«karyer mexanik uskunalari» fanidan



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə4/12
tarix15.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#130280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
hasan hasan

1.1. Ekskavator EKG 5A
Ekskavatorlar - kon jinslarini kovlab olib ag‘darmaga to‘kish yoki transport vositasiga yuklash uchun mo‘ljallangan yer kovlaydigan mashinalardir. Barcha ekskavatorlar ikki guruhga ajratiladi: bir cho‘michli uzlukli va ko‘p cho‘michli uzluksiz ish jarayonli. Bir cho‘michli ekskavatorlar kam jipslashgan yumshoq jinslarni qazib oladi yoki yumshatilgan qattiq jinslarni qamrab yig‘ib oladi va o‘z navbatida ma’lum masofaga siljitadi, siljitish vaqtida qamrash yoki qazib olish to‘xtaydi; ko‘p cho‘michli ekskavatorlarda esa bu jarayonlar bir vaqtning o‘zida bajariladi. Har qanday bir cho‘michli yoki ko‘p cho‘michli ekskavator quyidagi asosiy qismlardan tashkil topadi: ish bajaruvchi, mexanik, yurish va kuch berish uskunalari, boshqarish mexanizmlari, rama bilan platforma, ustki qurilmalar va kuzuv.Umumiy holda ekskavatorlar quyidagi belgilari bo‘yicha sinflarga ajratiladi:
- bajaradigan ishi turi va ishga belgilanishiga ko‘ra;
- cho‘michi hajmi (V, m3 - bir cho‘michli ekskavatorlar uchun) yoki nazariy unumdorligi (Q, m3/tonna – ko‘p cho‘michli ekskavatorlar uchun) bo‘yicha;
- ishbajaruvchi, yurish va kuch berish uskunalari turi bo‘yicha.
Ekskavator ish sikli ketma-ket bajariladigan quyidagi jarayonlardan tashkil topgandir:
kon jinsini qazish va cho‘michni to‘ldirish (qamrash);
cho‘michni zaboydan ko‘tarish;
cho‘michni yuk to‘kish joyiga burish;
cho‘michdagi yukni transport vositasiga yoki ag‘darmaga bo‘shatish;
zaboyga burilish;
navbatdagi qazish jarayonini boshlash uchun cho‘michni joyiga tushirish.



1 - rasm
EKG-5A ekskavatorining texnik tavsifi
Cho‘michining hajmi – 5m3
Strela uzunligi – 10,5m
Rukayat uzunligi – 7,8 m
Maksimal yuklash balandligi – 6,7m
Maksimal yuklash radiusi –9,3m
Kovushga beriladigan bosm kuchi – 0,8kn
Ekskavator massasi – 196 t
Naminal kuvvati :250 KVA
Transformatori – 230 kvt
Sikl davomiyligi – 23 sek



Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin