Kichik tibbiyot xodimi yordamchisi


Malakaviy amaliyot o‘tash obyekti (bazasi)



Yüklə 35,58 Kb.
səhifə3/10
tarix28.02.2023
ölçüsü35,58 Kb.
#123686
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-kurs amaliyot

2.3. Malakaviy amaliyot o‘tash obyekti (bazasi):
— Jumladan, u Qashdaryo viloyat ko‘ptarmoqli tibbiyot markazining klinik bazalari, shahar, tuman kasalxonalari ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalar turli tibbiyot yo‘nalishlarining tuzilishi va u bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar, hamda kichik tibbiyot xodimining majburiyatlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘ladilar.
2.4. Talabalarni malakaviy amaliyot o‘tash vaqtida o‘zlashtirgan amaliy bilimlari va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablar:
Talaba:
- bemorlarni parvarish qilishning deontologik tamoyillari; davolash va profilaktika muassasalarining turlari; bemorni parvarish qilish usullari va uning ahamiyati; hujjatlar va ularni yuritish tartibi;
- Dori vositalarini saklash va tarkatish; deziinfeksiya, sterilizatsiya, aseptika va antiseptika koidalari; kasalxona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- fiziologik va davo stollari, bemorni ovqatlantirish va idishlarga kayta ishlov berishni; harakat rejimini; «reanimatsiya», «klinik o‘lim», «biologik o‘lim» tushunchalarini, reanimatsion chora-tadbirlarni o‘tkazishga ko‘rsatmalarni; bemorlarni sanitar ishlov berish turlarini; bemorlarni rentgenologik, ultratovush va boshka tekshiruvlarga tayyorlashni bilishi va ulardan foydalana olishi;
- xonalarni tozalash, xonani shamollatish, joriy va yakuniy dezinfeksiya o‘tkazish; dori vositalarini berish usullari; tibbiy muolajalarni o‘tkazish (termometriya, antropometriya, nafas olish soni, yurak urish sonini aniqlash, arterial qon bosimini o‘lchash); davo muolajalarini o‘tkazish (ingalyatsiyalar, gorchich qo‘yish va boshq.); tananing turli qismlarini immobilizatsiya qilish usullari; og‘ir bemorlarni parvarish qilish amaliy ko‘nikmalariga (shu jumladan klinik amaliy ko‘nikmalariga) ega bo‘lishi kerak.


III. Malaka amaliyotining o‘quv rejasi.




Yüklə 35,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin