ΔU=Retsession uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori YAIMni to`lik bandlikning noinflyatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan mikdor inflyatsion uzilish deyiladi.
Agarda, ishlab chikarish xakikiy xajmi (Uo) potentsial (U*) xajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortikcha xisoblanadi. Jami talabning ortikchaligi iktisodiyotda inflyatsiya jarayoniga olib keladi. Boshkacha aytganda jami talab xajmining jami taklif xajmidan kiska muddatda katta bo`lishi okibatida xakikiy va potentsial YAIM xajmlari o`rtasida inflyatsion uzilish ro`y beradi (16-chizma).. Bu uzilishni bartaraf kilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshkacha kilib aytganda jami talabni cheklash zarur.
E
Y=E
E1=C+I+G+Xn
A E E2=E1-ΔE
inflyatsion
uzilish
B
45
Y* Y0 Y
16-chizma. Ishlab chikarishning xakikiy va potentsial xajmi o`rtasidagi inflyatsion uzilish.
Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuktadan V nuktagacha surishni anglatadi. Bu erda jami muvozanatili yalpi daromad xajmidagi (ΔU) kiskarish kuyidagicha bo`ladi:
ΔU= -Inflyatsion uzilish mikdori x Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori. Keynsning makroiktisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini kiska muddatli makroiktisodiy siyosat maksadlarida aniklashtirgan bo`lib, uning xususiy xoli xisoblanadi. YAlpi talab va yalpi taklif modelidan farkli o`larok bu modelda baxolar darajasi va ish xaki o`zgarmas mikdorlar xisoblanadi. Ayni shu sababga ko`ra tovar moddiy zaxiralarining o`sishi kiska muddatda makroiktisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi.
Kiskacha xulosalar Klassik iktisodchilar makroiktisodiy muvozanat fakat to`lik bandlik sharoitida ro`y beradi, kiska mmuddatlt buzilishlar esa bozor mexanizlari tomonidan, ya`ni tbaxo, ish xaki kabi dastaklarning ishga tushishi bilan bartarafts etiladi deb xisoblashishadi.
Klassik iktisodchilar nazariyasidan farkli o`larok ingliz iktisodchisi J. Keyns o`zining to`lik bandlik mavjud bo`lmagan sharoitda xam makroiktisodiy muvozanat ro`y beradi, tartibga solinmagan iktisodiyotda to`lik bandlilik fakatgina tasodifiy ro`y beradi deb xisoblaydi.
Keyns modelida makroiktisodiy muvozanat ishlab chikarishni ta`minlovchi ikkita omil yalpi xarajatlar va yalpi daromadlarning kesishuv nuktasida ro`y beradi. Bu modelda tovar zaxiralarining o`zgarishi makroixtisodiy muvozanatni ta`minlovchi omil deb karaladi.
YAlpi daromadlarning avtonom xarajatlar mikdoridagi dastlabki o`sishdan (kamayishi)dan necha marta ortik o`sishi (kamayishi) mul’tiplikator samarasi deyiladi. Mul’tiplikator iktisodiy tebranishlar darajasini kuchaytiruvchi omil xisoblanadi.
Avtonom xarajatlar mul’tiplikatori mikdori iste`molga chegaralangan moyillik darajasi bilan belgilanadi va u bilan to`gri bogliklikka ega..
Makroiktisodiy muvozanat potentsial YAIM xajmidan kamrok bo`lgan xakikiy YAIM xajmida o`rnatilsa retsession uzilish, aksincha bo`lsa inflyatsion uzilish ro`y beradi.