Katalitik modifikasiyalash


Yog’larni gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqot



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Yog’larni gidrogenlash texnologiyasini takomillashtirishga oid tadqiqot 
ishlarining tahlili 
Mamlakatimizdagi va horijiy adabiyotlarda, o’simlik moylari va yog’larni 
katalitik gidrogenlash jarayonini o’rganishga oid ko’plab tadqiqot ishlari 
mavjud[147-150]. Ularning barchasi, katalitik jarayonni takomillashtirish, ya’ni 
yuqori samaradorlikka ega katalizatorni tanlash, jarayonning optimal parametrlarini 
va jarayonni olib borish sharoitlarini aniqlashga qaratilgan. Biroq, hozirgi 


251 
vaqtgacha, kerakli xususiyatlarga ega gidrogenizat olish uchun o’simlik moylarini 
chuqur gidrogenlash bo’yicha yetarli ma’lumotlar yo’q. 
Yog’larni katalitik gidrogenlash jarayonining tadqiqotiga oid ma’lumotlar 
Abduraximov A., Qodirov Y.[129], Isabayev I.[150], Ruziboyev A.T.[148], A.G. 
Sergeyev[155], A.I. Glushenkova va A.L. Markman[151] va boshqa mualliflarning 
ishlarida bayon etilgan.
O’simlik moylarini yoki ularning aralashmasini nikelli katalizator bilan 
qorishtirish va keyin olingan qorishmani reaktor-gidrogenizatorga haydashdan 
iborat gidrogenlangan moy olish usuli patentlangan [152]. O’simlik moylari yoki 
ularning aralashmasini nikelli katalizator bilan suspenziya ko’rinishda qorishtirish 
berilgan moyni 0,1-1,5 m/s haydash tezligi bilan 130-180 
0
C haroratda injektor-
dozator yordamida amalga oshiriladi. Ixtiro o’simlik moylari va ularning 
aralashmalarini gidrogenlash jarayonini boshqarish qulayligining ortishiga, 
belgilangan kompleks fizik- kimyoviy ko’rsatkichlarga ega gidrogenlash 
mahsulotini olishga, gidrogenlash jarayonining selektivligini oshishiga olib keladi.
Tadqiqot mualliflari[153,154] gidrogenlash jarayonida “konyugirlangan” linol 
kislotalari (KLK) hosil bo’lishiga katalizator miqdori va turini, vodorod bosimini va 
o’simlik moyi turining ta’sirini o’rganishgan. Bunda yuqori samarali suyuqlik 
xromatografiyasi va kapilyarli gaz xromatografiyasidan foydalanilgan. Tanlangan 
katalizator (SP-7) mavjudligida KLK miqdorining ko’p bo’lishi aniqlangan bo’lib, 
bunda katalizator miqdori ortganda (0,05-0,3%) KLK konsentrasiyasi 1,9 barobar 
ortadi. Vodorod bosimi 0,24 dan 0,024 MPagacha pasayganda hosil bo’layotgan 
KLK miqdori 1,3 barobar ortadi. KLK hosil bo’lishiga gidrogenlanadigan moy turi 
ham ta’sir ko’rsatadi.
Yog’larni gidrogenlashning dastlabki qurilmasi davriy ishlaydigan avtoklavdan 
iborat bo’lib, unga moy, katalizator va vodorod berilgach, yetarli harorat va bosimda 
jarayon olib borilgan va belgilangan to’yinish darajasigacha gidrogenlangan[155]. 
Bu jarayon hozirgi vaqtgacha ko’plab MDH va respublikamizdagi korxonalarda 
ham saqlanib qolgan[156]. 


252 
Xalq xo’jaligi uchun gidrogenlangan oziqa va texnik yog’larning katta 
miqdorda zarurligi va o’simlik yog’lari ishlab chiqarishning keng ko’lamda o’sishi 
tufayli, MDHda, A.G. Sergeyev rahbarligi ostida avtoklavlar batareyasida yuqori 
unumdorlik bilan yog’larni uzluksiz gidrogenlash uslubi ishlab chiqilgan. Bunda 
avtoklavlar batareyasining unumdorligi 1,5-2,0 barobarga ko’payib, mahsulotning 
yuqori sifatliligi saqlanib qoladi. Bu uslub keyinchalik gazlift qo’llash, sistemani 
vodorod bilan jadal aralashtirish, sistemani avtomatlashtirish yo’llari bilan 
takomillashtirilgan va deyarli barcha MDH mamlakatlarining yirik zavodlarida joriy 
etilgan.Yog’larni 
uzluksiz 
gidrogenlash 
g’oyasini 
yanada 
rivojlanishi 
suspenziyalangan katalizator ishtirokida, bosim ostida(1,0-2,0 MPa) ishlovchi 
kolonnali apparat batareyalaridan foydalanish usuliga olib keldi. Bu usul Qozon 
ximkombinatida joriy etildi va batareyali avtoklavlarga nisbatan 1,5-2,0 marta ko’p 
unumdorlik bilan barcha turdagi texnik salomaslar ishlab chiqarildi[112]. 
Kurakli yoki turbinali aralashtirgichda aralashtirish vodorod oqimida 
aralashtirishga nisbatan samarasiz hisoblanadi. Shu sababli vodorodni avtoklavning 
pastidan 50 m
3
/soat hajmiy tezlikda berish tavsiya etildi[155].
Yog’larni uzluksiz gidrogenlash uchun jarayonni oraliq to’siqli tarelkalarga ega 
kolonnali aparatlarda olib borish tavsiya etiladi. Moy yuqoridan pastga oraliq 
to’siqlar orqali tushadi, so’ng barbotajlanayotgan vodorod bilan to’yinadi. Bunda 
vodorod kolonnaning pastidan yuqoriga beriladi va tarelkalardagi moy oqimi orqali 
barbotajlanib, kolonna yuqorisidan chiqib ketadi, so’ng tozalashdan keyin qaytadan 
ishlatish uchun beriladi[150]. 
Yog’larni uzluksiz gidrogenlash uchun tarelkalar o’rniga tirqishli rifelli 
plastinalar qo’llanilgan kolonnali apparat konstruksiyasi ham ishlab chiqilgan. Moy 
yuqoridan pastga plastinalar bo’ylab tushadi va bo’shatish trubasi orqali chiqib 
ketadi, vodorod esa plastina teshiklaridagi moy qatlami orqali pastdan yuqoriga 
barbotajlanadi va tozalashdan so’ng qaytadan ishlatish uchun beriladi. Vodorod 
oqimi shunday bo’lishi kerakki, bunda moy teshiklardan chiqib ketmasligi 
lozim[112]. 


253 
Avtoklavlar batareyasi unumdorligini oshirish uchun oxirgi avtoklavdan 
tashqari boshqa barcha avtoklavlarda reaksiya “to’g’ridan to’g’ri oqim
” 
da, oxirgi 
avtoklavda esa “qarama-qarshi oqim
” 
da boradigan, yog’larni gidrogenlash 
jarayonining texnologiyasi ishlab chiqildi. Shunga o’xshash jarayon yuqori bosimda 
(1,0-1,5 MPa) sekin aralashtiriluvchi reaktorlarda sodir etildi. 
Belgilangan xususiyatlarga ega gidrogenizat olish maqsadida paxta moyini 
nikel-mis katalizatorida gidrogenlash texnologiyasini jadalashtirishga avtoklavning 
yuqori qismiga o’rnatilgan purkagich va unumdorligi 20 t/soat bo’lgan nasos 
yordamida, reaksion massani sirkulyasiyalash orqali erishilgan. Avtoklavni bunday 
takomillashtirish oziqa salomasi ishlab chiqarishni 10-15% ga oshiradi. 
Nikel-mis-alyuminiyli katalizatorni germaniy, reniy, qalay, rodiy va boshqa 
metallar bilan promotorlash yo’li bilan paxta moyini gidrogenlash jarayoni 
jadallashtirilgan. Promotorlovchi metallar uchun aktivlik va selektivlik bo’yicha 
kamayuvchi qator tuzilgan. 
Zarrachalar o’lchami 100-200 mkm bo’lgan mayda dispersli katalizatorlar 
ishtirokida o’simlik moylari va yog’larni gidrogenlashning energiya va resurs 
jixatdan tejamkor texnologiyasini yaratish yo’llari ko’rib chiqilgan. Bunda salomas-
katalizator suspenziyasini ajratish jarayonining jadallashuvi amalga oshadi. 
Yog’larni gidrogenlash jarayoni mexanizmining mohiyati, moy, vodorod, 
katalizatorni qo’llashga qo’yiladigan talablar, vodorod va katalizatorni olish 
muammolari o’rganilgan[129]. Shuningdek xorij va MDHda yog’larni uzluksiz va 
davriy gidrogenlash uchun qo’llaniladigan asosiy uskunalar va texnologik 
sxemalarda boradigan asosiy jarayonlarning holatlari haqida ma’lumot berilgan.
Yog’larni gidrogenlash jarayonini jadallashtirish uchun nazariy jiqatdan zarur 
bo’lgan vodorod miqdoriga nisbatan avtoklav-rektorlarga 3 marta ko’p vodorod 
beriladi[157]. Avtoklavdan chiqayotgan ortiqcha vodorod tarkibida turli 
aralashmalar: suv bug’i, neytral yog’, yuqori va quyi molekulyar yog’ kislotalari, 
aldegidlar, ketonlar, uglerod oksidi va dioksidi, metan va boshqalar bug’-gazsimon 
holatda va mexanik ilashgan tomchi shaklida bo’ladi. Metan, azot, uglerod dioksid 
va quyi molekulyar uglevodorodlar yuqori haroratli sharoitda amalda katalizator 


254 
yoki yog’ bilan o’zaro ta’sirlashmaydi, ya’ni ular vodoroddagi zararsiz aralashmalar 
hisoblanadi. Ular vodorodda erib jadal izomerlash va yuqori selektivlikda 
gidrogenlash imkonini yuzaga keltiradi. 
Gidrogenlashga berilayotgan yog’ va moylarni rafinatsiyalash sifatining 
pastligi gidrogenlash zavodlaridagi o’ta muhim muammolardan biri hisoblanadi. 
Texnologik tartibning buzilishi va rafinatsiyalash va gidrogenlash qurilmalari 
quvvatlarining mos emasligi tufayli gidrogenlashga berilayotgan xom ashyo 
tarkibida 0,5% gacha suv, 0,3% gacha erkin yog’ kislotalari, sezilarli miqdorda 
sovun aralashmalari, fosfor birikmalari, oltingugurt(raps moyini rafinatsiyalashda), 
xlorofil guruhi pigmentlari, gossipol hosilalari mavjud bo’ladi[158]. 
Tajribalarning ko’rsatishicha, rafinatsiyalangan moyni qo’shimcha yuvish, 
yaxshilab quritish va xattoki, juda oz miqdordagi adsorbent bilan oqlash moyning 
gidrogenlanish xususiyatini 20-40% ga oshiradi. Biroq, ko’plab korxonalarda ayrim 
sabablar, jumladan, yetarli samaradorlikka ega adsorbentlar(oqlovchi tuproq) 
yo’qligi sababli bu imkoniyatlardan foydalanilmaydi. 
Reaksiya muhitiga KSK markali sintetik silikagelni kiritish yo’li bilan paxta 
moyini gidrogenlash jarayonini jadallashtirishga erishilgan. Biroq, mazkur 
adsorbent tannarxining qimmatligi va kamyobligi tufayli sanoat miqyosida 
qo’llanilmadi. Shuningdek reaksiya muhitiga moy massasiga nisbatan 1-2% 
miqdorida tolali asbest, 0,2-0,5% miqdorida oqlovchi tuproq qo’shilishi 
detoksikantlarsiz gidrogenlashga nisbatan reaksiyaning sezilarli darajada 
tezlashishiga, gidrogenlash darajasini oshishiga, mahsulotning kislota sonini 
kamayishiga va rangining yaxshilanishiga olib keladi[112].
Tadqiqot ishi[159]da paxta moyini gidrogenlashda aktivlangan ko’mirning 
jadallashtiruvchi ta’siri o’rganilgan. AGN markali aktivlangan ko’mir reaksiya 
muhitiga moy massasiga nisbatan 0,05-0,3% kiritilgan va uning optimal miqdori 
moy massasiga nisbatan 0,2% bo’lishi aniqlangan. 
Hamroh moddalarni yo’qotish imkonini beruvchi, mayda dispersli qattiq 
adsorbentlarni (ishlatilgan katalizator, oqlovchi tuproq, aktivlangan ko’mir, 
kizel’gur va h.k.) reaksiya muhitiga kiritish nazarda tutilgan patentlarda [112] 


255 
o’simlik moylarini gidrogenlash jarayonini jadallashtirish bo’yicha, amaliy jihatdan 
bir xil bo’lgan, yechimlar taklif etilgan. Shu bilan birga bu usullar salomasni 
elektrofiltrlashni nazarda tutadi. 
Tadqiqot mualliflari [149] reaksiya muhitiga kiritilayotgan oqlovchi tuproq 
nafaqat moydagi mavjud gidrogenlash ingibitorlarga, balki reaksiyaning borish 
davrida hosil bo’ladigan zaxarli moddalarga ham o’zaro ta’sir etishini tasdiqlashdi. 
Yuqorida bayon etilgan tadqiqot ishlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, 
gidrogenlash jarayonini jadallashtirish uchun, reaksiya muhitidan katalitik 
zaxarlarni maksimal darajada yo’qotish imkonini beradigan, turli adsorbentlar 
aralashmasidan foydalanish lozim. Oziqaviy SAM(sirt aktiv moddalar) ishlab 
chiqarishda ishlatiladigan past yod sonli salomas olish uchun hayvon yog’larini 
paxta yoki pal’ma moyi bilan aralashmasini gidrogenlayotganda detoksikantlarni 
qo’shish, to’yinish jarayonini jadallashtirib, gidrogenizatning sifat ko’rsatkichlarini 
yaxshilaydi. Paxta moyini yod soni 1 dan kichik bo’lguncha gidrogenlash 
jarayonining optimal sharoitlari: katalizator miqdori – 3 kg/t, gidrogenlash harorati 
– 200-210
0
C, detoksikantlar miqdori: asbest - 0,5%, aktivlangan ko’mir - 0,2% , 
oqlovchi tuproq - 0,1%, jarayon davomiyligi - 3 soat. Reaksiya zonasidagi nikel 
konsentrasiyasining oshishi unga detoksikantlarni kiritilganda ham, kiritilmaganda 
ham yog’ gidrolizini oshiradi, biroq detoksikant qo’shib olingan gidrogenizatning 
kislota soni detoksikant qo’shmasdan olingan gidrogenizatnikidan 30-40% ga past 
bo’ladi. Stearin ishlab chiqarishga mo’ljallangan salomas olish maqsadida paxta 
moyini gidrogenlanayotganda, reaksiya zonasiga moy massasiga nisbatan 0,3-0,4% 
miqdorida detoksikant kiritilsa, to’yinish jarayonini 20-25% ga tezlashtiradi va 
to’yinish tezligini kamaytirmagan holda gidrogenlash haroratini 200
0
Cgacha 
pasayishiga olib keladi[112].
Gidrogenlash muhitiga nikel-mis dispers katalizatorining massasiga nisbatan 3-
4% gacha miqdorda sintetik seolit NaX ni kiritish yo’li bilan paxta moyini 
gidrogenlash jarayonini jadallashtirish usuli taklif etilgan va oziqa salomasi 
olishning rasional rejimlari aniqlangan[160]. 


256 
Tadqiqot ishida[161]da soya moyini nikelli katalizator(stearinda 25% nikel)da 
gidrogenlash jarayoniga ultratovushning ta’sirini o’rganib, ultratovush jarayonni 
sezilarli darajada jadallashtirishi aniqlangan. 
Paxta moyini gidrogenlash jarayonini takomillashtirish uchun, jarayon ketma-
ket, ya’ni dastlab turg’un katalizatorda so’ng kukunsimon katalizator ishtirokida olib 
borilgan. Natijada salomasni unumi, filtrlash tezligi oshgan va sifati 
yaxshilangan[162]. 
Paxta moyini gidrogenlash jarayonini jadallashtirish maqsadida detoksikant 
sifatida mahalliy tuproqlar o’rganilgan. Bunda, paxta moyini gidrogenlash 
jarayonida katalitik zaharlarni detoksikasiyalashning eng yaxshi natijalariga moy 
massasiga nisbatan 0,2% tul’soxsk pal’gorskiti va 0,2% tamdi-tau bentonitlaridan 
iborat kompozisiyasi qo’llanilganda erishildi[163]. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin