300
Uzluksiz ishlaydigan yuqori haroratli dezodorasiya
uskunalarini yanada
ko’proq joriy etish dezodorasiyalangan va rafinatsiyalangan moy va yog’ ishlab
chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. Bundan tashqari olinayotgan moy va
yog’dan iste’mol uchun foydalanish va ular asosida turli xil oziq-ovqat
mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoni yuzaga keladi.
Barcha rafinatsiyalangan yog’larni iste’mol uchun savdo tarmoqlariga faqat
kichik idishlarga qadoqlangan holda chiqarishga erishish lozim.
Yog’ va yog’ kislotalarni gidrogenlashning sanoat texnologiyasini
takomillashuvi quyidagi yo’nalishlarda rivojlanadi:
-
vodorodni tashqi sirkulyasiyasiz to’yintirish usuli bilan gidrogenlangan
yog’larni olish texnologiyasini jadal o’zlashtirish;
-
istiqbolli xom ashyo sifatida baliq yog’ini rafinatsiyalash va gidrogenlash
texnologiyasini o’zlashtirish;
-
xom ashyodagi katalik zaxarlarni maksimal darajada yo’qotish
uchun
yog’larni rafinatsiyalashning yangi usuli va rejimlarini ishlab chiqish va joriy etish;
-
140-180
0
C haroratda selektiv gidrogenlaydigan, yuqori samarodor- likka ega
yangi kukunsimon va turg’un katalizatorlar yaratish;
-
samarador pereeterifikasiyalash katalizatorlarini yaratish;
-
hajmi 30 m
3
gacha bo’lgan, jadal gidrodinamik rejim va 2,5 MPa gacha
bosimda ishlaydigan gidrogenlash reaktorlarini ishlab chiqish va joriy qilish;
-
kukunsimon katalizatorni salomasdan ajratishni mexanizasiyalash va
avtomatlashtirish;
-
gidrogenlash jarayonini boshqarish va avtomatik nazorat qilish:
-
suyultirilgan propan va karbon kislotalarda o’simlik moylarini past haroratda
yuqori selektivlikda gidroganlash;
-
nikel’ va qimmatbaho metallar asosidagi turg’un katalizatorlarda uzluksiz
gidrogenlash;
-
vodorod bilan inert gazlar aralashmasi yordamida gidrogenlash;
-
getrogen va gomogen katalizatorlar
ishtirokida gidrogenlash va
pereeterifikasiyalashni birgalikda olib borish;
301
-
yog’larni o’ta yuqori kritik erituvchilarda gidrogenlash;
Gidrogenlanadigan xom ashyo, vodorod va katalizatorning sifatini oshirish,
yuqori quvvatli reaktorlarni qo’llash va gidrogenlash jarayonini avtomatlashtirish
quyidagi imkoniyatlarni yuzaga keltiradi:
-
gidrogenlash qurilmasining unumdorligini oshiradi va ularni ishlatish
uchun mehnat sarfini keskin pasaytiradi;
-
barcha turdagi xom ashyo, vodorod, katalizator,
energiya, suv sarfini
kamaytiradi, salomas sifatini va oziqa qiymatini oshiradi;
-
margarin va boshqa oziqa mahsulotlari ishlab chiqarish xom ashyo ba’zasi
bo’lgan, pereeterifikasiyalangan yog’lar ishlab chiqarishni ko’paytiradi.
Pereeterifikasiya, odatda, yuqori haroratda eruvchan yog’lar (hayvon yog’lari,
palma moyi, palma stearini, gidrogenlangan yog’lar) bilan suyuq o’simlik yog’lari
aralashmasida olib boriladi.
Pereeterifikasiyalangan yog’larning xossasi yog’ni tashkil etuvchi to’yingan
va to’yinmagan yog’ kislotalarning o’zaro miqdoriy nisbatiga bog’liq. Demak, bir
xil yoki ma’lum xossalarga ega pereeterifikasiyalangan yog’larni xar xil yog’lar
aralashmasidan olish mumkin, faqat ularning yog’ kislota tarkibi bir xil bo’lsa
bo’ldi.
Tarkibida
monoto’yinmagan
kislotalarning
izomerlari
bo’lmagan
pereeterifikasiyalangan yog’larning qattiqligi va erish harorati yog’dagi yuqori
molekulyar to’yingan kislotalarning miqdori ortishi bilan oshib boradi.
Yuqori haroratda eruvchan tabiiy yoki gidrogenlangan yog’lar va moylarni
suyuq o’simlik yog’lari bilan pereeterifikasiyalanganda margarin ishlab chiqarishda
ishlatiladigan pereeterifikasiyalangan yog’lar olinadi. Ular margarinni sifati va
oziqaviy qiymatini oshiradi, to’yinmagan kislotalar izomerlari miqdori kamayadi.
Pereeterifikasiyalash yo’li bilan har xil konsistensiyali
trigliseridlarning plastik
aralashmasini olish mumkin. Bu aralashmalarni struktura komponentlarini to’yingan
va izomerlanmagan to’yinmagan yog’ kislotalarning trigliseridlari tashkil etadi.
Bunday plastik yog’lar biologik qiymati yuqori bo’lgan buterbrod, parxez
margarinlari va tarkibidagi geometrik va pozision izomerli to’yinmagan kislotalar
302
miqdori sariyog’nikidan ko’p bo’lmagan bolalar oziqa mahsulotlari ishlab chiqarish
uchun zarur hisoblanadi.
Pereeterifikasiyalangan yog’larni qo’llanishning istiqbolli yo’nalishlari
quyidagicha:
-
tarkibidagi dito’yinmagan, monoto’yinmagan va to’yingan kislotalari
orasidagi nisbatni fiziologik qiymat bo’yicha muvozanatlangan oziqa yog’lari
(yog’li mahsulotlar) yaratish;
-
margarin mahsulotlarining yog’li asosini plastikligini yaxshilash;
-
yog’li asosni kristallanish xarakterini va ularni mayda kristalli
tuzilishining barqarorligini o’zgartirish;
-
yog’li kompozisiyadagi
qisman gidrogenlangan, izomerlangan yog’lar
miqdorini kamaytirish yoki to’liq yo’qotish.
-
margarin mahsulotlarini yog’li komponentlarini to’laqonli struktura hosil
qiluvchi va plastifikasiyalovchi turlarini yaratish;
-
davolovchi, diyetik va umumiy iste’molga mo’ljallangan strukturali
lipidlarni sintez qilish;
-
kakao moyini o’rnini bosuvchi yog’larni sintez qilish.
Dostları ilə paylaş: