57
A.A.Shmidt yangi usulni taklif qildi, ya’ni tuz-suv asosli neytraliza-siya. Bu
usul, sovun pardasi osh tuzining kuchsiz eritmasida erishiga asoslangan va buni
natijasida soapstokdagi neytral yog‘ ajralib chiqadi. Buning uchun neytralizatorga 1
% konsentratsiyali tuz-suv eritmasi beriladi. Sovunli parda cho‘kmaga tusha turib,
tuz-suv eritmasiga tushadi. Sovun erib, yog‘ ajralib chiqadi. Neytralizatsiya harorati
90-95
0
C (sovun shunday haroratda yaxshi eriydi). Ishqor konsentratsiyasi 40-45 g/l.
Tuzli eritmaning miqdori yog‘ning kislota soniga bog‘liq
va eritmadagi sovun
konsentratsiyasi 9-12 % dan oshmasligi kerak. Tuz-suv asosli usul neytralizator
unumdorligini oshiradi va soapstokdagi yog‘ miqdorini kamaytiradi.
O’simlik moylarini davriy usulda rafinatsiyalash texnologik sxemasi 5.2-
rasmda keltirilgan.
Presslash usulida olingan paxta moyini rafinatsiyalash
davriy usulida
ishlaydigan 4-neytralizatorda fazalarga ajratgan holda emulsiyali usulda olib
boriladi.
Dastlabki rafinatsiyalanmagan forpress moyi forpress sexidan bak 1 ga kelib
tushadi. U yerdan press moyi nasos 2 yordamida reaktor-turbulizator 3 orqali yoki
nasos 2a orqali to’g’tidan to’g’ri davriy neytralizatorga uzatiladi.
Bir vaqtning o’zida turbulizatorga moy bilan
birgalikda talab etiladigan
konsentratsiyadagi ishchi ishqor eritmasi o’lchov bak 14 dan o’z oqimi bilan
uzatiladi.