Takrorlash uchun savollar
1.
Vodorod ishlab chiqarish va uni sifatiga qo’yiladigan talablarni ko’rib chiqing.
2.
Vodorod ishlab chiqarish usullari?
3.
Elektroliz usulida vodorod ishlab chiqarish?
Tayanch so’z va iboralar
: vodorod, elektrolizyor, gazgolder, produvka,
konversiyalash, anod, katod, zaryad
vodorod
produvka
vodorod
сув
сув
248
20§. Yog’larni gidrogenlash texnologiyasi. Gidrogenlangan turli yog’larni
olishning o’ziga xosligi
Gidrogenlash usullari.
Qo’llaniladigan katalizatorning turiga qarab
gidrogenlash usullari. Ikki guruhga bo’linadi:
Katalizator turlari.
Yog’da suspenziyalangan kukunsimon katalizator bilan;
Gidrogenlash apparatida to’r, sharik, qirindi, bo’lakcha va boshqa ko’rinishdagi
qo’zg’almas qilib joylashtirilgan turg’un katalizatorlar bilan.
Hozirgi davrda sanoatda yog’larni gidrogenlashda ko’proq birinchi usul
qo’llaniladi. Korxonalarda kukun katalizator yordamida gidrogenlash jarayonini
zavod sharoitida zarur tezlikda olib borish uchun, yog’dagi katalizator
zarrachalarining bir tekis taqsimlanishi, vodorod uzluksiz, jadal, yetarli miqdorda
berilishi va uni katalizator yuzasiga yetib borishini ta’minlash zarur.
Birinchi masala yog’ni aralashtirish bilan hal qilinadi. Ikkinchi masalani hal
qilishning bir necha yo’li bor. Bu yo’llarning xususiyatlariga qarab,
gidrogenlashning bir necha xil usullari bor.
Amaliyotda Norman tavsiyasi bilan qo’llaniladigan usulining mohiyati
shundan iboratki, vodorodni yog’da bir tekis mayda pufakchalarga bo’linishi uchun
katalizatorning yog’dagi suspenziyasi orqali uzluksiz ravishda vodorod yig’iladi.
Vodorod parchalari qancha kichik bo’lsa, uning solishtirma yuzasi shuncha katta
bo’ladi va vodorodning yog’dagi konsentrasiyasi bir xil bo’ladi. Vodorod yog’ga
yutilish me’yoridan bir necha marta ko’p miqdorda beriladi.
Gidrogenlash apparatidan vodorodning ortiqcha miqdori uzluksiz holda
chiqarib yuboriladi.
Ikkinchi usul. Bu Vilbushevich tomonidan ishlab chiqilgan. Vodorod bilan
to’ldirilgan apparatga yog’ning katalizatordagi suspenziyasi mayda tomchi holida
beriladi. Bunda yog’ tomchilarini diametri kichik, lekin yuzasining kattaligi uchun
vodorodning yog’da erishi yaxshi ketadi. Apparatga uzluksiz ravishda ko’p
miqdorda vodorod beriladi, uning ortiqcha miqdori chiqarib yuboriladi. Yuqorida
249
qayd etilgan har ikki xil usulini ham vodorodning bosimini unchalik oshirmasdan,
hamda apparatda bosimni oshirgan holatda o’tkazish mumkin.
Uchinchi
usulda
gidrogenlash
apparatiga
vodorodni
yog’ning
singdiruvchanlik miqdoriga muvofiq beriladi, shuning uchun, gidrogenlash jarayoni
davomida vodorodni apparatdan chiqarib yuborishga to’g’ri kelmaydi. Katalizator
bo’lakchalarini bir tekisda vodorod bilan ta’minlash uchun gidrogenlash jarayonini
yuqori (ya’ni bir necha o’n atm.) bosim ostida olib boriladi. Yog’ning vodorod bilan
yaxshi kontakt qilishi gidrogenlash apparatlariga maxsus yog’ dispergatorlari
o’rnatiladi. Bu usulda, gidrogenlashda, toza vodoroddan foydalanish kerak, ya’ni
elektrolitik vodoroddan. Aks holda avtoklavda begona gazlar hosil bo’lib,
gidrogenlash tezligini pasaytiradi.
Konditer yog’i ishlab chiqarishda foydalaniladigan salomas ishlab chiqarish
konditer yog’i qaysi maqsadda ishlatilishiga salomasdan ishlab chiqariladi.
Shokalad mahsulotlari konfet ishlab chiqarishda ishlatiladigan konditer yog’i ishlab
chiqarishda ishlatiladigan salomasning qattiqligi Kaminskiy apparatida 15
0
S
haroratda 550 g/sm bo’lishi kerak.
Asosiy tarkibi palma yadro yog’idan iborat bo’lgan qattiq konditer yog’ini
ishlab chiqarishda pereeterifikasiyalashdan oldin salomasning erish harorati 45
0
S
dan yuqori bo’lmagan, qattiqligi esa Kaminskiy apparatida 20
0
S 800 g/sm dan kam
bo’lmasligi kerak. Shunday salomasdan konditer yog’i ishlab chiqarilganda jarayon
maxsus texnologiya bo’yicha olib boriladi. Konditer yog’i olishda ishlatiladigan
salomas davriy usulda ishlab chiqariladi.
Ishqorsiz rafinatsiya qilingan yuqori kislotali kungaboqar yog’idan texnik
salomas ishlab chiqarish. Ishqoriy rafinatsiya qilinmagan yuqori kislotali
kungaboqar yog’ini gidrogenlashdan oldin tarkibidagi fosfatidlardan uning uglevod
bilan hosil bo’lgan birikmalaridan qisman parchalangan fosfatidlardan, temir
kationlari va ishqoriy yer metalidan yuqori darajada tozalash jarayoni quyidagi
bosqichlarda olib boriladi:
bug’ yordamida yoki sanoatda qo’llaniladigan boshqa usullar bilan
gidratasiya qilish;
250
Gidratlanmaydigan fosfatidlarni yog’dan maksimal darajada ajratib olish
uchun fosfor kislotasi bilan ishlov berish bilan;
Bu jarayon davriy usulda quyidagi tartibda olib boriladi. Quritilgan,
gidratasiya qilingan harorati 55-65
0
C bo’lgan kungaboqar yog’i aralashtiriladi.
So’ngra 1 t yog’ga 1-1,5 kg hisobida 70-73% li fosfor kislotasi bilan ishlov beriladi.
Qisman gidrogenlash kungaboqar yog’ini ishlab chiqarish.
Ommaviy oziq-ovqat mahsulotlari (qovurilgan kartoshka, jo’xori, kriker,
pirojka va ponchiklar va h.) ni tayyorlashda ishlatiladigan suyuq yog’ tarkibidagi tez
oksidlanadigan linol kislotasi kam bo’lishi yog’ning tez oksidlanishini oldini oladi,
hamda tayyor mahsulotning yaxshi saqlanishini ta’minlaydi. Qisman
gidrogenlangan kungaboqar yog’ining yod soni 100 ga teng, erish harorati 18-23
0
S,
tarkibida linol kislotasi miqdori 25% dan iborat bo’ladi.
Yuqorida qayd etilgan yog’ni olish davriy usulda olib boriladi. Gidrogenlash
jarayonida harorat 200-205
0
C, yangi va ishlatilgan katalizatorlar nisbati 1:3 ga teng
bo’ladi.
Qizilgurdagi nikel katalizatorini gidrogenlanadigan yog’dagi miqdori 0,05-
0,07% ni tashkil qiladi. Yog’ning harorati 190
0
C ga teng bo’lganda avtoklavga
katalizator solinadi. Harorat 130
0
C dan yuqori bo’lmaganda katalizator qisman
gidrogenlangan yog’dan filtrlab ajratib olinadi. So’ngra yog’ to’liq texnologik sikl
bo’yicha ishqoriy rafinatsiya, yuvish, oqlash, dezodorasiyalash, filtrlash
rafinatsiyaga yuboriladi yoki ishqorsiz rafinatsiya olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |