Kelishildi” “Тasdiqlayman” O’rta chirchiq mtb mudiri



Yüklə 161,4 Kb.
səhifə1/6
tarix19.11.2022
ölçüsü161,4 Kb.
#119704
  1   2   3   4   5   6
12 DMTT yillik ish reja 2022-2023 (2)


Kelishildi” “Тasdiqlayman”


O’RTA CHIRCHIQ MTB mudiri
_______________________ 2022 yil “ ” Аvgust 1-sonli
_____________________ Pedagogik kengash yig’ilishida tasdiqlandi
2022 YIL “ ” Avgust Кengash raisi:
------------------------

TOSHKENT VILOYATI O’RTA CHIRCHIQ
TUMAN MAKTABGACHA TA'LIM BO'LIMI TASARRUFIDAGI 12-SON DAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTINING
2022-2023 O'QUVYILI UCHUN
YILLIK ISH REJASI

2022-2023 O’QUV YILI




















12-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti haqida umumiy
M A ‘ L U M O T:

1. Tashkilotning nomi: 12-sonli Davlat MTT
2. DMTT 1968-yil tashkil topgan
3. Quvvati : 120 o'rin
4. Manzili: O'rta Chirchiq tumani
Turkiston” MFY
5. Tel raqami: +99877001187
6. Tashkilot turi: umumiy
7. Tashkilot 4 ta guruxdan iborat
8. Bank xisob raqami:
9. Ish tartibi: 10.5 soat
10. Bank nomi: Aloqabank
12. Guvoxnoma raqami
13. Bank rekvizitorlari OKONX: MFO:

-2-
I bo’lim.


Toshkent viloyati O’rta Chirchiq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi
12 - sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining 2021 – 2022 o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan
H I S O B O T I

Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 2021- 2022 o'quv yilida o‘quv yili yakunlari


O’rta Chirchiq tumani 12-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti O'zbekiston
Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonuni , O’zbekiston Respubliksining ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasida davlat talablari amalga oshirildi.
”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi amalda qo‘llanildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi PQ- 2707-son «2017 -2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori ijrosini ta'minlashda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
“Ilk qadam” o‘quv dasturi xamda tashkilotning ustavida belgilangan vazifalar asosida ish olib borildi va buyruqlariga binoan o‘quv yilida ta'lim tashkilotining tarbiya samaradorligini oshirish, moddiy negizini yaxshilash, tarbiyalanuvchilarning ovqatlantirishi, salomatligini muxofaza qilish kabi masalalarda ijobiy natijalarga erishdi. Barcha guruhlarda rivojlantiruvchi markazlar, ma'naviyat burchaklari yangilanib, zamon talabiga javob beradigan darajaga keltirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ 2707-sonli qarori ijrosini ta'minlash bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash ishlarini izchil davom ettirish maqsadida DMTTning xar bir guruxida kichik kutubxonalar tashkil qilindi. Tashkilotda 10 nafar pedagog bo’lib 7 nafari o’rta maxsus ma'lumotli , 2 nafar oliy ma’lumotli. Bulardan 1 nafar direktor oliy, 1 nafar jismoniy tarbiya yo’riqchisi oliy, 7 nafari tarbiyachi o’rta maxsus.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida 2021-2022 o'quv yilining asosiy vazifalariga tayangan holda yil davomida 4 ta pedagogik kengash rejalashtirilib, barcha pedagogik kengashlar reja asosida olib borildi. Pedagogik kengashlar davomiyligida talaygina muammolar o'z yechimini topdi va bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar ijrosi belgilandi. Pedagogik kengash o'quv yili davomida har chorakda bir marta o'tkazildi.
-3-
Pedagogik kengashda Davlat talablarini bajarish hamda “Ilk qadam” tayanch dasturini amaliyotga tadbiq etish bilan bir qatorda “Ta'lim to'g'risida”gi Qonun “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” “O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim Kontseptsiyasi”ga oid materiallar to'planib maktabgacha ta'lim muassasalari hayotiga tadbiq etildi.
“Ilk qadam ” tayanch dasturini pedagogik kengashda, nazariy seminarlarda o'rganib
borildi. Maktabgacha ta'lim tashkilot direktori pedagogik kengashda pedagogik jamoaga trening, klaster usulida yetkazishga muvofiq bo'ldi. O‘tkazilgan barcha pedagogik kengashda kerakli qarorlar qabul qilinib, kamchiliklar o'z vaqtida bartaraf etildi, erishilgan yutuqlar rag'batlantirildi
Me'yoriy hujjatlar:
Mahalla va maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligi;
Maktab va maktabgacha ta'lim tashkiloti hamkorligi;
Ma'naviyat va ma'rifat buyicha yigma jildlar;
Ota-onalar bilan ishlash rejasi:
“Ustoz-shogird” maktabning ish rejasi bilan pedagogik jamoa tanishtirildi.
DMTTda 2021-2022 o'quv yilida guruhlarda barcha ta'lim-tarbiyaviy ishlar, ijodiy muhit uchun shart-sharoitlar ta'minlandi. Pedagog xodimlarning barcha ish hujjatlari, hamshira va xo’jalik ishlari buyicha mudirning ishlari nazoratdan o'tkazildi. Ushbu nazorat o'z hisobimizni yanada e'zozlab ishlash uchun ko'rsatma bo'ldi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida umumiy ishlab chiqarish yig'ilishi yilda 2 marta o'tkazildi. 2021-yil sentyabr` va 2022-yil may oylarida maktabgacha ta'lim tashkilotining umumiy ishlab chiqarish yig'ilishlarida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
-Yillik ish reja bilan tanishtirish;
-Xodimlarning lavozim vazifalari;
- Ichki mehnat tartibi qoidalari hamda jamoa shartnomasi;
-“Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi Nizom asosida tashkil etish bo'yicha ishlar amalga oshirildi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida ma'naviy-ma'rifiy yo'nalishida qator tadbirlar
amalga oshirildi.
Avgust oyida “Mustaqilligimizni 30 yilligi ”, oktyabr` oyida “Ustoz va murabbiylar ” kuni , “Ona tilim-jonu dilim”, noyabr` oyida “Mehrjon” bayrami va O’zbekiston Respublikasining bayrog‘i qabul qilingan kuni, dekabr` oyida “8 dekabr` Konstitutsiya kuni”, “Yangi yil bayrami”, 14 yanvar vatan ximoyachilar kuni, fevral` oyida “Navoiyga extirom” va “Bobur ruboilarini yod olamiz”,mart oyida “Zulfiya bitiklari

-4-
bolajonlar qalbida”, 8-mart xotin-qizlar bayrami,Assalom Navro‘z bayrami,may oyida


9 may xotira va qadrlash kuni,bitiruvchi tarbiyalanuvchilarni maktabga kuzatish bayramlari tantanali ravishda tashkil etildi.
Tashkilotda ochiq faoliyatlar, amaliy va nazariy seminarlar, pedagogik jarayonni jamoa bulib kuzatish, ko‘rik tanlovlar va tadbirlar, ijodiy ko‘rik tanlovlar, sport bayramlari va musobaqalari yillik ish reja asosida rejalashtirilgan tartibda o‘tkazildi.
Maktab bilan hamkorlikdagi ishlar yillik ish reja asosida olib borildi.
DMTTning moddiy-texnika bazasi ahvoli qoniqarli. Guruxlardagi mebellar, yumshoq jixozlar bolalar soniga yetarli.
DMTT kuzatuv kengashi raisi va a'zolarini DMTT faoliyatida faol qatnashishini va
ta'lim jarayonini kuzatishga ,talab va takliflarinini inobatga olgan xolda kuzatuv
kengashi o‘tkazib borildi.
“COVID-19 pandemiyasi va boshqa yuqumli kasalliklarni oldini olishga qaratilgan madaniy-gigienik ko'nikmalarni rivojlantirish uchun ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari–pedagoglar, maktabgacha ta'lim tashkilot direktori, tibbiyot xodimi va ota-onalarning hamkorlik ishlari muntazam olib borildi.

-5-


Yüklə 161,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin