MAVZU: KOMPYUTER
VIRUSLARI VA UNING TURLARI.
Keng ommalashgan dastlabki shaxsiy kompyuter
Apple II 1977 yil 20 aprelda konveyerdan chiqarildi.
Narxining arzonligi, qulay ishlashi uning keng tarqalishiga olib keldi. Sobiq Sovet ittifoqida chiqarilgan nushalarni hisobga olmaganda, 3 milliondan ortiq shu versiyadagi kompyuterlar sotildi. Ayni vaqtda kompyuterda turli millat va turli kasb egalari ishlash imkoniga ega bo`lishdi. Xuddi shu paytda ilk zamonaviy kompyuter viruslari chiqa boshladi. Buning asosiy sababi ular rivojlanishining ikki muhim sharti bajarilganligida - yashash miqyosining kengayganligi va ko`payish vositalari paydo bo`lganligida edi.
Kompyuter viruslari haqidagi ilk ma'lumot shaxsiy kompyuterlar paydo bo`lishidan ancha oldin, ya'ni 1959 yilda amerikalik olim L.S.Penrouzning o`z-o`zini ko`paytiradigan mexanik strukturalarga bag'ishlangan maqolasida uchraydi. Maqolada ikki o`lchamli struktura haqida fikr yuritilib, u faollashish, ko`payish, mutasiyalanish, egallab olishga qodir bo`lgan. Tez orada AQSH da bu strukturani F. G. Stal IBM 650 kompyuterining mashina kodlarida amalga oshirdi.
KOMPYUTER VIRUSLARI -
FOYDALANUVCHINING IXTIYORISIZ KOMPYUTERGA KIRIB, U YERDA KO`ZDA TUTILMAGAN HAR XIL O`ZGARTIRISHLAR QILUVCHI VA O`Z-O`ZINI
KO`PAYTIRUVCHI DASTURDIR.
⯈ Kompyuter viruslari zararli kodlar deb nomlanuvchi katta dastur
sinflarining bir ko`rinishi bo`lsa-da, lekin ularni bir xil deb bo`lmaydi. "Chuvalchanglar" va "Troya otlari" zararli kodlar turkumiga kiradi. Ular kompyuterda ko`paya olmasligi jiqatidan viruslardan farq qiladi.
⯈ "Chuvalchang" dasturi kompyuter tarmoqlari orqali tarqaladi va kompyuterda ko`paymasdan, balki uning o`rniga foydalanuvchi ixtiyorisiz, masalan elektron pochta orqali o`z dasturini yuboradi.
⯈ "Troya" dasturlari umuman tarqala olmaydi, kompyuterga yo o`z sohibi yoki undan o`g'rincha foydalanuvchi shaxs tomonidan tushiriladi. Odatda, ular zarur yoki qiziharli ma'lumot yoxud dastur ko`rinishida bo`ladi. Masalan, ular foydalanuvchiga elektron pochta orqali xat, fayl ko`rinishida keladi va uni yuklashni so`raydi, fayl yuklanishi bilan dastur kompyuterga kiradi va foydalanuvchi xoqlamagan har xil xarakatlarni bajaradi. Masalan, kompyuterni zararlab, undagi kerakli ma'lumotlarni o`z muallifiga yuborishi mumkin.
⯈ Hozirgacha 60 mingdan ortiq virus ro`yxatga olingan. Ular soni kundan-kun ortib, yangi-yangi turlari aniqlanyapti. Ularni o`ziga xos belgilari asosida: 1) yashash muqiti; 2) operasiyaviy tizimi; 3) algoritmining ishlash xususiyatlari bo`yicha guruhlarga bo`lish mumkin.
⯈ Birinchi guruh viruslari uchga: faylli, yuklanuvchi va makroviruslarga
bo`linadi.
⯈ Eng ko`p tarqalgan dastlabki kompyuter viruslari faylli viruslardir. Ular operasiyaviy tizim fayllari va kataloglarida joylashgan. Masalan, "overwriting" ("Ustidan yozish") shunday viruslardan bo`lib, ular, kompyuterga tushgandan keyin zararlangan fayl kodi o`rniga o`z kodini yozib, mavjud ma'lumotlarni yo`qotadi. Albatta, bunday holda fayl ishlamaydi va uning ichidagilarni qayta tiklab bo`lmaydi. Ular anchagina soddaligidan o`zini tez oshkor etib qo`yadi.
⯈ Faylli viruslarning boshqa turi, ya'ni parazit turi xam mavjud. Bunday viruslar zararlangan fayllar ish faoliyatini tupik yoki qisman saqlab qolsa-da, biroq ularning ichidagilarni o`zgartirib yuboradi. Masalan, ular o`zini faylning boshi, o`rtasi yoki oxiriga yozishi mumkin. "Cavity" ("bushlik") viruslari o`z kodini faylda ishlatilmaydigan ma'lumotlar o`rniga yozadi. "Companion" ("og'ayni") viruslari esa undan ham ayyor. Ular faylni o`zgartirmay, uning nusxasini yaratadi, fayl yuklanganda boshharuvni fayl nusxasi, ya'ni virus o`z qo`liga oladi.
⯈ Yuklanuvchi viruslarning ishlash tarzi operasiyaviy tizim algoritmini ishga tushirishga asoslangan. Bu viruslar disketalarning yoki qattiq disklarning yuklanuvchi sektorini (boot-sektor) - diskning maxsus qismida joylashgan kompyuterning boshlang'ich yuklanuvchi dasturini zararlaydi. Agar yuklanuvchi sektor ma'lumotlarini o`zgartirsa, kompyuter yuklanmasligi mumkin
Dostları ilə paylaş: |