Katalitik modifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

 
Tayanch so’z va iboralar:
standart va texnik shartlar, fosfatidlar, sterinlar, 
tokoferollar, erkin yog’ kislotalari, gossipol, texnologik omillar, bosim, harorat, 
namlik, oksibirikmalar, aldegidlar, ketonlar, mumlar, polimerizasiya mahsulotlari, 
ergosterin, palma moyi 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Hamroh moddalar qanday guruhlarga sinflanadi va ularni izohlang. 
2.
Hamroh moddalar qanday ahamiyat kasb etadi? 
3.
Fosfatidlar nima va ularni qanday turlari mavjud? 
4.
Sterinlar haqida ma’lumot bering 
 
 
 


28 
3§. Yog’ va moylarni rafinatsiyalash. Moylarni gidratlash 
Rafinatsiya deb yog‘larni aralashma va hamroh moddalardan tozalash 
jarayoniga aytiladi. Oziq-ovqat sanoati yog‘ va moylarni, to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’mol 
qilish uchun, margarin maxsulotlarini tayyorlash uchun, mayonez, gidrogenlangan 
yog‘lar, sovun, glitserin, yog‘ kislotalari, olif va boshqa mahsulotlar tayyorlash 
uchun ishlab chiqaradi. Rafinatsiyaning to‘liq sikli fosfolipidlarni, mumsimon 
moddalarni, erkin yog‘ kislotalarini, bo‘yovchi va hid beruvchi moddalarni ajratib 
olishni o‘z ichiga oladi. Bu maqsadda turli xil usullar qo‘llaniladi, bu usullarning 
asosida ma’lum reagentlarning alohida moddalarga nisbatan tanlash xususiyati 
yotadi. Bunga asosan fosfolipidlarni suv yoki elektrolitlarning suvli eritmalari orqali 
gidratatsiya qilib ajratib olish, erkin yog‘ kislotalarini yog‘larni natriy tuzlari 
ko‘rinishida ajratish, rangli moddalar-pigmentlarni sorbentlar yordamida, hid va 
ta’m beruvchi moddalarni dezodoratsiya qilib ajratish kiradi. Yuqorida sanab 
o‘tilgan usullar yuqori tanlovchanlik xususiyatiga ega emas. Bunga misol qilib, 
gidratatsiya paytida ma’lum miqdorda erkin yog‘ kislotalarning, neytralizatsiya 
vaqtida esa, yog‘lar rangini ma’lum miqdorda kamayishini ko‘rsatish mumkin. 
Yog‘larning tarkibi asosida va yog‘larni keyinchalik qaysi maqsadda 
ishlatilishiga qarab, rafinatsiyaning kerakli usullari tanlanadi. Agar yog‘lar oziq-
ovqat uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, mavjud Davlat standartlariga asosan yog‘lar 
to‘liq rafinatsiyalanadi va dezodoratsiyalanadi. 
Gidrogenlangan yog‘lar ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan moylar esa 
dezodoratsiya qilinmaydi. 
Har bir yog‘ turini rafinatsiya qilish texnologik rejimini tanlashda uning 
o‘ziga hos xususiyatlari inobatga olinishi zarur. Rafinatsiya jarayoniga quyidagi 
talablar qo‘yiladi. Yog‘ning glitserid qismini to‘laligicha o‘zgarmagan holda 
qoldirish, iste’molga yaroqliligini saqlab qolish, yo‘qotishlarni va chiqindilarni 
kamaytirish. Bu muammolarni ijobiy hal qilishda moylarni rafinatsiya jarayonini 
olib borishdagi eng maqbul sharoit katta ahamiyatga ega, ya’ni natriy gidroksidning 


29 
miqdori, uning konsentratsiyasi, neytrallash jarayonini olib borish harorati, 
aralashtirish tezligi va boshqalar. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin