16
kislota tarkibi jihatdan zaytun yog’ining analogi hisoblanadi.
Seleksiyachilar rapsning kam eruk kislotali kanola navidan tashqari
kamlinolenli navini ham yaratishdi. Zig’irning kam linolen kislotali navi ham
olingan. Shuningdek, ko’p palmitinli, ko’p stearinli, ko’plinolli, yuqori to’yingan va
kam to’yingan soya yog’lari ham olingan.
Tarkibida olein va stearin kislotalari kam bo’lgan makkajo’xori urug’i ham
yaratilgan.
Modifikasiyalangan navlar oddiy seleksiya (tanlash va chatishtirish) yo’li
bilan olinmaydi, balki genetik o’zgartirish yo’li bilan – genetik modifikasiyalash
bilan olinadi.
Yer hayvonlari yog’lari.
Ushbu yog’lar guruhiga keng ko’lamda
ishlatiladigan mol, qo’y, suyak yog’lari va sut yog’i kiradi.
Sut yog’i.
Sut yog’i sigir sutida mavjud bo’lib, sigir ozuqasining tarkibiga
qarab 3-4 % miqdorida bo’ladi. Sut yog’ining kislota tarkibi va hossalari, hamda
hamroh moddalar tarkibi omuhta yem tarkibiga qarab o’zgaradi. Sut yog’ining yog’
kislota tarkibi ko’p miqdorda suvda eriydigan va erimaydigan, uchuvchan kislotalar
(C
4
-C
10
) borligi bilan xarakterlanadi.
Dostları ilə paylaş: