Savollar:
1.
Siz bu hodisaga qanday qaraysiz?
2.
O‟qituvchi tog‟ri ish qildimi?
3.
Otaning direktorga arz qilishi to‟g‟rimi?
Keyslar banki
Muammoning yechimi qanday ?
223
Behruz 4-,,B‘‘ sinfda o‘qiydi. Uning matematika fanidan o‘zlashtirishi juda yaxshi
edi. Shuning uchun matematika fanida sinfdoshlariga misol , masala va tenglama yechishda
yordam berar edi.
Kunlarning birida matematika fanidan ,,Bilimlar sinovi‘‘ e‘lon qilindi. 4-,,B‘‘ sinf
rahbari Sanobar opa Behruz qatnashishini aytdi . Bu gapni eshitib Behruz rosa xursand
bo‘ldi.
4-,,B‘‘ sinfda Ma‘naviy –ma‘rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rin bosarining o‘g‘li
Sanjar ham shu sinfda o‘qir edi. Sanjarning dadasi buni eshitib Sanobar opaga o‘g‘lining
qatnashishini aytdi. Sanobar opa Behruzga ,,Bilimlar sinovi‘‘ga u emas Sanjarning
qatnashishini aytadi. Behruzning bundan jahli chiqdi.
Darsdan so‘ng qaytishda Behruz Sanjarni to‘xtatib uning bilimi past ekanligini
,,Bilimlar sinovi‘‘ga qatnashishdan voz kechishini aytadi. Sanjar bu gapdan qattiq jahli
chiqib ketdi va vaziyat qaltis tus oldi. Natijada Sanjar Behruzni og‘ir jarohatladi.
Savollar
1.
Bu vaziyatga siz qanday qaraysiz ?
2.
Qanday yo‟l tutgan bo‟lardingiz ?
3.
Direktor o‟rin bosarining qilgan ishi to‟g‟rimi?
4.
Sinf rahbarining qilgan ishi to‟g`rimi ?
5.
Behruzning qilgan ishi to‟g‟rimi yoki Sanjarning qilgan ishi?
6.
Sizning o‟quvchilaringiz o‟rtasida shunday hodisa ro‟y bersa qanday yo‟l
tutasiz ?
Dostları ilə paylaş: |