, Xolida G’ulomova, sharofat Yo’l

Darsning metodi: suhbat, izlanish metodi

DARSNING BORISHI:

1. Uy vazifasi tekshiriladi.

2. “Gap” mavzusi esga tushiriladi.

O’quvchilar diqqatiga quyidagi gaplar havola qilinadi:



1. O’qituvchi bolalarni o’qitadi.

2. Kuzda har xil mevalar pishadi.

3. Tikuvchi kiyimlarni tikadi.

4. O’quvchilar kitoblarni sevib o’qiydilar.

– Gap nimalardan tashkil topadi?

– Og’zaki nutqda biz bir gapni ikkinchisidan qanday ajratamiz?

– Yozuvda gapning boshi va oxiri qanday belgilanadi?

O’qituvchi yuqoridagi savol-javobdan so’ng, o’quvchilar javobini umumlashtiradi:

Demak, gap tugallangan mazmun bildiradi. Gap oxiriga uning mazmuniga qarab nuqta, so’roq va undov belgisi qo’yiladi. Gap so’zlardan tuzilib, uning birinchi so’zi bosh harf bilan yoziladi.

3. O’qituvchi o’quvchilar diqqatini jadvalga qaratadi. Har bir gap quyidagicha tahlil qilinadi:

– Birinchi gapda kim haqida aytilgan?

– “O’qituvchi” so’ziga savol bering? (Kim?) Uning tagiga bir chiziq chizamiz (O’qituvchi jadvalga chizadi).

– O’qituvchi haqida nima deyilgan?

– “O’qitadi” so’ziga savol bering (Nima qiladi?). Uning tagiga ikki chiziq chizamiz (O’qituvchi jadvalga chizadi).

– Ikkinchi gap nima haqida aytilganligini qaysi so’z bildiryapti? (Mevalar) Bu so’zga savol bering (Nimalar?). Tagiga chizamiz.

– Mevalar haqida nima deyilgan? (pishadi) Tagiga chiziladi.

S Hu tariqa keyingi gaplar ham tahlil qilinadi. SHundan so’ng o’qituvchi tagiga chizilgan so’zlar gapning asosiy mazmunini bildirishini, yana shunday so’zlar ishtirokisiz gap hosil bo’lmasligini, agar gapning asosini bildiruvchi so’zlardan loaqal bittasi ham gapda ishtirok etmasa, gap mazmun jihatdan yakunlanmay qolishi yoki noaniq bo’lib qolishi tushuntiriladi. Bu holatlar misollar bilan ko’rsatiladi. Masalan, O’quvchilar maktabga boradilar” gapida gapning asoslaridan biri – “o’quvchilar” so’zi tushib qolsa, gapimiz noaniq bo’lib qoladi, o’quvchilar haqida nima deyilgan so’z (boradilar) tushib qolsa, gap mazmun ifodalamaydi.

Darslikdagi qoida o’qitiladi.

4. Darslik bilan ishlash. 261-mashq yozma bajariladi. O’quvchilar matnda nechta gap mavjudligini, gapning grammatik asoslarini o’qituvchi yordamida topadilar va ularning tagiga chizadilar. 262-mashq yuqoridagi mashq asosida o’quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi (Bunda o’quvchilar ushbu mashqni maxsus mustaqil ish daftarlariga yozib o’qituvchiga topshiradilar).

5. Jadval asosida og’zaki mashq.


Kim? bemorlarni davolaydi.

Nima? sichqonlarni tutadi.

Nima? yuk tashiydi.

O’qituvchi gapdagi so’roqlar o’rniga qo’yish uchun kerakli bo’lgan so’zlarning rasmlarini ko’rsatadi (shifokor, mushuk, tuya). O’quvchilar tayanch so’zlar yordamida gaplarni o’qiydilar va gaplar og’zaki tahlil qilinadi.

6. Taxminiy tayyorgarlik ko’rib, bog’lanishli gap tuzish va uni yozish.

Texnik vosita orqali “Bog’bonlarga yordam” lavhalari ko’rsatiladi va hikoya yozish topshiriladi. Gap tuzishda har bir so’zni takroriy ishlatishning oldini olish uchun ma’nosi yaqin so’zlardan foydalanish tushuntiriladi (masalan: bolalar, qizlar, o’quvchilar, o’rtoqlar). Bu so’zlar xattaxtaga yozib qo’yiladi.

7. Uyga vazifa qilib 263-mashq beriladi. O’qituvchi uyga vazifani qanday bajarishni tushuntiradi.



Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin