Katalitik modifikasiyalash


Gidratatsiyalangan moyni quritish



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Gidratatsiyalangan moyni quritish.
Nam gidratlangan moyini qisqa vaqt 
mobaynida ham saqlash mumkin emas, chunki namlik ta’sirida oksidlanish jarayoni 
kechadi. Natijada moyning kislota soni oshib ketadi. Shuning uchun gidratlangan 
moy kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum quritish uskunasida quritiladi. 
Vakuum-quritish apparati (2.4-rasm)
. Harorati 85-90
0
С bo‘lgan moy (15) 
quvur orqali apparatga va 3 ta (17) forsunkalar yordamida sochib boriladi. Tomchi 
qaytargich (18) tomchini vakuum sistemasiga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Apparat (1) ning quyi qismiga tarelkalardan iborat (4) kontakt yuza o‘rnatilgan 
bo‘lib, u qo‘shimcha ravishda moydan namlikni bug‘lanishiga xizmat qiladi. 
Quritish jarayonida qoldiq bosim 2,66 MPa (20 mm sim.ust.) dan ortiq emas. 
Apparatda vakuum uch bosqichli bug‘ ejektori yoki suvli vakuum-nasos yordamida 
(19) patrubka orqali hosil qilinadi. Quritilgan moy nasos yordamida (11) shtutser 
orqali apparatni pastki qismidan so‘rib olinadi. Agar apparatdagi moy sathi 
me’yordagidan past bo‘lsa, sath rostlagich (13) qalqovuchi bo‘shaladi va tirgakli 


38 
moslamani ochadi, shunda chiqish trubasidagi moy apparatga qaytariladi. Shunday 
qilib uskunada moyni bir xil sathi saqlab turiladi. 
2.4 – rasm. Kolonna turidagi uzluksiz ishlovchi vakuum-quritish uskunasi
Fosfatid konsentrati ishlab chiqarish. 
Fosfatid emulsiyasi tarkibida 55-75 
% suv, 15-30 % fosfatidlar, 15-20 % yog‘ bo‘ladi. Fosfatid emulsiyasi tezlik bilan 
quritishga yuboriladi. Bu jarayon fosfatidlar sifatini saqlab qolish uchun qatlamda 
bajariladi. Quritish 75-90
0
C haroratda, qoldiq bosim 20 mm.sim.ust.ga teng bo‘lgan 
sharoitda olib boriladi. 
2.4 – jadval
Fosfatid konsentratining tavsifi 
Ko‘rsatgichlar 
Oziq-ovqat uchun Ozuqa uchun 
Rangi, mg yodgacha 
18 
belgilanmaydi 


39 
Namlik va uchuvchan moddalar 
miqdori, % gacha 
1,0 
3,0 
Fosfatidlar miqdori, %
55.0 
40,0 
Yog‘ miqdori, %
45.0 
60,0 
Fosfatid konsentratsiyadan ajratib 
olingan yog‘ning kislota soni mg KOH 
18 
25 
Fosfatid emulsiyasini quritish uchun gorizontal uzluksiz ishlaydigan 
rotatsion-plenkali quritish apparatlari ishlatiladi: ular silindrik va konussimon 
bo‘ladi. Ishlab chiqarish quvvati 100 kg/s fosfatid konsentratiga teng. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin