Katalitik modifikasiyalash


 Yog’larni hamroh moddalari



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

2.2. Yog’larni hamroh moddalari 
Moylarning hamroh moddalari tarkibiga fosfatidlar, yog’ kislotalari, 


19 
pigmentlar, turli sovunlanmaydigan moddalar va o’simlikning o’sish davrida hamda 
moyli urug’ yetilish davrida sintezlanadigan ba’zi moddalar kiradi
 
[3]. Qayta ishlash 
jarayonlarida texnologik parametrlar (harorat, namlik, bosim va b.) bu moddalarning 
ko’pchilligi o’z xususiyatlarini o’zgartirib nafaqat moy sifatiga ta’sir qiladi, balki 
ulardan ikkilamchi mahsulot sifatida foydalanish imkonini ham kamaytiradi.
Bu moddalar yog’ va moylar tarkibida kam miqdorda bo’lsa ham, yog’ va 
moylar xossalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi.Masalan, fosfotidlar, sterinlar, 
tokoferollar va boshkalar yog’ning fiziologik qimmatini oshirsa, ayni vaqtda erkin 
yog’ kislotalari va gossipol uning sifatini kamaytiradi. Dastlabki yog’larning tabiati 
va sifatiga, uning qullanilishiga qarab hamroh moddalarni miqdori standartlar va 
texnik shartlar bilan chegaralanadi.
Yog’lardagi hamroh moddalar shartli ravishda ikki guruhga ajratiladi: 
1) guruh-urug’larning yetilishida hosil bo’lib va to’planib yog’ olish 
jarayonida yog’ga o’zgarmagan holda o’tadigan hamroh moddalar; 
2) guruh-urug’ tarkibida bo’lgan va yog’ olish jarayonida yog’ga o’zgargan 
holda o’tadigan yoki yog’ olish jarayonila xom ashyoga texnologik omil (yuqori 
temperatura ), namlik, bosim va boshqalar ta’siri natijasida yoki yog’ning va moyli 
xomashyoning nomuvofiq Sharoitda saqlanishi natijasida hosil bo’ladigan hamroh 
moddalar. 1 va 2 guruh hamroh moddalarining asosiy namunalari (ko’rinishlari) 
quyida keltirilgan: 

Tarkibida fosfor bo’lgan moddalar (fosfolipidlar); 

Pigmentlar (karotin, ksantofill, gossipol, xlorofill); 

Mumlar (mumsimon moddalar); 

Tokoferollar va boshqa yog’da eruvchi vitaminlar

Sterollar(steridlar); 

Erkin yog’ kislotalari; 

Ta’m va hidni belgilovchi moddalar; 

Sulfolipidlar; glikolipidlar,glikoproteidlar, fosfoproteidlar va shu xildagi 
boshqa birikmalar. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin