Burg’ilash stanogini aylantiruvchi uzatuvchi mexanizm turi va ishlash prinsipi Burg’ulash stanogini aylantiruvchi uzatuvchi mexanizm turi va ishlash prinsipi S BSH-320burg‘ilash stanogining aylantirish-uzatuvchi mexanizmi turi kanat-porshenli uzatish tizimiga ega bo‘lgan shpindelli mexanizmdan iborat (1-rasm).Burg‘ilash stavini aylantirish. O‘zgarmas tok dvigateli M1 ning aylanishi tishli mufta va shlitsali val orqali ikki pog‘onali reduktor 1 ning kirish valiga uzatiladi. Elektrodvigatel va reduktorni titrashdan saqlash maqsadida reduktorning chiqish valiga shina-shlitsali mufta 2 ulanadi. Tayanch qism 3 orqali aylanuvchi burg‘ilash snaryadi 15-18 ga o‘q yo‘nalishidagi bosim kuchi beriladi. Bu kuch tayach uzeli polzunlari 4 ga maxkamlangan uzatish mexanizmi pastki kanatlari orqali
5-rasm uzatiladi. Aylantirgich polzuni 5 machta 6 yo‘naltirgichlari bo‘ylab harakatlanadi. Tayanch uzel 3 o‘z navbatida karetkaga nisbatan siljishi mumkin.(3-rasm. Kanat-porshenli uzatish tizimli shpindelli aylantirish-uzatish mexanizmi.
M1 elektrodvigatel va reduktor, o‘rama elektrokabel va havo shlanglari 8 va 9 kanatlar orqali blok 7 ga osiladi. Bu kanatlar ham uzatish tizimi va nisbatiga egadir. Aylantirgich karetkasi yarimspast tizimi orqali uzatish gidrosilindri 10 shtoki bilan bog‘lanadi. Tayanch uzeldan pastda burg‘ilash staviga suv va havo aralashmasini uzatish qurilmasi joylashgan. Kanat-poluspast tizimi (uzatish nisbati to‘rt karrali) oxirlari aylantirgich karetkasiga maxkamlangan yuqorigi 11 va pastki 12 kanatlardan tashkil topgan bo‘lib aylantirgichni 8 m li shtanga uzunligi bo‘ylab uzluksiz uzatishni ta’minlaydi. Bunda porshenning yurish yo‘li 2 m ni tashkil etadi. Silindrlar shtoklari yuqoriga harakatlanganda pastki kanatlar tortiladi va aylantirgich pastga harakatlanadi. Shtoklar pastga harakatlanganda esa yuqorigi kanatlar tortiladi va aylantirgich yuqoriga ko‘tariladi. Kanatlarning tortilishi 13 va 14 vintli qurilmalar yordamida boshqariladi.