Pedagog o’z nutqining talaffuziga, nutq so’zlash ohangiga mustaqil va qat’iy talabchan bo’lmog’i lozim.
1) uning ovozi jarangdor baland, tza, tiniq, yoqimli,yumshoq bo’lishi zarur;
2)tomoqni asrash: xastalikning,humladan shamollashning oldini olish lozim. Аgar ovoz bo’g’iq, xirrilaydigan, so’zlaganda yo’taltiradigan bo’lsa ovoz pardalarini davolamaguncha dam berishni nutq so’zlamaslikni tavsiya etamiz.
Pedagogik leksiya o’qiganda aniq ravshan, dona-dona qilib gapirishi so’z va jumlalar oxirida qo’shimchalari yutub yamlab yubormasdan to’laligicha talaffus etishnitafsiya qilamiz.
Ma’ruza o’qiyotganda gapning oxirgi qismini 2-3 martalab takrorlash ham nutq pedagogik nutq madaniyatini nochorligidan nishonadir.
Ma’ruzaning samarali, ta’sirli chiqishida intonatsiya muhim o’rin tutadi.
Pedagog kasbi o’z mohiyatiga ko’ra o’ta individualdir. Mahorat- bu alohida qudrat. Pedagogik mahoratga yetishish pedagogning muayyan shaxshiy sifatlari bilan amalga oshadi