293
27.1-rasm.Yarim uzluksiz usulda yog’larni pereeterifikatsiyalashning
texnologik sxemasi
keyingi jarayonlarga uzatiladi. Pereeterifikatsiyalash jarayonidagi quritish, reaktor
va oqlash uskunalari vakuum sistemaga ulangan holda amalga oshiriladi.
Uzluksiz usulda yog’ va moylarni pereeterifikatsiyalash.
Sxema bayoni: rafinatsiyalanmagan erigan yog’lar tarozida tortiladi va nasos
yordamida aralashtirgich va qizdirish zmeyeviklariga ega bo’lgan apparatlar va ga
uzatiladi. Ulardan biriga yuqori haroratda eruvchan yog’lar, ikkinchisiga esa suyuq
yog’lar (moylar) kelib tushadi. Apparatlar va dan nasos yordamida isitgich (bu yerda
aralashma 90-95
o
C gacha isitiladi) orqali diskli aralashtirgich ga uzatiladi, ishqor bilan
aralashadi va neytrallanadi. Soapstok separator da ajratiladi,yog’ esa bu yerdan
regenerativ issiqlik almashgich orqali bug’ trubali isitgich ga boradi va 130-145
o
C
gacha isiydi. Isitilgan yog’ uzluksiz ishlaydigan vakuum-quritgich da quritiladi.
27.2-rasm. Uzluksiz usulda pereeterifikatsiyalangan yog’lar olishning texnologik sxemasi
1-tarozi, 2, 5, 12, 17, 19, 28, 30-nasos, 3,4-apparatlar, 6, 20, 23-isitgich, 7-aralashtirgich, 8, 22, 25-separator, 9-issiqlik almashgich, 10-bug’ trubali
isitgich, 11-vakuum quritgich, 13-sovitgich, 14-reaktor-pereeterifikator, 15-aralashtirgich, 16-shesternali nasos-dozator, 18-oqimli reaktor, 21, 24-pichoqli
aralashtirgich, 26-diskli aralashtirgich, 27-uzluksiz vakuum quritgich, 29-bak,
Apparatdagi qoldiq bosim 4 kPa dan oshmaydi va uch bosqichli bug’ ejektorli
vakuum-nasos yordamida hosil qilinadi.
Qurigan yog’ nasos yordamida regenerativ issiqlik almashgich va sovutgich
(bu yerda yog’ 80-90
o
C gacha soviydi) orqali reaktor –pereeterifikator ga beriladi. Bu
yerga bir vaqtning o’zida aralashtirgich dan shesternali nasos-dozator yordamida
katalizatorning moyli suspenziyasi xam beriladi. Aralashtirgich dagi katalizator va
moy nasos yordamida retserkulyatsiyalash yo’li bilan aralashtiriladi. So’ngra
reaksiyaga kirishuvchi aralashma, oqimli reaktor ga kelib tushadi va bu yerda yog’ 80-
90
o
C da 0,5-1 soat davomida ushlab turiladi. U yerda nasos orqali uzluksiz ravishda
isitgich ga beriladi va 90-95
o
C gacha qizdiriladi. Keyin pichoqli aralashtirgich da
yog’ga issiq suv bilan ishlov beriladi va separator da yog’ sovunning suvli eritmasidan
ajratib olinadi.
Tarkibida 0,05 % dan ko’p bo’lmagan sovuni bor yog’ separatordan isitgich
orqali, ikkilamchi yuvish uchun pichoqli aralashtirgich ga uzatiladi. Bu yerda issiq
kondensat bilan aralashadi. Yuvindi suv separator da yog’dan ajratiladi va yog’
tutkichga kelib tushadi. U yerdan yog’ni dastlabki yuvish uchun yuboriladi.
Tarkibida 0,01 % atrofida sovun bo’lgan yog’, separator dan diskli
aralashtirgich ga keladi va 5% li limon kislota eritmasi bilan qayta ishlanadi. Keyin
yog’ tarkibida 0,2 % dan oshmagan namlik qolguncha uzluksiz vakuum-quritgich
apparati da quritiladi. Undan so’ng tayyor mahsulot nasos yordamida baklar ga
uzatiladi va nasos yordamida dezodoratsiyaga yuboriladi.[5]
Yuqorida keltirilgan texnologik sxema uzluksiz usulda pereeterifikatlangan
yog’lar olishga asoslangan bo’lib yuqori quvvatli korxonalarda qo’llaniladi. Biz
loyihalayotgan sexning quvvati kichik bo’lganligi bois ushbu texnologik sxema
bizning loyiha talablarini qanoatlantirmaydi va ortiqcha energetik va ishchi kuchi
sonini oshirib yuboradi.
27.3-rasmda paxta moyi va salomas asosida pereeterifikatsiyalangan yog’
ishlab chiqarish uchun davriy usulda pereeterifikatsiyalangan yog’lar olishning
texnologik sxemasi keltirilgan.
|