Ushbu ishchi dastur O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil "___" ___________ dagi “_____” sonli buyrug‘ining - ilovasi bilan Ishlab chiqarish (malaka) amaliyoti dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi: Boybekov Sh.A. -tibbiyot kafedrasi o’qituvchisi.
Taqrizchilar: Tursunqulov M.- tibbiyot fanlar nomzodi
Mamarasulov T.- tibbiyot fanlar nomzodi
Kafedra mudiri v.b. To‘ychiyev S.A.
Fakultet dekani: To‘ychiyev S.A.
Kelishildi:
O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i: P. Qurbonov
I. Malaka amaliyotining dolzarbligi va ta’limdagi o‘rni
“Sog‘liqni saqlash” buyicha Davlat oliy ta’lim standartlari asosida tuzilgan ushbu amaliyot ishchi dasturi bo‘lajak tibbiyot mutaxassislariga amaliyot vazifalarini va amaliy ko‘nikmalarni to‘liq o‘zlashtirishga imkon beradi. Ishlab chiqarish amaliyoti davrida talabalar amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish, bemorlarni parvarishlash bilan birga somatik bo‘lim tuzilishi va davo-himoya rejimi bilan tanishadilar, muolaja xonasini, palatalarni tozalashni o‘rganadilar. Talabalar bemorlarni palataga va diagnostik tekshiruvlarga transportirovka qilishda ishtirok etishadi. Og‘ir bemorlarni parvarishlashni oddiy usullariga alohida e’tibor qaratiladi.