Katalitik modifikasiyalash



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Tayanch so’z va iboralar:
rafinatsiya, gidromexanik, massa almashuvchi, 
fiz-kimyoviy, tindirish, sentrifugalash, filtrlash, neytrallash, oqlash, xidsizlantirish, 
sulfat kislota, sorbent, cho’ktirish, gidrotasiya, emulsiya, immobilizasiya 
Takrorlash uchun savollar 
1.
Rafinatsiyani qanday usullari mavjud? 
2.
Kislotali rafinatsiyaning mohiyatini tushuntirib bering 
3.
Yog’larni gidratlash jarayoninii tushuntirib bering. 
4.
Moylardagi mumsimon moddalar qanday ajratib olinadi? 
 


49 
5§. Erkin yog’ kislotalarini yo’qotish 
O’simlik yog’larida ma’lum miqdorda erkin yog’ kislotalari bo’ladi, ularni 
miqdori yog’ning sifatiga bog’liq. Erkin yog’ kislotalarining bo’lishi yog’ sifatini 
yomonlashtiradi ozuqaviy qimmatini kamaytiradi. Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan 
yog’ning kislota soni 0.2-0.3 mg KOH dan oshmasligi kerak. Bundan esa erkin yog’ 
kislotalarini yuqotish zarurligi kelib chiqadi. 
Sanoatda quyidagi usullar ishlatiladi. 
1.
Erkin yog’ kislotalarini ishqor bilan neytrallash (ishqorli rafinatsiya). 
2.
Yuqori temperaturada va vakuum ostida erkin yog’ kislotalarini 
yukotish (distillyasiyali rafinatsiya). 
Ishqorli rafinatsiya keng tarkalgandir. Bu usulda yog’ kislotalarini yog’da 
erimaydigan tuzi ya’ni sovun hosil bo’ladi. 
RCOOH + NaOH RCOONa + H
2

Uning suvli eritmasi katta zichlik xisobiga yog’dan ajraladi. Ajralgan 
sovunli massa soapstok deyiladi. 
Sovun, uzining yuqori absorbsion xususiyatiga ko’ra yog’dan quyidagi 
aralashmalarni ajratib oladi: fosfatidlar, oksillar, shilimshik moddalar, bo’yovchi 
moddalar va x.k. Shuningdek sovun parchalari mexanik aralashmalarni ham ushlab 
qoladi. 
Ishqor ma’lum miqdorda neytral yog’ (trigliserid)ni sovunlaydi. Ayrim 
vaqtda yog’ni okartirish uchun ishqorni ko’p miqdorda qo’shiladi. 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin