«karyer mexanik uskunalari» fanidan


SBSH-320 Burgulash stanogining texnik tavsifi



Yüklə 1,44 Mb.
səhifə7/12
tarix15.10.2023
ölçüsü1,44 Mb.
#130280
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
hasan hasan

SBSH-320 Burgulash stanogining texnik tavsifi
4-jadval

Ko‘rsatkichlar

SBSH-320

Skvajina diametri, mm

320

Gorizontga nisbatan skvajinaning qiyalik burchagi, gradus

15-30

Dolotaga o‘q bo‘yicha ta’sir etuvchi kuchi, kN

145,7

Burg‘ilash instrumenti aylanish chastotasi, min-1

110

Burg‘ilash instrumentini kov joyga tushirish tezligi, m/min

0.07

Harakatlanish tezligi, km/soat

0.18

Kompressor dvigatelining quvvati, kVt.

90

Skvajinani tozalashga sarflanadigan siqilgan havo, m3/min.

32

Massasi, t.

120

1.2.2 Burgulash stanogini aylantiruvchi uzatuvchi mexanizm turi va ishlash prinsipi
Konchilik sanoatining barcha tarmoqlarida foydali qazilma konlarini ochiq usulda qazib olishda keng qo‘llanilmoqda. Temir ruda va rangli metallurgiya sanoati karьerlarida burg‘ilanayotgan skvajinalarning 80%, ko‘mir razrezlarida esa, -60% sharoshkali burg‘ulash stanoklari bilan amalga oshirilmoqda.
SBSH-250-55 burg‘ilash stanogining aylantirish-uzatuvchi mexanizmi turi kanat-porshenli uzatish tizimiga ega bo‘lgan shpindelli mexanizmdan iborat.
B urg‘ilash stavini aylantirish. O‘zgarmas tok dvigateli M1 ning aylanishi tishli mufta va shlitsali val orqali ikki pog‘onali reduktor 1 ning kirish valiga uzatiladi. Elektrodvigatelь va reduktorni titrashdan saqlash maqsadida reduktorning chiqish valiga shina-shlitsali mufta 2 ulanadi. Tayanch qism 3 orqali aylanuvchi burg‘ilash snaryadi 15-18 ga o‘q yo‘nalishidagi bosim kuchi beriladi. Bu kuch tayach uzeli polzunlari 4 ga maxkamlangan uzatish mexanizmi pastki kanatlari orqali uzatiladi.
Aylantirgich polzuni 5 machta 6 yo‘naltirgichlari bo‘ylab harakatlanadi. Tayanch uzel 3 o‘z navbatida karetkaga nisbatan siljishi mumkin. Kanat-porshenli uzatish tizimli shpindelli aylantirish-uzatish mexanizmi.
M1 elektrodvigatel va reduktor, o‘rama elektrokabel va havo shlanglari 8 va 9 kanatlar orqali blok 7 ga osiladi. Bu kanatlar ham uzatish tizimi va nisbatiga egadir. Aylantirgich karetkasi yarimspast tizimi orqali uzatish gidrotsilindri 10 shtoki bilan bog‘lanadi. Tayanch uzeldan pastda burg‘ilash staviga suv va havo aralashmasini uzatish qurilmasi joylashgan. Kanat-poluspast tizimi (uzatish nisbati to‘rt karrali) oxirlari aylantirgich karetkasiga maxkamlangan
5 – rasm
yuqorigi 11 va pastki 12 kanatlardan tashkil topgan bo‘lib aylantirgichni 8 m li shtanga uzunligi bo‘ylab uzluksiz uzatishni ta’minlaydi. Bunda porshenning yurish yo‘li 2 m ni tashkil etadi.ssilindrlar shtoklari yuqoriga harakatlanganda pastki kanatlar tortiladi va aylantirgich pastga harakatlanadi. SHtoklar pastga harakatlanganda esa yuqorigi kanatlar tortiladi va aylantirgich yuqoriga ko‘tariladi. Kanatlarning tortilishi 13 va 14 vintli qurilmalar yordamida boshqariladi.

Yüklə 1,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin