III. To‘garaklar va amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirish bo‘yicha tadbirlar
“Vatan tayanchi” otryadlarda sportga bo‘lgan qiziqish va intilishlarni oshirish, o‘smirlar orasida bo‘lajak sportchilar va chempionlarni yetishtirish maqsadida mahallalar, tuman va viloyatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan sport klublari, sport to‘garaklariga otryad a’zolarini jalb qilish bo‘yicha kelishuvlar va hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.
“Vatan tayanchi” otryadlari joriy etilgan umumta’lim maktablarining joylashuvi, aholi yashash punktlarining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha to‘garakalarni tashkil etish:
- futbol;
- voleybol;
- tennis;
- shaxmat;
- regbi;
- vorkaut;
- kurash;
- boks;
- sharq yakka kurashlari;
- merganlik;
- parashyut sporti;
- velosport;
- chavandozlik;
- alpinizm;
-suzish va h.k.
1. Mahalla, tuman va viloyat xududlaridagi sport marakazlari, to‘garaklar ro‘yxatini shakllantirish.
2. Viloyat (tuman)gi jismoniy tarbiya va sport boshqarma (bo‘lim)lari bilan hamkorlikda otryad a’zolari bilan to‘garaklarni tashkillashtirish va to‘garaklarga a’zo qilish bo‘yicha kelishuvlarni ishlab chiqish.
3. “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarini har birini o‘zi qiziqqan sport turi bo‘yicha to‘garaklarga a’zo qilish.
4. Umumta’lim maktablarida otryad a’zolari bilan tashkil etiladigan sport turlari bo‘yicha to‘garaklar jadvalini ishlab chiqish.
5. Otryadlar bilan to‘garaklarni sifatli tashkillashtirish.
2022- yil
30- avgust
2022- yil
10- sentyabr
2022- yil
15- sentyabr
2022- yil
10- sentyabr
2022- yil
15- sentyabr
“Vatan tayanchi” harakatining viloyat bo‘limlari va tuman bo‘linmalari,
Viloyat (tuman) jismoniy tarbiya va sport boshqarma (bo‘limlari),
otryad rahbarlari,
mahalla yoshlar yetakchilari
O‘quvchi yoshlarga har tomonlama ta’lim-tarbiya berish maqsadida umumta’lim maktablarda amaliy va texnik yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish. Jumladan,
a) amaliy yo‘nalishda: - tasviriy san’at;
- yosh fotograf;
- yosh jurnalist;
- yosh tasvirchi;
- duradgorlik;
- naqqoshlik;
- chevarchilik;
- musiqa (xonanda va sozandachilik);
- kulolchilik;
- temirchilik;
- zargarlik va boshqalar.
b) texnik yo‘nalishda: - Boshlang‘ich texnik modellashtirish;
- Yosh arxitektor;
- Avtomodel;
- Aviamodel;
- Raketamodel;
- Kemasozlik;
- Elektrotexnika;
- Robotatexnika va elektron o‘yinchoqlar;
- Kompyuter dizayni va grafikasi;
- Fotodizayn va boshqalar.
1. Mahalliy imkoniyatlarni o‘rganib chiqish va umumta’lim maktablarida to‘garaklarni tashkil etish uchun to‘garak rahbarlari (instruktorlar)larni hisobini ishlab chiqish.
2. Umumta’lim maktablarida to‘garaklarni tashkil etish reja-jadvallarini ishlab chiqishda ishtirok etish.
3. To‘garaklarga “Vatan tayanchi” otryadlaridagi o‘quvchi yoshlarni a’zo bo‘lishini tashkillashtirish va qat’iy nazorat o‘rnatish.
2022- yil
30- avgust
2022- yil
30- avgust
Muntazam ravishda
“Vatan tayanchi” harakatining viloyat bo‘limlari va tuman bo‘linmalari,
MK “Vatanparvar” tashkilotining viloyat va tuman kengashlari, Xalq talimi viloyat boshqarmalari
(tuman bo‘limlari),
jismoniy tarbiya va sport boshqarma (bo‘limlari),
otryad rahbarlari,
mahalla yoshlar yetakchilari
O‘quvchi yoshlarni harbiy sohaga qiziqishlarini va milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish ishtiyoqini oshirish, shuningdek, ularda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida umumta’lim maktablari va harbiy okrug (garnizonlar) bilan hamkorlikda quyidagi yo‘nalishlarda to‘garaklarni tashkillashtirish:
- geografiya (topografiya);
- merganlik;
- tabiiy sharoitlardan foydalanib yashab qolish mahorati;
- qo‘l jangi;
- uzoq masofaga yugurish;
- harbiy tog‘ tayyorgarligi va boshqalar.
1. Viloyat (tuman)gi jismoniy tarbiya va sport boshqarma (bo‘lim)lari bilan hamkorlikda otryad a’zolari bilan to‘garaklarni tashkillashtirish va to‘garaklarga a’zo qilish bo‘yicha kelishuvlarni ishlab chiqish.
2. “Vatan tayanchi” otryadlari a’zolarini har birini o‘zi qiziqqan sport turi bo‘yicha to‘garaklarga a’zo qilish.
4. Umumta’lim maktablarida otryad a’zolari bilan tashkil etiladigan sport turlari bo‘yicha to‘garaklar jadvali bo‘yicha ish olib borish.
“Vatan tayanchi” harakatining viloyat bo‘limlari va tuman bo‘linmalari,
MK “Vatanparvar” tashkilotining viloyat va tuman kengashlari, Xalq talimi viloyat boshqarmalari
(tuman bo‘limlari),
jismoniy tarbiya va sport boshqarma (bo‘limlari),
otryad rahbarlari,
mahalla yoshlar yetakchilari
Izoh:
1. “Vatan tayanchi” otryadlari joylarda Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘isidagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va 2022- yil 21- yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlangan “Milliy armiyamiz yoshlar nigohida” shiori ostida mahallalarda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar YO‘L XARITASIdanazarda tutilgan barcha tadbirlarda asosiy targ‘ibotchi va tashabbuskor sifatida ishtirok etadilar.n
2. Ushbu yo‘l xaritasida belgilangan tadbirlar har bir viloyat (tuman)ning o‘ziga xosligi, joylarda tasdiqlangan reja-jadvallar va imkoniyatlarni inobatga olgan holda hamda mahalliy davlat idoralari, xalq ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligining xududiy boshqarma va bo‘limlari, MK “Vatanparvar” tashkiloti, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining xududiy kengashlari hamda tegishliligi bo‘yicha boshqa davlat va jamoat tashkilotlari bilan muvofiqlashtirilgan holda tashkillashtiriladi.
“VATAN TAYANCHI” BOLALAR VA O‘SMIRLAR