290
Stearopal’mitin olish uchun, paxta moyi 180-200 º C da, mis-nikelli turg’un
katalizator yordamida, yuqori bosimli qurilmada 1.5-2.0 mn/m
2
bosimda
gidrogenlanadi.
26.2-jadval
Stearopal’mitin va paxta moyi omixtalarining ko’rsatkichlari.
Stearo
Pal’
mitin,%
Paxta
yog’i
Tem
pe
ra
tura
Omixtalarning ko’rsatkichlari
pereeterifikasiyagacha
Pereeterifikasiyadan
keyin
K.s.mg
KOH
Y.s.
T
er.
.ºC
Qattiq-ligi
g/sm
K.s mg
KOH
Y.s.
T
er.
.º
C
10
15
20
25
90
85
80
75
60
60
70
70
0.31
0.34
0.32
0.35
75.3
67.5
54.3
48.2
41.3
43.2
45.5
47.9
78
110
125
154
0.25
0.22
0.20
0.24
74.5
67.2
55.1
49.4
34.2
35.4
36.3
39.7
Jadvalda ko’rinib
turibdiki, omixtalarning pereeterifikasiyadan keyingi
suyulish temperaturasi va qattiqligi pereeterifikasiyadan oldingisiga nisbatan
pasaygan.
Buning sababi, ikki xil fizikaviy va ximiyaviy ko’rsatkichlarga ega
bo’lgan paxta moyi va stearopal’mitinlar pereeterifikasiya qilinganda, ularning
tarkibidagi yog’ kislotalari radikallarining molekulalararo o’rin almashishi
natijasida paydo bo’lgan yangi trigliseridlarning tarkibiga va xossalariga bog’liqdir.
Bu esa trigliseridlardagi yog’ kislotalari radikallarining
yangidan gruppalanishi
bilan ularning miqdor o’zgarishi va tarkibidagi joylanishi bilan ham yangi
ko’rsatkichlarga ega bo’ladi.
Stearopal’mitin va paxta moyining pereeterifikati tabiiy, to’yinmagan yog’
kislotalariga boy bo’lib, fiziologik xususiyati ham nazariy jixatdan yuqoridir.
Yog’larni energiya manbaigina degan fikr, hozirgi davrda butunlay o’zgarib,
ular faqatgina energiya manbai bo’lib qolmasdan, essensial yog’ kislotalariga ham
boy bo’lishi kerak. Chunki, ular organizm uchun zarur fosfolipidlar, sintezining
asosidir.
Bundan tashqari, iste’mol qilinadigan yog’lar organizmda oson va to’la
oksidlanishi lozim, aks holda oksidlanmagan yog’lar organizmda parchalanmay
xolesterin efirlari hosil qilishga sabab bo’lib, hyech qanday energiya bermay
291
organizmdan chiqib ketadi. Shuningdek, ular muhim organlar atrofida yurak, jigarda
yig’ilmasligi lozim.
Shularni nazarda tutgan holda stearopal’mitin
va paxta moyi omixtalari
pereeterifikasiyalaridan tayyorlangan mahsulotlarni iste’mol qilish fiziologik va
biologik jixatdan maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: