257
21§. Yog’larni to’yintirish usuli bilan gidrogenlash
Gidrogenlash davriy va uzluksiz usullar bilan olib boriladi. Avtoklav orqali
o’tayotgan vodorod harakatining xarakteri jihatdan quyidagi usullarga bo’linadi:
-To’yinish
usuli - bunda vodorod
reaktor ichida bosim ostida
sirkulyasiyalanadi va reaktorga vodorod, uning sarfiga qarab beriladi. Bu usul chet
elda keng qo’llaniladi.
-Vodorodni tashqi sirkulyasiyalash usuli –
bu usulda vodorod reaktorga
ortiqcha miqdorda beriladi va avtoklavdan chiqarilib turiladi. Keyin, tozalangandan
so’ng jarayonga qaytariladi. Bu usul MDHda keng qo’llaniladi.
-Oquvchi (struyevoy) usul – turg’un katalizator reaktorga joylashtiriladi.
Yog’ning vodorod bilan aralashishi katalizator qatlami orqali o’tadi.
To’yinish usuli bilan yog’larni gidrogenlash usuli vodorod sarfining kamligi,
texnologik tizimning soddaligi, jarayonni boshqarishning osonligi, katta miqdordagi
xom ashyoni talab etmasligi va mahsulot turini o’zgarishiga moslashuvchanligi bilan
ajralib turadi. Shu sabali bugungi kunda xorijda hamda respublikamizda
gidrogenlashning asosan ushbu usulidan keng foydalanilmoqda.
To’yintirish usuli bilan ishlaydigan reaktorlarda gidrogenlash.
Davriy
rejimda ishlaydigan avtoklav (reaktor)da to’yintirish usuli
bilan gidrogenlashning
istiqbolli sxemasi (21.1-rasm) ko’rsatilgan.
Sexga kirayotgan moy dastlab 1-bakda yig’iladi. So’ng 2-nasos orqali 3-
isitgichda isitilib, 4-bakga uzatiladi. 4-bakning ishchi hajmi 10 t bo’lib, undagi moy
vodorod bosimi yordamida 5-avtoklavga uzatiladi. Avtoklavlardagi moy
zmeyeviklarga berilayotgan suv bug’i orqali qizdiriladi. Avtoklavdagi harorat 115-
120
0
С ga yetganda 12-aralashtirgichdagi katalizator beriladi.
So’ng
aralashtirgan holatda, harorat 130
0
Сga yetguncha qizdirilib,
vodorod
berila boshlanadi. Harorat 180
0
Сga yetganda zmeyevikka berilayotgan suv bug’i
to’xtatiladi va avtoklav ichidagi harorat ekzotermik reaksiya issiqligi hisobiga
200
0
Cga yetguncha aralashtirib turiladi. Kerakli ko’rsatkichlarga ega salomas tayyor
bo’lgandan so’ng, avtoklav bug’ ko’ylagiga
sovuq suv berilib, 100-120
0
Сgacha
258
sovutiladi. Sovutilgan salomas vodorod bosimi ostida 6-aralashtirgich-tindirgichga
uzatiladi. U yerda salomasga oqlovchi tuproq qo’shib aralashtiriladi. Aralashtirish
jarayonida salomas biroz soviydi. So’ng aralashma 7-nasos orqali 8-filtrlarga berilib,
filtrlanadi. Filtrlangan salomas 9-bakka yig’iladi. U yerdan 14-nasos yordamida bak
xo’jaligiga yuboriladi.
Dostları ilə paylaş: