163
Gidrogenizasiya jarayonida yog’larni tabiiy hidi yo’qoladi va salomasga xos
spesifik hid paydo bo’ladi. Uning intensivligi gidrogenlash rejimi, vodorodning
namligi va yog’ning tarkibiga bog’liqdir. Agar gidrogenlash yuqoriroq
temperaturada olib borilsa bu hid kuchayadi.
Salomasga spesifik hid beruvchi moddalarning tarkibi murakkabdir. Asosan
salomas hidi karbonil birikmalar – to’yingan aldegidlar (S
7
dan S
12
gacha) va qisman
katonlar bilan belgilanadi. Bu aldegidlarning ayrim-ayrim holdagi hidi salomasda
spesifik hid paydo qiladi.
Avtoklavdan chiqayotgan ortiqcha vodorod, ya’ni sirkulyasion vodorod
tarkibida ko’pincha yangi olingan vodorodga qaraganda namlik ko’p miqdorda
bo’ladi. Namlikning prosent hisobida ortishiga sabab, vodorodning yog’ni
to’yintirishga sarf bo’lishi hisobiga bo’ladi. Keyinchalik sirkulyasion vodorod
tarkibida bo’ladigan namlik (suv) oksidlangan yog’ kislotalaridagi spirtli
gruppalarning qaytarilishi sababli paydo bo’ladi.
Gidrogenlash sharoitida vodorod tarkibida boshqa nokerak moddalar hosil
bo’lishi, va gidrogenlash prosessi tezligini kamaytirish mumkin. Bu holning oldini
olish maqsadida sirkulyasion gaz tozalash sistemalaridan o’tkazib turiladi, vaqti-
vaqti bilan esa yangi vodorod bilan almashtiriladi. Bundan tashqari avtoklav
bo’limidagi apparatlar yangi, toza vodorod oqimi bilan tozalab turiladi.
Gidrogenizasiya jarayonida har xil sabablarga ko’ra ayniqsa, jarayon yuqori
temperaturada olib borilganda hosil bo’lgan erkin yog’ kislotalarining bir qismi
avtoklavdan vodorod bilan birgalikda bug’ holatida chiqib ketadi. Gaz holidagi yog’
kislotalar kondensatlanib, avtoklavdan so’ng ajratilgan tomchi ajratgichda qizil
salomas (qizg’ish-sariq rangda bo’lganligi sababli) deb ataluvchi yog’li massa hosil
qiladi. Bu yog’li massa yuqori kislotalilik koeffisentiga ega bo’lib, titri
Dostları ilə paylaş: