Katalitik modifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Tayanch so’z va iboralar:
yog’-moy sanoati, moy juvoz, oziq-ovqat 
sanoati, ekstraksiya, moyli hom ashyo, meva danaklari va sabzavot urug’lari, 
margarin mahsulotlari, mayonez, dezodorasiya, qadoqlangan o’simlik yog’i, shrot, 
olein kislotasi 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Yog’-moy sanoati Respublika oziq-ovqat sanoatida qanday o’rinni egalaydi? 
2.
Yog’-moy korxonalari haqida ma’lumot bering. 


12 
3.
Yog’-moy korxonalari qanday mahsulotlar ishlab chiqaradi? 
4.
Yog’larni rafinatsiyalash va gidrogenlashning ahamiyatini tushuntirib bering. 
 
 
 


13 
2§. Yog’ hom ashyolari. Yog’larning hamroh moddalari 
2.1. Yog’ xomashyolarining umumiy tavsifi 
Rafinatsiyalashning asosiy xom ashyolari bo’lib, tabiiy o’simlik va hayvon 
yog’lari hisoblanadi. O’simlik yog’lari qattiq va suyuq bo’ladi, hayvon yog’lari 
qattiq bo’ladi. Hayvon yog’lari yer hayvonlari yog’lari va dengiz sut emizuvchi 
hayvonlari va baliq yog’lariga bo’linadi. 
Dunyo bo’yicha o’simlik yog’lari ishlab chiqarish hajmi yildan yilga oshib 
bormoqda (2.1-jadval).
2.1-jadval 
Dunyo bo’yicha
ishlab chiqarilgan asosiy o’simlik yog’lari, ming.t. 
Yog’ va moylarning nomi 
Yillar
2000 
2001 
2002 
2003 
2017 
Yer yong’oq moyi 
4590 
5057 
5367 
4526 
5680 
Kokos yog’i 
3284 
3504 
3106 
3295 
3380 
Palma yog’i 
21797 
24024 
25008 
27920 
64020 
Palma yadro yog’i 
2679 
2940 
2990 
3314 
7300 
Kungaboqar moyi 
9708 
78181 
7551 
8915 
15550 
Raps moyi 
14251 
13678 
13306 
12548 
27650 
Soya moyi 
25519 
27797 
29855 
31284 
53150 
Paxta moyi 
3885 
4054 
4186 
3964 
44600 
Zaytun moyi
m/y 
m/y 
m/y 
m/y 
28900 
Jami
85713 
89235 
91369 
95766 
250230 
Izoh: m/y – ma’lumot yo’q 
O’simlik yog’lari, olingan xom ashyo tabiati va ishlab chiqarish usuli
bo’yicha sinflanadi masalan, presslab olingan (press) yoki ekstraksiyalab olingan 
(ekstraksiya) yog’i. 
Yog’lar va moylarning xossalari va istemol qilish ahamiyati ularning yog’ 
kislota tarkibi va bu yog’ kislotalarning gliseridlardagi joylashishiga qarab 


14 
belgilanadi. Qaysi yog’ kislotasining miqdorini ko’pligiga qarab yog’li xom 
ashyolarni shartli ravishda qo’yidagi guruhlarga bo’lish mumkin: 
-
laurin kislotali (kokos, palma yadro yog’lari); 
-
eruk kislotali (yuqori eruk kislotali raps, xantal, surepisa yog’lari); 
-
linolen kislotali (kam eruk kislotali raps, xantal, surepisa moylari, zig’ir, 
bug’doy, soya yog’lari); 
-
palmitin kislotali (paxta, palma va kakao moylari); 
-
olein kislotali (o’rik, yer yong’oq, kashnich, bodom, zaytun, shaftoli, 
yuqori oleinli kungaboqar, olxo’ri yog’lari); 
-
olein-linol kislotali (kunjut, olcha yog’lari); 
-
linol kislotali (tarvuz, uzum, kedr yong’og’i, makkajo’xori, kungaboqar, 
mahsar, pomidor, qovoq yog’lari); 
Oziqaviy va texnik yog’-moy mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 
qo’llaniladigan yog’ hom ashyosini strukturasi quyida ko’rsatilgan. 
Qolgan o’simlik va hayvon yog’lari o’ziga xos tarkibga ega bo’lib, ular 
maxsus sohalarda qo’llanadi (masalan, kastor moyi) yoki ularni ishlab chiqarish 
miqdori kam va yog’ balansida unchalik ahamiyat kasb etmaydi (masalan, danak 
moylari). 
Yog’ va moylarni organoleptik va fizik – kimyoviy ko’rsatgichlari davlat 
Yog' xom ashyo 
strukturasi
O’simlik 
yog’lari
suyuq
kungaboqar
paxta
soya
raps
yeryong'oq
makkajo'xori
qattiq
kakao
kokos
palma
palma yadro
salomas
palma 
stearini
Hayvon 
yog’lari
yer usti 
hayvonlari
mol
qo'y
sut
suyak
dengiz
hayvonlari
va baliqlar
kit
kashalot
baliq


15 
standartlari va texnik shartlar bilan belgilanadi. Yog’ va moylardagi zaharli 
elementlar, pestisidlar va mikotoksinlar miqdori “Oziqa mahsulotlarining oziqaviy 
qiymati va xavfsizlik gigiyenasi talablari”da ko’rsatilgan me’yordan oshib 
ketmasligi lozim. Yog’larning ko’rsatkichlari texnologik jarayonlar davomida va 
tayyor mahsulot holida tekshirib boriladi. 
Rafinatsiyalanmagan yog’ va moylarni sifatini aniqlashda ta’mi, hidi, rangi, 
tiniqligi, kislota va perekis sonlari, fosforli birikmalar miqdori, sovunlanmaydigan 
lipidlar va namlik, hamda ekstraksiya moyi uchun chaqnash harorati aniqlanadi.
Hayvon yog’lari, qattiq va gidrogenlangan o’simlik moylari uchun 
qo’shimcha ravishda erish harorati, qattiqligi, titri va boshqa ko’rsatgichlar ham 
aniqlanadi. 
Yog’li xom ashyo tarkibiga, yog’ va moylarni qayta ishlash chiqindilari, ya’ni 
ishqorli rafinatsiyada hosil bo’ladigan soapstok, moy tutqichlarda yig’ilgan moylar, 
yog’li pogonlar va boshqalar ham kiradi. Yog’li chiqindilarning yog’ kislota tarkibi 
turli xil bo’lib, qayta ishlanayotgan yog’li xom ashyo turiga bog’liq bo’ladi. Odatda 
turli yog’ va moylar chiqindilari yig’ilgan holda qayta ishlanadi. 
Yog’li chiqindilardan tabiiy ko’rinishida yoki yog’ kislotalari holida sovun 
pishirishda foydaniladi. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin