260
22§. Yog’larni chuqur gidrogenlash
Bugungi kunda trans kislota miqdori me’yorlashtirilgan margarin
mahsulotlari olish uchun pereeterifikasiyalangan yog’lar keng qo’llanilmoqda. Bu
yog’lar asosan chuqur gidrogenlangan steropalmitin asosida olinadi. Steropalmitin
paxta palmitini yoki palma yog’nini chuqur gidrogenlash yo’li bilan olinadi. Biroq
yog’ va moylarni chuqur gidrogenlash
ancha murakkab kechadigan jarayon
hisoblanib, bunda katalizator sarfi yuqori va jarayon davomiyligi uzoq bo’ladi. Bu
esa salomas tannarxini oshishiga olib keladi. Shu sababli paxta palmitinini chuqur
gidrogenlash jarayonini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot ishlarini olib borish
dolzarb sanaladi.
Har xil o’simlik moylari, texnik hayvon yog’lari va distillangan yog’
kislotalarini gidrogenlash orqali texnik salomaslarni bir necha markalarini olish
mumkin.
Ularni ishlab chiqarishda fizik-kimyoviy ko’rsatkichlariga va qo’llanilishiga
qarab kerakli xomashyolar ishlatiladi.
1-atir sovun uchun, o’simlik moyi, hayvon yog’i, soapstokning distillangan
yog’ kislotalaridan olingan salomas.
2-xo’jalik sovuni uchun, o’simlik moyi va texnik hayvon yog’idan olingan
salomas.
3,4 va 5 - stearin uchun, o’simlik moyi, texnik hayvon yog’i, hamda oziqaviy
mol yog’laridan olingan salomas.
3.18-jadvalda texnik salomaslarning ko’rsatkichlari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: