“keys-stadi” texnologiyasi “Keys-stadi” haqida tushuncha “Keys-stadi” inglizcha “case”



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/13
tarix05.01.2022
ölçüsü0,52 Mb.
#113702
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
“KEYS-STADI” texnologiyasi

Oʻqituvchining yechimi: Suv hasharotlari evolyutsiya jarayonida atmosfera havosi 

bilan nafas olishga moslashgan boʻlib, 1-tajribada hasharotlar azotli muhitda tez nobud 

boʻlishgan,  sababi  azot  organizm  tomonidan  juda  oz  miqdorda  oʻzlashtiriladi.  2-

tajribadagi hasharotlar havo rezervuaridagi atmosfera havosi hisobiga nisbatan uzoqroq 

yashashgan.  Hasharotlar  havo  rezervuarlarida  havo  qolmaganligi  hisobiga  nobud 

boʻlishgan.  3-tajribada  kislorodli  muhitda  hasharotlarning  nisbatan  qisqa  vaqt 

yashaganiga  sabab  shuki,  kislorod  faol  oksidant  boʻlib,  u  hujayra  qobigʻi  va  uning 

tarkibidagi  organik  moddalarning  oksidlanishiga  sabab  boʻladi.  Bu  esa  hujayralarni, 

natijada organizmni halok boʻlishiga olib keladi.  

Havo gazlar, asosan, Yer atmosferasini tashkil etuvchi azot va kislorodning tabiiy 

aralashmasidir. 



2-Keys.  Zamonaviy  biotexnologiya  fani  yutuqlari  insoniyat  hayotidagi  qator 

muammolarni  hal  qilishga  xizmat  qilmoqda.  Biroq  genlari  modifikatsiyalangan 

organizmlar, ulardan olingan mahsulotlarga bir guruh olimlar va jamoatchilik “xavfli” 

deb qarashmoqda. 



Topshiriq:  Siz  genlari  modifikatsiyalangan  organizmlar,  ulardan  olingan 

mahsulotlarni  xavfli  deb  hisoblaysizmi?  Javobingizni  asoslab  bering.  Genlari 

modifikatsiyalangan organizmlarning “zararsiz” ekanini izohlab bering. 

3-Keys. Ota farzandini maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun tibbiy 

hujjat  tayyorlash  jarayonida  tibbiy  ko‘rik  natijasiga  ko‘ra  farzandi  IV-qon  guruhli 

ekanligi ma’lum bo‘ldi. Ota o‘zining tasavvuriga ko‘ra, o‘zi II-qon guruhiga, turmush 

o‘rtog‘i  esa  III-guruhga  mansubligini  hisobga  olib,  turmush  o‘rtog‘idan  shubhalanib, 

ushbu masalani hal etib berish va nikohni bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qildi. 

Topshiriq:  Ushbu  muammoli  vaziyatda  siz  sudyaning  o‘rnida  bo‘lganinggizda 

oilani saqlab qolish va to‘g‘ri xulosa chiqarish uchun qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz? 




Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin