Kattaliklar



Yüklə 270,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix13.04.2022
ölçüsü270,25 Kb.
#115263
  1   2
kattaliklar



KATTALIKLAR 

Bizni o‘rab turgan borliqning eng muhim xususiyatlaridan biri uning tinimsiz 

va  turli-tuman  o‘zgarishidir.  Ob-havo,  odam  yoshi,  kishilarning  yashash  sharoiti, 

hayvonlar va o‘simliklar dunyosi o‘zgaradi. Bu jarayonlarni ilmiy asoslash uchun 

ularning ma’lum xossalarini, masalan, vaqt, massa, tezlikni bilish kerak. Bu xossalar 

kattaliklardir. Siz ulami matematika, fizika, kimyo, biologiya kurslarida o‘rganasiz. 

KATTALIK VA ULARNI O‘LCHASH TUSHUNCHASI 

Uzunlik,  yuza,  massa,  tezlik,  narxlar  —  kattaliklardir.  Ular  bilan  dastlab 

boshlang‘ich maktabda tanishiiladi, bunda kattalik son bilan bir qatorda, yetakchi 

tushuncha  bo‘ladi.  Kattaliklar  hodisalarning  maxsus  xossalari.  Masalan, 

buyumlarning  oraliqqa  ega  bo‘lish  xossasi  uzunlik  deyiladi.  Aniq  obyektlarning 

uzunliklari  haqida  gapirilganda,  kattaliklar  biror  to‘plam  obyektlarining  ayni  bir 

xossasini ifodalaydi. Turli jinsli kattaliklar obyektlarning turli xossalarini ifodalaydi. 

Masalan, uzunlik va yuza turli jinsli kattaliklardir. 

Uzunlik, yuza, massa va boshqa kattaliklar quyidagi xossalarga ega:  

1.  Har qanday bir jinsli ikki kattalik uchun teng, biri ikkinchisidan kichik yoki 

katta.  Aniqrog‘i,  bir  jinsli  kattaliklar  uchun  «teng»,  «kichik»  va  «katta» 

munosabatlari o'rinli hamda ixtiyoriy va faqat bittasi to‘g‘ri. 

Masalan,  to‘g‘ri  burchakli  uchburchak  gipotenuzasining  uzunligi  shu 

uchburchakning  istalgan  kateti  uzunligidan  katta,  10  kg  olmaning  massasi  15  kg 

tarvuz massasidan kam, to‘g‘ri to'rtburchakning qarama-qarshi tomonlari uzunliklari 

teng va hokazo. 

2. Bir jinsli kattaliklami qo‘shish mumkin, qo‘shish natijasida kattalik bir qiymatli 

aniqlanadi, u kattaliklarning yig‘indisi deyiladi. 

3. Kattalik haqiqiy songa ko‘paytiriladi, natijada o'sha jinsli kattalik hosil bo‘ladi. 

Har  qanday  kattalik  va  har  qanday  nomanfiy  haqiqiy  son  uchun  yagona  kattalik 

mavjud. 

4. Bir jinsli kattaliklar ayiriladi, bunda kattaliklar ayirmasi yig'indi orqali aniqlanadi. 




5.  Bir  jinsli  kattaliklar  bo‘linadi,  bunda  bo'linma  kattaliklarni  songa  ko‘paytmasi 

orqali aniqlanadi. 

Kattaliklarni  bevosita  taqqoslash  bilan  ulaming  tengligini  yoki  teng 

emasligini  aniqlash  mumkin.  Tekshirishda  aniqroq  natijaga  ega  bo‘lish  uchun, 

masalan, bir jism massasi ikkinchi jism massasidan qancha kattaligini bilish uchun 

kattaliklarni o‘lchash zamr.  O‘lchash berilgan kattalik bilan taqqoslashdan iborat. 

Taqqoslash  jarayoni  qaralayotgan  kattaliklarning  turiga  bog‘liq.  Uzunlik  uchun 

boshqa kattalik, yuza  uchun  undan  boshqa,  massa  uchun  yana  boshqa va hokazo. 

Ammo bu jarayon qanday bo‘lishidan qat'i nazar, o‘lchash natijasida kattalik tanlab 

olingan birlik bo'yicha ma’lum sonli qiymat qabul qiladi. 

Agar kattalik berilgan va kattalik birligi tanlab olingan bo‘lsa, u holda kattalikni 

o‘lchash natijasida shunday haqiqiy son topiladiki, uning uchun a = х∙e bo‘ladi. 

Bu sonni kattalikning kattalik birligidagi sonli qiymati deyiladi. 

Masalan, Uydan do’kongacha masofa 254

𝑚. Bu yerda kattalik uzunlik, uning birligi 

metr, 254 sonli qiymat, ya’ni

 𝑥 hisoblanadi. 

Har  qanday  kattalikning  biror  son  bilan  shu  kattalik  birligining  ko'paytmasi 

ko‘rinishida yozish mumkin. Masalan, kattalikni songa ko‘paytirish kattalikning bir 

birligidan boshqa birligiga o'tish jarayonini asoslash mumkin. Masalan, bitta sonli 

qiymat bilan to‘la aniqlanadigan kattaliklarga uzunlik, yuza, hajm va massa misol 

bo‘la oladi. 

Masalan, 

3 ∙ 4𝑠𝑚 = 12𝑠𝑚 = 1𝑑𝑚 2𝑠𝑚 

5 ∙ 550𝑘𝑔 = 2750𝑘𝑔 = 2𝑡 75𝑘𝑔 

Matematikada  skalar  kattaliklardan  tashqari  vektor  kattaliklar  ham  qaraladi. 

Vektor kattalikni ta'riflash uchun uning son qiymatinigina emas, yo‘nalishini ham 

ko‘rsatish zarur. Kuch, tezlanish, elektr maydonning kuchlanganligi va boshqalar 

vektor kattaliklardir. 

Biz faqat son qiymati musbat bo‘lgan kattaliklarni qarab chiqamiz. Kattaliklarni 

o‘lchash, ularni taqqoslashni sonlarni taqqoslashga, kattaliklar ustida bajariladigan 

amallarni sonlar ustida bajariladigan mos amallar bilan taqqoslanadi. 




1. Agar  a  va b  kattaliklar  e  kattalik  birligida  o'lchangan  bo‘lsa,  a  va  b  kattaliklar 

orasidagi munosabat ularning sonli qiymatlari orasidagi munosabat kabi bo’ladi va 

aksincha. Masalan, agar ikki jism massasi a = 5 kg, = 3 kg boisa, u holda ning 

massasi ning massasidan katta deyish mumkin, chunki 5 > 3. 

2.  Agar  a  va  b  kattaliklar  e  kattalik  birligida  o’lchangan  bo’lsa,  u  holda 

yigindining  sonli  qiymatini  topish  uchun  a  va  b  kattaliklarning  sonli  qiymatlarini 

qo'shish kifoya. 

Odamlar ilgaridan har xil kattaliklarni iloji boricha aniqroq o’lchash zarurligini 

tushunganlar. Aniq o’lchashlarning asosi bo’lib, kattaliklarning qulay va tushunarli 

birliklari  hamda  bu  birliklarning  aniq  tanlangan  birliklari  xizmat  qiladi.  O‘z 

navbatida  tanlangan  birliklarning  aniqligi  mamlakat  fan-texnika  va  sanoati 

rivojlanish darajasini aniqlaydi. 

Eng  qadimgi  davrda  uzunlik  birligi  kishi  tanasining  qismlari  bilan  o‘lchangan. 

Masalan,  bu  davrda  uzunlik  o'lchov  birligi  sifatida  kaft  (bosh  barmoqsiz  to'rtta 

barmoq  kengligi),  tirsak  (tirsak  uzunligi),  fut  (oyoq  tagi  kaftining  uzunligi)  va 

boshqalar ishlatilgan. 

Kattaliklar  birliklari  rivojlanishining  keyingi  davrida  bir-biri  bilan  o'zaro 

bog‘langan birliklar kiritildi. Masalan, Rossiyada uzunlik birligi milya, chaqirim, 

sarjin 1 chaqirimga teng, 7 chaqirim 1 milyaga teng. 

XIV—XVI  asrlarda  savdo-sotiqning  rivojlanishi  bilan  kattalikni  o'lchashning 

obyektiv  birliklari  vujudga  kela  boshladi.  Massa  birligi  sifatida  gramm  (boshoq 

massasi)  ishlatilgan.  Biroq  kattaliklar  birliklari  orasidagi  bog'lanish  ixtiyoriy 

bo‘lgan.  Nafaqat  mamlakatlar,  balki  bitta  mamlakat  ichidagi  turli  sohalar  ham 

o‘zining uzunlik, yuza, massa birliklariga ega bo'lgan. Ayniqsa, Fransiyada kattalik 

birliklari turlicha bo'lgan, u yerda har bir feodal o‘z hukmronlik doirasida o'zining 

o‘lchovlariga  ega  bo‘lgan.  XVIII  asr  oxirida,  buyuk  fransuz  inqilobi  davrida 

Fransiyada  birliklarning  yangi  sistemasi  —  Xalqaro  sistema  vujudga  keldi.  Bu 

sistemada uzunlikning asosiy birligi qilib metr — Parijdan o‘tadigan Yer meridiani 

uzunligining  40  milliondan  bir  qismi  qabul  qilindi.  Metrdan  tashqari  ar  — 

tomonining  uzunligi  10 

𝑚  ga  teng  bo‘lgan  kvadratning  yuzi;  litr  —  qirrasining 



uzunligi  0,1 

𝑚  bo'lgan  kub  hajmiga  teng  suyuqlik  va  sachrovchi  jismlar  hajmi; 

gramm — bu qirrasining uzunligi 0,01 

𝑚 bo‘lgan kub ichidagi toza suv massasi kabi 

birliklar o‘rnatildi. Shuningdek, old qo‘shimcha yordamida hosil bo‘ladigan o‘nli 

karrali va ulushli birliklar: milya (

10

−1

), kilo (



10

3

), gekto (



10

2

), deka (



10

1

), detsi 



(

10

−1



), santi (

10

−2



), milli (

10

−3



)lar kiritildi. 

Massa  birligi  kilogramm  40°C  haroratdagi  1 

𝑑𝑚

3

  suvning  massasi  sifatida 



aniqlangan. 

Kattalikning hamma birliklari uzunlik birligi metr bilan yaqindan bog‘langani 

uchun kattaliklarning yangi sistemasi o'lchovlarning metrik sistemasi nomini oldi. 

Tarixda  birinchi  marta  tabiatdan  olingan  va  o‘nli  sanoq  sistemasi  bilan  uzviy 

bog‘langan namunaga asoslanib yaratilgan izchil sistema tashkil qilingan o'lchovlar 

paydo bo‘ldi. Ammo tez orada bu sistemaga o‘zgartirishlar kiritishga to‘g‘ri keldi. 

Bunga  meridian  uzunligining  yetarlicha  aniq  hisoblanmaganligi  sabab  bo‘ladi, 

undan tashqari, fan va texnikaning rivojlanishiga qarab, bu kattalikning qiymatiga 

aniqliklar  kiritilishi  sabab  bo‘ldi.  Shuning  uchun  tabiatdan  olingan  uzunlik 

birligidan voz kechishga to‘g‘ri keladi. 

Rossiyada  o‘lchovlarning  metrik  sistemasi  1899-  yildan  boshlab  loyihasi 

mashhur rus olimi D. I. Mendeleyev tomonidan ishlab chiqilgan maxsus qonun bilan 

bir vaqtda qo’llanila boshlandi. 

1921- yilda kattaliklaming birlik sistemasini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlikni 

mustahkamlash maqsadida o‘lchov va og‘irliklaming xalqaro birliklari qabul qilindi. 

XX asrda fan va sanoatning gurkirab rivojlanishi shunga olib keldiki, 50- yillarga 

kelib o'lchovning metrik sistemasini to‘ldiruvchi va rivojlantiruvchi turli xil birliklar 

sistemasi vujudga keldi. Kattaliklarning yagona sistemasini barpo qilish muammosi 

tug‘ildi.  Bu  muammoni  hal  qilishda  o‘lchov  va  og‘irliklarning  xalqaro  qo‘mitasi 

katta  ish  olib  bordi. 1960-yilda  o‘lchov  va  og‘irliklaming  XI  bosh  konferensiyasi 

Xalqaro birliklar sistema (SI) ni kiritishi bilan bu muammoni hal qildi. 

Birliklaming Xalqaro sistemasi (SI) fan, texnika, xalq xo‘jaligi va ta’lim berishning 

hamma  sohasi  uchun  yagona  amaliy  birliklar  sistemasidir.  Butun  dunyo  uchun 



yagona hisoblangan bunday sistemaga bo‘lgan talab yuqori bo‘lgani uchun u qisqa 

vaqt ichida keng xalq ommasi orasida tan olindi va butun dunyoga tarqaldi. 

Bu sistemada yettita asosiy birlik (metr, kilogramm, sekund, amper, kelvin, mol va 

kandela) va 2 ta qo‘shimcha birlik (radian va steradian) bor.  

Ma'lumki,  uzunlik  birligi  metr  va  massa  birligi  kilogramm  o‘lchovlarining 

metrik sistemasiga ham kirgan. 

Metr  elektromagnit  to‘lqinining  vakuumda  (havosiz  bo‘shliqda)  sekund 

o‘tgan  yo‘li  sifatida  qaraladi.  Metrning  bunday  ta'riflanishiga  o‘lchashlarning 

aniqligiga bo’lgan talabning ortganligi, shuningdek, tabiatda mavjud bo'lgan va har 

qanday  sharoitda  ham  o‘zgarishsiz  qoladigan  kattalik  birligiga  ega  bo‘lishiga 

intilishi sabab bo‘ldi. 

Massa  birligi  —  kilogrammning  ta'rifi  o'zgarmadi,  kilogramm  1889-  yilda 

platina va iridiy aralashmasidan tayyorlangan silindr massasi. 

Xalqaro  sistemaning  uchinchi  asosiy  birligi  vaqt  birligi  —  sekunddir.  U  metrga 

qaraganda ancha ilgari kelib chiqqan. 

1960- yilgacha sekundni quyosh sutkasining qismiga teng deb olingan, ya'ni sekund 

Yerning  o‘z  o‘qi  atrofida  aylanishi  bo‘yicha  ta'riflangan.  Bu  narsa  vaqtning  turli 

birliklari orasidagi odatdagi munosabatlarni saqlash maqsadida qilingan edi. Bunday 

ta’riflashda bir sutkada 86400 sekund bo‘ladi, bu 1440 minut yoki 24 soatni tashkil 

qiladi. 


1960- yilda o'ichov va og‘irliklaming bosh konferensiyasi Yerning quyosh atrofida 

orbita  bo'ylab  harakatiga  asoslanib,  vaqtning  birligiga  o‘tish  haqida  qaror  qabul 

qildi.  Sekund  yilning  qismi  sifatida  olindi.  Bunda  o‘rtacha  quyosh  kunlarining 

o‘zgaruvchan  ekanligi  hisobga  olindi  va  uning  aniqligi  orttirildi.  Ammo  bu  ham 

olimlarni qanoatlantirmadi. 1967-yilda sekundni quyidagicha ta’riflashdi : «Sekund 

seziy  133  atomi  asosiy  holatining  ikki  o‘ta  nozik  sathlari  orasidagi  o‘tishga  mos 

bo‘lgan nurlanish davridan 9192631770 marta katta vaqtga teng». 

Umuman,  fan  va  texnikaning  rivojlanishi  muntazam  ravishda  kattaliklar 

birliklarining ta’rifiga tuzatishlar kiritib turadi. 



Amalda hamma uzunliklarni metr bilan, massalarni kilogramm bilan, vaqtni 

sekund bilan o‘lchash noqulay. Shuning uchun asosiy birliklardan ularga karrali va 

ulushli  bo'lgan  yangi  birliklar  hosil  qilinadi. Birliklar  asosiy  birliklardan 10, 

10

2



10

3



10

6



10

9



10

12



10

15



10

18



  marta  katta, ulushli birliklar asosiy  birliklaming 

10

−1



10

−2



10

−3



10

−6



10

−9



10

−12



10

−15



10

−18



qismiga  teng.  Birlildaming 

yangi nomlari «metr», «gramm», «sekund»lardan va old qo‘shimchalanni qo'shish 

yordamida  hosil  qilinadi:  Masalan,  kilometr  karrali  birlik, 

1 𝑘𝑚  =   10

3

𝑚, 1𝑡  =


 1000 𝑘𝑔; millimetr ulushli birlik, 1 𝑚𝑚  =   10

−3

𝑚  =  0,001 𝑚.  



Umuman, uzunlik uchun karrali birlik — kilometr (km), ulushli birliklar — 

santimetr  (sm),  millimetr  (mm),  mikrometr(mkm),  nanometr  (nm);  massa  uchun 

karrali birlik — megagramm (mg), ulushli birliklar — gramm (g), milligramm (mg), 

mikrogramm (mkg); vaqt uchun karrali birlik — kilosekund (ks), ulushli bir- liklar 

— miliisekund (ms), mikrosekund (mks), nanosekund (ns). 

Uzunlik, massa va vaqt orqali aniqlanadigan kattaliklar hosilaviy kattaliklar 

deyiladi. 

Ba’zi bir hosilaviy kattaliklarni va ularning birliklarini qarab o‘tamiz. 

1. Yuzaning birliklari kvadrat metr (

𝑚

2



), kvadrat kilometr (

𝑘𝑚

2



), kvadrat detsimetr 

(

𝑑𝑚



2

). 


2. Hajm birliklari kub metr (

𝑚

3



), kub detsimetr (

𝑑𝑚

3



), litr (/), gektolitr (gl), millilitr 

(ml). 


3.  Tezlik  birliklari  sekundiga  metr  (m/s),  soatiga  kilometr  (km/soat),  sekundiga 

santimetr (sm/s). 

Mamlakatimizda  qo'llanadigan  kattaliklar  birliklari,  ular  nomlari,  belgilanishi  va 

qo'llanish  qoidalari  birliklaming  Xalqaro  sistemasi  (SI)  tomonidan  tayinlanadi. 

Xususan, massa uchun tonna (t) birligini; vaqt uchun minut (min), soat, sutka, hafta, 

oy,  yil,  asr;  yuza  uchun  gektar  (ga),  temperatura  uchun  Selsiy  gradusi  (°C) 

birliklarini qo'llashga ruxsat berilgan.  

 

JISMNING MASSASI VA VAQTNI O'LCHASH 




 

 

Massa asosiy fizik kattaliklardan biridir. Jismning  massasi tushunchasi og'irlik 



kuch tushunchasi bilan chambarchas bog‘langan. Bu kuch bilan jism yerga tortiladi. 

Shuning uchun jismning og'irligi jismning o‘zigagina bog‘liq emas. Masalan, qutbda 

jism  ekvatordagiga  qaraganda  0,5%  og‘ir.  Biroq  o'zining  bunday 

o‘zgaruvchanIigiga  qaramay  har  qanday  sharoitda  ham  ikki  jism  og‘irligining 

nisbati  bir  xildir.  Jismning  og‘irligini  boshqa  jism  og‘irligi  bilan  taqqoslab 

o’lchashda jismning yangi xossasi kelib chiqadi, bu xossa massa deb ataladi. 

Faraz qilaylik, richagli tarozining bir pallasiga birort 

𝑎 jism, ikkinchi pallasiga 

jism qo‘yilgan bo’lsin. Bunda quyidagi hollar bo’lishi mumkin: 

1)  tarozining  ikkinchi  pallasi  baravar  bo’lib  qoladi,  bu  holda  tarozilar  muvo- 

zanatda, va jismlar bir xil massaga ega deyiladi;  

2)  tarozining  ikkinchi  pallasi  birinchi  pallasidan  balandligicha  qoladi;  bu  holda  

jismning massasi jismning massasidan katta deyiladi

3)  tarozining  ikkinchi  pallasi  tushdi,  birinchi  pallasi  ko‘tarildi  va  ikkinchisidan 

baland bo’ldi; bu holda ajismning massasi jismning massasidan kichik deyiladi. 

Shuni  eslatamizki,  agar  jism  ekvatorda  richagli  tarozida  o’lchansa,  keyin  jism  va 

tarozi toshlari qutbga olib borib o’lchansa, o‘sha natijani beradi, chunki jism ham, 

tarozi toshlari ham o‘z ogirligini bir xil o'zgartiradi. Shunday qilib, jismning massasi 

o'zgarmaydi, u qayerda bo’lmasin, uning massasi doim bir xil boiadi. 

Massa musbat kattaiik bo’lib, quyidagi xossalarga ega: 

1) tarozida bir-birini muvozanatlovchi jismlarning massasi bir xil; 

2) jismlar bir-birlari bilan birlashtirilsa, massalari qo'shiladi. Birgalikda olingan bir 

nechta jismning massasi ular massalarining yig'indisiga teng. 

Agar massaga berilgan ta'rifni uzunlik va yuza uchun berilgan ta'riflar bilan 

taqqoslasak, massa, uzunlik va yuza ega bo‘lgan xossalarga ega bo'lishini ko'ramiz. 

Massalar  tarozilar  yordamida  bunday  o'lchanadi:  massasi  birlik  sifatida  qabul 

qilinadigan jism tanlab olinadi. Bu massaning ulushlarini ham olish mumkin, deb 

faraz qilinadi. Masalan, agar massa birligi uchun kilogramm olinsa, u holda o‘lchash 




jarayonida  uning  ulushidan,  masalan,  grammdan  (g)  foydalanish  mumkin: 

1 𝑔  =


 10

−3

𝑘𝑔. 



Tarozining bir pallasiga  massasi o‘lchanayotgan jism qo‘yiladi, ikkinchi pallasiga 

massa birligi qilib olingan jismlar, ya’ni tarozi toshlari qo‘yiladi. Bu toshlar tarozi 

pallalari  muvozanatga  kelguncha  qo'yiladi.  O‘lchash  natijasida  berilgan  jismning 

massasini  qabul  qilingan  birligidagi  son  qiymati  hosil  qilinadi.  Masalan,  agar 

jismning massasi 5 kg 350 g bo‘lsa, 5350 sonini berilgan jism massasining taqribiy 

qiymati deb qarash kerak (massa birligi gramm bo'lganda). 

Uzunlik uchun ifodalangan hamma da’volar massaning son qiymatlari uchun 

ham o'rinli, ya’ni massalarni taqqoslash, ular ustida amallar bajarish massalarning 

son  qiymatlarini  taqqos-  lashga  va  ular  ustida  amallar  bajarishga  keltiriladi 

(massaning bir xil birligida).  

Massaning  asosiy  birligi  —  kilogramm.  Bu  asosiy  birlikdan  massaning 

boshqa birliklari: gramm, tonna va boshqalar hosil bo'ladi.  

Kishilar  vaqtni  o'lchashda,  oy,  quyosh  va  yulduzlardan  foydalanganlar. 

Qadimda kishilar yilni kecha va kunduzni almashish davri deb bilganlar. Vaqtning 

birinchi o’lchov birligi — yil va sutka paydo boigan. 

Vaqt  tushunchasi  uzunlik  va  massa  tushunchalariga  nisbatan  ancha  murakkabdir. 

Kundalik hayotda vaqt bir voqeani ikkinchi voqeadan ajratib turadi. Matematika va 

fizikadan  vaqt  skalar  kattalik  (miqdor)  sifatida  qaraladi,  chunki  vaqt  oraliqlari 

uzunlik, yuza, massalar xossalariga o‘xshash xossalarga ega. 

Vaqt oraliqlarini taqqoslash mumkin. Masalan, bir xil yo‘lga piyoda velosipedchiga 

qaraganda ko‘proq vaqt sarflaydi. 

Vaqt  oraliqlarini  qo‘shish  mumkin.  Masalan,  pedagogika  institutida  bitta 

ma’ruza o‘qish uchun ketgan vaqt maktabdagi ikki darsga ketgan vaqtga teng.  

 

Vaqt oraliqlarini ayirish va musbat haqiqiy songa ko‘paytirish mumkin. 



Vaqt  oraliqlari  o’lchanadi.  Ammo  vaqtni  o'lchash  jarayoni  uzunlikni 

o'lchashdan farq qiladi. Uzunlikni o'lchash uchun chizg'ichni bir nuqtadan ikkinchi 

nuqtaga  surish  bilan  undan  bir  necha  marta  foydalanish  mumkin.  Birlik  sifatida 



qabul qilingan vaqt oralig'idan bir martagina foydalanish mumkin. Shuning uchun 

vaqt  birligi  muntazam  ravishda  takrorlanuvchi  jarayon  bo’lishi.  kerak.  Xalqaro 

sistemada  bunday  birlik  qilib  sekund  olingan.  Sekund  bilan  bir  qatorda,  vaqtning 

boshqa biriiklari: minut, soat, sutka, yil, hafta, oy va asr qo’llaniladi. Yil va sutka 

birliklari tabiatdan  olingan, soat, minut, sekund birliklarini kishilar o'ylab topgan. 


Yüklə 270,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin