Katalitik modifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

 


293 
 
27.1-rasm.Yarim uzluksiz usulda yog’larni pereeterifikatsiyalashning 
texnologik sxemasi 
keyingi jarayonlarga uzatiladi. Pereeterifikatsiyalash jarayonidagi quritish, reaktor 
va oqlash uskunalari vakuum sistemaga ulangan holda amalga oshiriladi.
 
Uzluksiz usulda yog’ va moylarni pereeterifikatsiyalash. 
Sxema bayoni: rafinatsiyalanmagan erigan yog’lar tarozida tortiladi va nasos 
yordamida aralashtirgich va qizdirish zmeyeviklariga ega bo’lgan apparatlar va ga 
uzatiladi. Ulardan biriga yuqori haroratda eruvchan yog’lar, ikkinchisiga esa suyuq 
yog’lar (moylar) kelib tushadi. Apparatlar va dan nasos yordamida isitgich (bu yerda 
aralashma 90-95
o
C gacha isitiladi) orqali diskli aralashtirgich ga uzatiladi, ishqor bilan 
aralashadi va neytrallanadi. Soapstok separator da ajratiladi,yog’ esa bu yerdan 
regenerativ issiqlik almashgich orqali bug’ trubali isitgich ga boradi va 130-145
o

gacha isiydi. Isitilgan yog’ uzluksiz ishlaydigan vakuum-quritgich da quritiladi.
 
 


 
27.2-rasm. Uzluksiz usulda pereeterifikatsiyalangan yog’lar olishning texnologik sxemasi 
1-tarozi, 2, 5, 12, 17, 19, 28, 30-nasos, 3,4-apparatlar, 6, 20, 23-isitgich, 7-aralashtirgich, 8, 22, 25-separator, 9-issiqlik almashgich, 10-bug’ trubali 
isitgich, 11-vakuum quritgich, 13-sovitgich, 14-reaktor-pereeterifikator, 15-aralashtirgich, 16-shesternali nasos-dozator, 18-oqimli reaktor, 21, 24-pichoqli 
aralashtirgich, 26-diskli aralashtirgich, 27-uzluksiz vakuum quritgich, 29-bak, 


Apparatdagi qoldiq bosim 4 kPa dan oshmaydi va uch bosqichli bug’ ejektorli 
vakuum-nasos yordamida hosil qilinadi.
Qurigan yog’ nasos yordamida regenerativ issiqlik almashgich va sovutgich 
(bu yerda yog’ 80-90
o
C gacha soviydi) orqali reaktor –pereeterifikator ga beriladi. Bu 
yerga bir vaqtning o’zida aralashtirgich dan shesternali nasos-dozator yordamida 
katalizatorning moyli suspenziyasi xam beriladi. Aralashtirgich dagi katalizator va 
moy nasos yordamida retserkulyatsiyalash yo’li bilan aralashtiriladi. So’ngra 
reaksiyaga kirishuvchi aralashma, oqimli reaktor ga kelib tushadi va bu yerda yog’ 80-
90
o
C da 0,5-1 soat davomida ushlab turiladi. U yerda nasos orqali uzluksiz ravishda 
isitgich ga beriladi va 90-95
o
C gacha qizdiriladi. Keyin pichoqli aralashtirgich da 
yog’ga issiq suv bilan ishlov beriladi va separator da yog’ sovunning suvli eritmasidan 
ajratib olinadi. 
Tarkibida 0,05 % dan ko’p bo’lmagan sovuni bor yog’ separatordan isitgich 
orqali, ikkilamchi yuvish uchun pichoqli aralashtirgich ga uzatiladi. Bu yerda issiq 
kondensat bilan aralashadi. Yuvindi suv separator da yog’dan ajratiladi va yog’ 
tutkichga kelib tushadi. U yerdan yog’ni dastlabki yuvish uchun yuboriladi. 
Tarkibida 0,01 % atrofida sovun bo’lgan yog’, separator dan diskli 
aralashtirgich ga keladi va 5% li limon kislota eritmasi bilan qayta ishlanadi. Keyin 
yog’ tarkibida 0,2 % dan oshmagan namlik qolguncha uzluksiz vakuum-quritgich 
apparati da quritiladi. Undan so’ng tayyor mahsulot nasos yordamida baklar ga 
uzatiladi va nasos yordamida dezodoratsiyaga yuboriladi.[5] 
Yuqorida keltirilgan texnologik sxema uzluksiz usulda pereeterifikatlangan 
yog’lar olishga asoslangan bo’lib yuqori quvvatli korxonalarda qo’llaniladi. Biz 
loyihalayotgan sexning quvvati kichik bo’lganligi bois ushbu texnologik sxema 
bizning loyiha talablarini qanoatlantirmaydi va ortiqcha energetik va ishchi kuchi 
sonini oshirib yuboradi.
27.3-rasmda paxta moyi va salomas asosida pereeterifikatsiyalangan yog’ 
ishlab chiqarish uchun davriy usulda pereeterifikatsiyalangan yog’lar olishning 
texnologik sxemasi keltirilgan. 


296 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin