Axborot urushi vositalari vazifasini ommaviy axborot vositalari, pochta, hatto g’iybat tarzida tarqatilgan gap-so`zlar ham bajarishi mumkin. Axborot urushida faktlar buzib ko`rsatiladi yoki ularning ta’sir ko`rsatayotgan tarafga foydali tomonlari bo`rttiriladi.
Axborot urushining tarkibiy qismlari 1) psixologik operatsiyalar – dushman askarlari ishonchiga ta’sir ko`rsatish maqsadida axborotni qo`llash;
2) elektron urush – dushmanga aniq axborot, ma’lumotga ega bo`lish imkonini bermaydi;
3) dezinformatsiya – dushmanni o`zining kuchi va niyatlari to`g’risida soxta ma’lumot bilan ta’minlaydi;
4) jismoniy vayron qilish – axborot tizimlarining elementlariga ta’sir ko`rsatish maqsadi bo`lganida axborot urushining bir qismi bo`lib kelishi mumkin;
5) xavfsizlik choralari – dushman shu taraf imkoniyat va niyatlaridan xabardor bo`lishining oldini olish;
6) to`g’ridan-to`g’ri axborot hujumlari – axborot mohiyatini saqlagan holda uning ko`rinishini o`zgartirib yuborish.
Ommaviy axborot vositalari eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Chunki ommaviy axborot vositalari ommaning o`ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilotchisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo`lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g’oya va demokratik tamoyillar targ’ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vositalari doimo demokratiya va so`z erkinligining o`ziga xos o`lchovi, ko`rsatkichi bo`lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqyotni rag’batlantiradi va mustahkamlaydi.
Xayotiylik - bugungi kunda ommaviy axborot voyeitalarining faoliyatiga quyilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko`rsatish, maqtovlardan iborat bo`lishi targ’ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko`rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bulaverishi tabiiy Bu - isbot talab qilmaydigan aksioma. Shunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o`rganish kerak. Ularning borligini ko`rib, uzini ko`pmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demak muammolarni o`z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim.
Ta’kidlash joizki, targ’ibotning negizida faqatgina g’oyaga ishonch emas, g’oyani targ’ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. Shu bois, maqtash targ’ibotning yagona va hatto eng to`g’ri usuli ham emas. Demaq mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ’ib qilish mumkin emas.
G’arbda ommaviy axborot vositalariga qo`pol bo’lsa ham jamiyat manfaatlarini "qo`riqlovchi ko`prik", deb nisbat beradilar. Yetuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning "ko`zlari", "quloqlari" vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xabar beruvchi, muammolarni dadil kutarib chiqib, ularning turli yechimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.Ta’kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demokratiyaning taraqyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qapamaqarshi nuqtai nazarlardan iborat bulgan dasturlarni yaratish, muqobil fikrlar to`qnashuviga erishish lozim. Shundagina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirish va rag’batlantirishga qodir bo`ladi.
Biz demokratiyani qanday tushunsak, ommaviy axborot vositalariga ham shunday vazifalarni yuklaymiz. Biz demokratiyani mustaqilliq erkinlik va mas’uliyat deb tushunar ekanmiz, ommaviy axborot vositalaridan ham mustaqillik, erkinlik va mas’uliyatni kutamiz. Demak, jurnalistlar bu tushunchalarini anglashi, ularga ehtiyoj sezishi, ularni qadplashi, ulardan foydalana bilishi va ular uchun kurashishi zarur.
Ommaviy axborot vositalari orqali milliy istiqlol g’oyasini singdirishning yana bir muhim jihati mavjud. Bu jihat - axborot terroriga, mafkuraviy tahdidlarga munosib javob berish, ma’naviy-mafkuraviy jihatdan xalqimizni tobe etishga intilishlarning payini kesish va o`zbekiston fuqarolarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bilan bog’liq Ommaviy axborot vositalarining ta’sir kuchini kursatadigan shunday bir gap bor "har qanday puch g’oya, uydirma haftasiga uch martadan to’rt yil davomida takrorlansa - "haqiqat" tayyor bo’ladi, odamlar unga chippa-chin ishonadilar". Oxirgi paytlarda informatsion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning uzgarganligidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol - axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informatsion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o`q singari insonni jismonan yo`q qila olmasa-da, uning qo`poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg’in qurolinikidan kam emas. Chunki bu qurol yordamida onga berilgan zarbalar kishini adashtiradi, uni uz manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demaq insonni boshqarish, uning ustidan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqcadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informatsion hurujlar uyushtirish uchun u qadap ko`p mehnat, u qadap ko`p harakat, u qadap ko`p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon tukishlarni keltirib chiqarmasa-da, milliy uzlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, 6unday informatsion quporuvchilikdan maqcad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yul bilan tazyiq utkazish, jahon afkor ommasida o`zbekiston haqida noto`g’ri tasavvur to`g’dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol g’oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba’zi fikrlar ham bugungi hurujlarning maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar - davlatning uzga qududlarda o`z mavqeyi va ta’sirini kuchaytirishga qaratilgan siyosatdir. Ochig’i, bu ta’sirif ayrim ommaviy axborot vositalarining faoliyati nimaga yunaltirilganligini fosh etib qo`ymoqda.
Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher "Ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun kislorod vazifasini o’taydi", degan. Bu gapning mag’zini chaqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga keladi. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq uylab kursak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan uldirish orqali millionlarda qo`pqyv va daqshat uyg’otishga intiladilar. Demaq ularning maqcadlari - uldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilishdir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari uzlari bilmagan holda terrorizmning buzg’unchiliq qo`poruvchilik ta’sirini yanada oshirishga "xizmat" qilib qo`yadilar. Ularning terror oqibatlari haqidagi vaqimali axborotlari insonlardagi qurquvni, daqshatni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg’ibotni uyushtirish zarurati to`g’iladi. 9.4 Global tarmoqdagi g’oyaviy xurujlar va barkamol avlodni mafkuraviy xurujlardan himoya qilishda milliy g’oyaning o’rni.Har bir davlat o`z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo`ladigan axborotlar bilan ta’minlanishidan manfaatdordir. O`zbekistonda ham o`sib kelayotgan yosh avlodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, madaniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo`naltirilgan, printsipial “axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda.
Zamonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axborot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko`zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutubxonalar tarmog’ini tubdan takomillashtirish edi.
Mazkur qarorda oliy va o`rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko`p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko`zda tutildi.