Kichkina alisher



Yüklə 1 Mb.
səhifə3/7
tarix09.01.2023
ölçüsü1 Mb.
#122082
1   2   3   4   5   6   7
Safayeva Shaxnoza Qayumovna

O'tilgan mavzuni so'rash.

  • Bolajonlar, keling o’tilgan mavzuimizni eslaylik.

  • Biz o’tgan darsimizda Miraziz A’zamning “Mehmon keldi” mavzusini o’tganmiz.

Miraziz A’zam Toshkentlik bolalar yozuvchisi bo’lib, u kishi biz bolajonlar uchun juda ko’p asarlar yozganlar. U kishi yana tarjimon ham bo’lganlar va juda ko’p chet el asarlarini, xalqimizga havola etgan.





O'tilgan mavzu yuzasidan savol-javob.

  1. Ra’nobonu qanday qiz edi?

  • Ra’nobonu aqlli, odobli, mehnatsevar qiz edi. U oyisi buyurmasdan o’zi bilib hamma ishlarni qiladigan qiz edi?




  1. U tushida nima ko’rdi? Oyisi unga nima dedi?

  • Ra’no tushida oyisi unga chiroyli ko’ylak olib kelganini ko’rdi. Tushini oyisiga aytib berdi.



Oyisi:

  • Mehmon kelar ekan dedi.

Oyisi va dadasi ishga ketgach Ra’no hamma yoqni chinnidek qilib tozalab qo’ydi. Shu kuni mehmon kelmadi, lekin oyisi unga chiroyli ko’ylak olib keldi.



  1. Choy ichib o’tirib Ra’no nima qildi?

  • Ra’no bir kuni choy ichib o’tirib 2 ta non tishlab qo’ydi. Oyisi unga mayli mehmon kelar ekanda dedi.

Ra’no har kuniuylarni toza tutadigan bo’ldi.



  1. Ularning uyiga mehmon keldimi?

  • Kunlardan bir kun ularni uylaridagi o’rik shohida bir zag’izg’on sayrab ko’cha tomonga uchib ketdi.

Ra’no uning ortidan yugurib borib zag’izg’onjon borib ayt biznikiga mehmon kelsin dedi.

  • Mana biz mehmon bo’lib keldik degan ovoz eshitildi. Bu Ra’noning buvisi va xolasining ovozi edi.

Ular saranjom-sarishta uyni ko’rib xursand bo’lishdi va Ra’noga rahmat aytishdi.



  1. Ra’noning oyisi nima uchun shunday yo’l tutdi?

Demak Ra’noning oyisi faqat mehmon uchun emas, balki doimo uylari pokiza turishi kerakligi uchun shunday yo’l tutgan.

Bizning xalqimiz o’zining mehmondo’stligi, ko’ngli ochiqligi bilan ajralib turar ekan.






Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin