Dezodorator (8) ikkita gorizontal silindr ko’rinishiga ega va qo’yilish trubasi
bilan biriktirilgan, bu esa yog’ni uzluksiz aralashib va almashib turishini
ta’minlaydi. Silindr ichida to’siqlar mavjud bo’lib, bu aralashtirish samaradorligini
pasaytiradi. Ikkala silindr ham ochiq bug’ uchun barbatyor va bug’-gaz
aralashmasini skrubber(3) ga berish uchun vakuum trubalar bilan ta’minlangan.
Pogonlarni ushlab qolish uchun bug’-gaz aralashmasi yog’ kislotalari bilan
sug’orib turiladi. Sug’orish uchun ishlatiladigan yog’ kislotalar yog’ kislotalarini
sovutish uchun issiqlik-almashgich(15), skrubber(3)dan iborat yopiq konturda
sirkulyasiyalanadi. Yog’ni tugal qizdirish (7) elektr qizdirgichda amalga oshiriladi.
U yerda qizdirish yuzasi harorati 300
0
Cdan oshmaydi. Ochiq bug’ (11) elektr bug’
qizdirgichda yog’ haroratidan 10-15
0
C yuqori bo’lguncha qizdiriladi.
Rafinatsiyalangan yog’ (2) nasos va nazorat filtri orqali (3) issitgichga beriladi va
tok yordamida 110-120
0
Cgacha qizdiriladi. Qizdirilgan yog’ vakuum ostida
ishlovchi (4) deaeratorga beriladi. Deaeratsiyalangan yog’ (5) nasos bilan 6-
rekuperasion issiqlik-almashgichga uzatiladi. U yerda yog’ 180-200
0
Cgacha
dezodorasiyalangan yog’ bilan qizdiriladi. Keyin yog’ (7) elektr qizdirgichda 220-
240
0
Cgacha qizdiriladi va (8) dezodoratorning birinchi seksiyasiga kiradi. Yog’
seksiyadan seksiyaga, birinchi silindrdan ikkinchi silindrga o’tadi. Ikkinchi
silindrdan dezodorasiyalangan yog’ (9) nasos yordamida (6) rekuperasion issiqlik
almashgich, sovutkich(32) dan o’tib yog’ saqlagich(18)ga jo’natiladi. Unga
bak(17)dan limon kislota qo’shiladi.
Sistemada vakuum uch bosqichli BEVN (12) yordamida hosil qilinadi.
barometrik suv quduq(16) qa quyiladi. Tindirilgan suv aylanma suv ta’minoti
sistemasiga beriladi. Jarayonning texnologik ko’rsatkichlari: ochiq bug’ sarfi 20 kg/t
gacha, dezodoratorda yog’ qatlamining balandligi 300-500 mm.
Dostları ilə paylaş: