164
aniqlanmagan. Taxminlarga qaraganda ular gliseridlarni murakkab yefirli
guruhlarini gidrolizi natijasida hosil bo’ladi. Bunda dastlab katalizator yuzasida
vodorodni yefir guruhi bilan o’zaro ta’siri natijasida poluasital hosil bo’ladi:
R
1
COCR
2
+
H
2
→ R
1
CHOR
2
|
OH
Keyin poluasital vodorod bilan reaksiyaga kirishadi:
R
1
CH
2
OH
+
R
2
OH
R
1
CHOR
2
+
H
2
|
OH R
1
CH
2
OR
2
+
H
2
O
Bundan tashqari poluasital katalizator ishtirokida va temperatura ta’sirida
aldegid va spirt hosil qiladi:
R
1
CHOR
2
→ R
1
CHO + R
2
OH
|
OH
Akrolein ta’sirida chumoli kislotasi va boshqa moddalar hosil bo’lishi mumkin:
CH
2
=CH–CHO
+
H
2
O →CH
2
OH – CH
2
CHO
Akrolein aldegid
OH
CH
2
OH–CH
2
–CHO+H
2
O→CH
2
+
CH
2
CHO
OH
OH
H
2
C → HCHO + H
2
O
OH
2HCHO + H
2
O → HCOOH + CH
3
OH
Chumoli kislota
HCHO + CH
3
CHO + H
2
O → CH
3
OH + CH
3
COOH
Sirka kislota
Bu aldegidlarning ayrim-ayrim holdagi hid yig’indisi salomasda spesifik hid
paydo qiladi. Avtoklavdan chiqayotgan ortiqcha vodorod ya’ni sirkulyasion vodorod
tarkibida ko’pincha yangi olingan vodorodga qaraganda namlik ko’p
miqdorda
165
bo’ladi. Namlikning prosent hisobida ortishiga sabab, vodorodning yog’ni
to’yintirishga sarf bo’lishi hisobiga bo’ladi. Keyinchalik sirkulyasion vodorod
tarkibida bo’ladigan namlik (suv) oksidlangan yog’ kislotalaridagi spirtli
gruppalarning qaytarilishi sababli paydo bo’ladi. O’rtacha
molekulyar massadagi
yog’ kislotalari radikallaridan aldegidlar hosil bo’lishi mumkin. Uncha katta
bo’lmagan aksariyat o’simlik moylarini ishlab chiqaruvchi gidrogenizasiya
korxonalarida uchratish mumkin. Boshqa taxminlarga ko’ra, bunday aldegidlar a-
gidroperekisning ajralishi, molekulyar kislorodning hosil bo’lishi metil gruppasidagi
vodorod, qo’shni radikallarining to’yinmagan yog’ kislotalariga
ikki tomonlama
bog’lanishi natijasida olinadi. Bunday aldegidlarda ikki tomonlama bog’lanish
vodorod bilan to’yinishidan so’ng bo’ladi. Salomas hidining hosil bo’lishi
gidrogenizasiya jarayonida ishlatiladigan toza chiqadigan vodorod bilan bog’liq
emas. Bu hid elektrolitichiskiy vodorod ishlatilishida ham hosil bo’ladi.
Salomasning rangi, hidiga ta’sir etuvchi boshqa yeruvchan moddalar ham uchraydi,
lekin o’ziga xos spesifiklikka ega emas. Jumladan, bunday moddalarga
gliseridlarning termik parchalanish mahsulotlari tegishlidir. Ularning miqdori
gidrogenizasiya
sharoiti, harorat ko’tarilishi, yog’ning qizdirilishi va vodorod
namligi bilan bog’liq. Bu moddalardan birinchi navbatda akroleinni aniqlab olish
kerak va mahsulotlarning o’zgarishiga ta’sir ko’rsatadigan qizdirish va namlikni
aniqlab olish kerak. Natijada yetarli darajada murakkab o’zgarishlarda akroleindan
kislotalarga muvofiq uksus va chumoli aldegidlari, metil spirtlari hosil bo’ladi.
Uchuvchan o’rtacha molekulyar massadagi uglevodorodlar yog’larning
gidrogenizasiya jarayonida to’yinmagan yog’ kislotalarining
termik parchalanishi
yoki aldegidlarning tiklanishida hosil bo’ladi. Baliq yog’larida gidrogenizasiya
jarayonida muayyan xarakterga ega bo’lgan yuzaga keladigan baliq hidini
yo’qotishda to’yinmagan yog’ kislotalarini kuchli 4-6 ikki tomonlama bog’lanishli
vodorod bilan to’yintiradi. Baliq hidi bu yog’larda yod sonining kamayishida
taxminan 70-80 gacha yo’qoladi. Qizil salomasda har
doim tomchi ajratgichdan
nikel metali va yog’ tomchilari ushlanib qoladi. Metanda vodorod yig’ilishini
kamaytirish uchun uglerod oksidi va uglerod (2) oksidini gidrogenizasiya imkon
166
boricha ancha past haroratda, ehtimol 150
0
C da
olib borish kerak. Aytib o’tish
kerakki, yog’ning yuqori haroratida gidrogenizasiya avtoklavida CO oksidi bevosita
chumoli kislotasidan yoki avtoklavning devorlari bilan ta’sirlashishi natijasida hosil
bo’ladigan temir formiati yordamida hosil bo’ladi. Yuqori gidrogenlashda hosil
bo’ladigan chumoli va uksus kislotalari avtoklav
va boshqa qurilmalarning
korroziyasiga ta’sir etuvchi asosiy omil hisoblanadi. Korxonalar sharoitida vodorod
va uning reaksiya mahsulotlari to’planishini oldini olish va buning ta’sirida
gidrogenizasiya tezligi pasaymasligi uchun davriy ravishda sirkulyasion gazni
tozalab turiladi va avtoklav bo’limining qurulmalari toza vodorod bilan yuvib
turiladi.
Dostları ilə paylaş: