Kelib chiqishi bir va tillari oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining



Yüklə 93,74 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix25.11.2023
ölçüsü93,74 Kb.
#134276
Slavyanlar — УзЭнц



УзЭнц
Slavyanlar
Slavyanlar
— kelib chiqishi bir va tillari
oʻzaro yaqin boʻlgan Yevropa xalqlarining
eng yirik guruhi.
Uning tarkibiga:
sharqiy slavyanlar (ruslr, ukrainlar,
beloruslar);
gʻarbiy slavyanlar (polyaklar, chexlar,
slovaklar, lujichanlar);
janubiy slavyanlar (bolgarlar, serblar,
xorvatlar, slovenlar, makedonlar,


bosniyaliklar, chernogoriyaliklar) kiradi.
Umumiy soni 293,5 mln. kishi (1990-yillar
oʻrtalari), shu jumladan, Rossiya
Federatsiyasida 125,5 million kishi
slavyan tillarida soʻzlashadi.
Dindorlari — pravoslavlar, katoliklar, bir
qismi protestantlar. Slavyanlar haqida
qadimiy maʼlumotlarga koʻra, ular milodiy
1—2-asrlarda venedlar nomi bilan maʼlum
boʻlgan. 6-asr oʻrtalarida Prokopiy, Iordan
va boshqalarning asarlarida uchraydi.
Slavyanlarning ajdodlari — slavyan
qabilalari hind-yevropa tillari oilasiga
mansub tillarda soʻzlashgan. Ular
bodrich, lyutich, polyan, severyan, krivich,


ulich, duleb, tiver, xorvat, radimich,
dregovich, vyatich va boshqa
qabilalardan iborat. Mildiy 2—4-asrlarda
german qabilalari (gotlar, gepidlar)ning
janubga siljishi oqibatida slavyanlar
yashagan hudud 2 qismga boʻlinib
ketgan. Bu voqea slavyanlarni sharqiy va
gʻarbiy guruhlarga boʻlinishida katta rol
oʻynagan. 5-asr oxirida gunnlarning
kuchsizlanishi oqibatida slavyanlar
janubga siljiy boshlagan. Ular Dunay
daryosi, Qora dengizning gʻarbiy sohillari,
Vizantiyaning Bolqon yarim oorlidagi
viloyatlariga kirib borgan. Shu tariqa
slavyanlarning janubiy guruhi vujudga
kelgan. Janubiy slavyanlarda ilk davlat —
Birinchi bulgʻor podsholigi, gʻarbiy


slavyanlarda Samo davlati, keyinchalik
Buyuk Moraviya saltanati tashkil topgan.
10-asrda Odra va Visla oʻrtasida Polsha,
9—10-asrning 1-yarmida markazi Kiyev
shahri boʻlgan Kiyev Rusi davlati vujudga
kelgan. Davlatlarning paydo boʻlishi
slavyan xalqlarining shakllanishiga imkon
bergan.
Slavyan xalqlarining oʻz milliy davlatidan
mahrum boʻlishi (janubiy va gʻarbiy
slavyanlarning katta qismi Avstriya,
keyinroq Avstriya-Vengriya va Usmonli
turk imperiyasiga qoʻshib olingan), milliy
taraqqiyotidagi qiyinchiliklar, ogʻir
iqtisodiy ahvol 19-asrning oxiri — 20-
asrning boshida ularning Yevropa


mamlakatlari, AQSH va Kanadaga
koʻchishiga sabab boʻlgan. Janubiy va
gʻarbiy slavyanlar oʻrtasidagi milliy
harakat, Rossiya-Turkiya urushi, Birinchi
Bolqon urushi (1912)dagi Avstriya-
Vengriyaning magʻlubiyati natijasida
slavyanlarning etnik hududlari qaytadan
birlashtirilgan.
Slavyanlar dehqonchilik, chorvachilik,
ovchilik va baliq ovlash bilan
shugʻullanadi.


Узнать больше Ушбу
мақолани ёзишда
Ўзбекистон миллий
энциклопедияси (2000-
2005) маълумотларидан
фойдаланилган.
Ушбу мақола чаладир. Сиз уни
таҳрирлаб (https://enc.for.uz/w/index.
php?title=Slavyanlar&action=edit) ,
Энциклопедияга ўз хиссангизни
қўшишингиз мумкин.
Бу шаблонни аниқроғига алмаштириш
керак.


УзЭнц
Содержание доступно по лицензии Creative
Commons Attribution-ShareAlike 4.0
International (CC BY-SA 4.0) (если не указано
иное).
Источник — https://enc.for.uz/w/index.php?
title=Slavyanlar&oldid=13977

Yüklə 93,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin