Katalitik modifikasiyalash


Takrorlash uchun savollar



Yüklə 3,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/108
tarix14.12.2023
ölçüsü3,92 Mb.
#140859
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108
YOG’LARNI RAFINATSIYALASH VA KATALITIK MODIFIKASIYALASH darslik

Takrorlash uchun savollar 
1.
Donador katalizatorlar. 
2.
Nikel’-mis katalizatorlar. 
3.
Katalizatorning selektivligi aniqlash. 
4.
Katalizatorning izomerlanish xususiyati qanday usullar bilan aniqlanadi? 


225 
Tayanch so’z va iboralar: 
turg’un katalizator, aktivlanish energiyasi, jarayon 
tezligi, nikel’-mis katalizatori, mis karbonatining strukturasi, zarrachalar o’lchami, 
sul’fatning qoldiq miqdori, nikel’-mis silikatlari,qizilgur, perling, aktivlangan 
ko’mir, moyning nur sindirish ko’rsatkichi, yuqori aktiv, aktiv, mo’tadil aktiv, 
pastaktiv, katalizator selektivligi.


226 
18§. Yangi avlod katalizatorlari. Katalizatorlarni regenerasiyasi 
Gidrogenlash sanoatida ishlatiladigan katalizatorlar makrostrukturasi va 
qo’llanilish texnikasiga ko’ra dispers (kukunsimon) va turg’un (stasionar) 
katalizatorlarga bo’linadi. Katalizator tayyorlashda aktiv metall sifatida D.I. 
Mendeleyevni elementlar davriy sistemasining VIII guruh metallari-platina, 
palladiy, nikel va boshqalar ishlatiladi. Ma’lum sharoitda boshqa guruhlarni oraliq 
metallari, jumladan mis ham gidrogenlash aktivligini namoyon qiladi, so’nggi 
yillarda yog’ va yog’ kislotalarni gidrogenlash katalizatorlari nikel asosida 
tayyorlanmoqda. Katalizatorlarni aktivligi, selektivligi, barqarorligini oshirish va 
boshqa xossalarini yaxshilash uchun ularga 0,5-5% miqdorda promotorlar- sirkoniy, 
magniy oksidlari va bir qator boshqa metallar qo’shiladi. 
Promotor-bu o’zi katalitik ta’sirga ega yoki ega bo’lmagan, biroq aktiv 
metal-katalizator aktivligini kuchaytiradigan moddadir.
Kukunsimon kata lizatorlar gidrogenlanadigan xom ashyoda disperslanadi 
va gidrogenizatdan filtrlab ajratib olinadi. Filtrlab olingan katalizator qisman 
gidrogenlash jarayoniga qaytariladi va qolgan qismi aktiv metallni ajratib olish 
uchun qayta ishlashga yuboriladi. Ajratib olingan aktiv metal yangi katalizator olish 
uchun ishlatiladi. Turg’un katalizatorlar gidrogenlash reaktorlariga mahkamlangan 
bo’lib, ularning aktivligi, selektivligi va mexanik barqarorligi saqlanib qolguncha 
ishlatiladi. 
Katalizatorlar olinish usuli bo’yicha shimdirilgan, cho’ktirilgan va 
qotishmali kabi turlarga bo’linadi. Yog’ va yog’ kislotalarini gidrogenlash 
katalizatorlarining tovar shakli ularni ishlatilish sharoitiga bog’liq. Xom ashyoda 
disperslangan katalizator qattiq yog’dagi suspenziya yoki kukun holida, turg’un 
katalizatorlar esa granula yoki tabletka holida tayyorlanadi. Yog’ va yog’ 
kislotalarini 
gidrogenlash 
jarayonida 
gidrogenlanadigan 
xom 
ashyoda 
suspenziyalangan, eltuvchiga cho’ktirilgan nikelli katalizatorlar keng qo’llaniladi.


227 

Yüklə 3,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin