Katalitik modifikasiyalash


Stearopal’mitin va paxta moyi omixtasini pereeterifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Stearopal’mitin va paxta moyi omixtasini pereeterifikasiyalash. 
Sanoatda oziqa salomas o’simlik yog’larini vodorod bilan to’yintirib yod 
sonini 70-80 % ga yetkazib olinadi. Prosessni selektiv ravishda shunday 
ko’rsatgichgacha boshqarish juda qiyin. Yod soni 3-4% li salomas olish esa bunday 
nozik sharoit talab qilmay, ancha osondir. 
Yod soni 70-80 bo’lgan salomaslar tarkibida normal tuzilishga ega bo’lgan 
tabiiy to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalari bilan, 40-50% atrofida trans forma 
izoolein kislotalari bo’ladi. 
Izoolein kislotalarining fiziologik ta’siri to’g’risida har xil mulohazalar bor: 
ularning biri bu kislotalar xuddi tabiiy kislotalar singari xossaga ega desa, boshqalari 
uning aksini aytadilar. 
Sinkler va Tomasson fikricha, trans-holatdagi to’yinmagan yog’ kislotalari 
biologik aktiv emas. Masalan, linolin va araxidon kislotalarning sis-formasi 
organizm uchun noyob modda bo’lib, ularning izomeri esa, bunday xossaga ega 
emas. 
Xolman va Yorgenson to’yinmagan yog’ kislotalarining trans formalari 
organizm rivojlanishini so’saytiradi, teri kasalliklariga sabab bo’ladi va organizmda 
to’planib qoladi – deb yozadi. 
Steoropal’mitin va paxta moyi aralashmasini pereeterifikasiya qilib
tarkibida trans-izomerlari bo’lmagan qattiq yog’ olishga muyassar bo’ldik. 
Stearopal’mitin - paxta moyini yod soni 3-4 bo’lguncha gidrogenlangan 
salomas bo’lib, tarkibi faqatgina stearin va pal’mitinli gliseridlardan iborat. 


290 
Stearopal’mitin olish uchun, paxta moyi 180-200 º C da, mis-nikelli turg’un 
katalizator yordamida, yuqori bosimli qurilmada 1.5-2.0 mn/m
2
bosimda 
gidrogenlanadi.
26.2-jadval 
Stearopal’mitin va paxta moyi omixtalarining ko’rsatkichlari. 
Stearo 
Pal’ 
mitin,% 
Paxta 
yog’i 
Tem 
pe 
ra 
tura 
Omixtalarning ko’rsatkichlari 
pereeterifikasiyagacha 
Pereeterifikasiyadan 
keyin 
K.s.mg 
KOH 
Y.s. 
T
er.
.ºC 
Qattiq-ligi 
g/sm 
K.s mg 
KOH 
Y.s. 
T
er.


10 
15 
20 
25 
90 
85 
80 
75 
60 
60 
70 
70 
0.31 
0.34 
0.32 
0.35 
75.3 
67.5 
54.3 
48.2 
41.3 
43.2 
45.5 
47.9 
78 
110 
125 
154 
0.25 
0.22 
0.20 
0.24 
74.5 
67.2 
55.1 
49.4 
34.2 
35.4 
36.3 
39.7 
Jadvalda ko’rinib turibdiki, omixtalarning pereeterifikasiyadan keyingi 
suyulish temperaturasi va qattiqligi pereeterifikasiyadan oldingisiga nisbatan 
pasaygan. Buning sababi, ikki xil fizikaviy va ximiyaviy ko’rsatkichlarga ega 
bo’lgan paxta moyi va stearopal’mitinlar pereeterifikasiya qilinganda, ularning 
tarkibidagi yog’ kislotalari radikallarining molekulalararo o’rin almashishi
natijasida paydo bo’lgan yangi trigliseridlarning tarkibiga va xossalariga bog’liqdir. 
Bu esa trigliseridlardagi yog’ kislotalari radikallarining yangidan gruppalanishi 
bilan ularning miqdor o’zgarishi va tarkibidagi joylanishi bilan ham yangi 
ko’rsatkichlarga ega bo’ladi. 
Stearopal’mitin va paxta moyining pereeterifikati tabiiy, to’yinmagan yog’ 
kislotalariga boy bo’lib, fiziologik xususiyati ham nazariy jixatdan yuqoridir. 
Yog’larni energiya manbaigina degan fikr, hozirgi davrda butunlay o’zgarib, 
ular faqatgina energiya manbai bo’lib qolmasdan, essensial yog’ kislotalariga ham 
boy bo’lishi kerak. Chunki, ular organizm uchun zarur fosfolipidlar, sintezining 
asosidir. Bundan tashqari, iste’mol qilinadigan yog’lar organizmda oson va to’la 
oksidlanishi lozim, aks holda oksidlanmagan yog’lar organizmda parchalanmay 
xolesterin efirlari hosil qilishga sabab bo’lib, hyech qanday energiya bermay 


291 
organizmdan chiqib ketadi. Shuningdek, ular muhim organlar atrofida yurak, jigarda 
yig’ilmasligi lozim.
Shularni nazarda tutgan holda stearopal’mitin va paxta moyi omixtalari 
pereeterifikasiyalaridan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilish fiziologik va 
biologik jixatdan maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin