Bag’ishlading jonimga huzur,ko’zlarimga bera olding nur Deding bolam doim to’g’ri yur,so’zing dilda jonim onajon. Gullar olib boray qoshinga,bulbul bo’lib qo’nay qoshinga Bosib o’tgan aziz yoshingga,Sadqa bo’lsin jonim onajon. Baxtiyorsan o’g’il-qizing ko’p,har biriga aytar so’zing ko’p Yodgorliging qolar sening ko’p, iftihorim jonim onajon. Muborakbod etib kuylayin,erkalatib o’pib kuylayin Dilda mehrim qo’shib kuylayin,gulbahorim jonim onajon. Sahna ko’rinishi: Ona mehri. Boshlovchi:Go’zal bir yurt bor emish, gulzor chamanzor emish Bog’da sayrasa bulbul,olam guliston emish. To’satdan bir kun yurtni,har tomondan yov bosdi. Payhon etib ekinni,xalqni qatl etibdi, Yurtda bir ayol qolib, omon qolish hohlarmish, O’g’il qizini quchib,farzandiga jonin berarmish. Bosqinchi shoh ayolni sinab ko’rmoqchi bo’ldi, Uni omon qoldirib,o’g’lin qatl etmoqchi bo’ldi. Bosqinchi shoh: Seni o’ldirsam agar,o’g’ling qasdini olar O’yib olsam o’ng ko’zing,bolang sog’ omon qolar. Mushtipar ona shu on,kerak bo’lsa ol ko’zim O’g’lim omon qolsa bas,ishonaver chin so’zim, Menga ko’zim kerakmas. Boshlovchi:Jallodlar ona ko’zin,hamon o’yib olishdi Ona churq etmaganin,ko’rib hayron qolishdi. Bosqinchi shoh ko’nmadi,ayolni tinch qo’yishga Chap ko’zini so’radi,endi qizin o’rniga. O’yib olsam chap ko’zing,qizing omon qoladi Ona—kerak bo’lsa ol ko’zim,qizim omon qolsa bas Ishonaver chin so’zim,menga ko’zim kerakmas. Boshlovchi: Ona berib chap ko’zin,chiqarmabdi bir so’zin Bosqinchi shoh oldida, yoqotmabdi hech o’zin. Bahodirlar qo’zg’alib,shohni mag’lub etibdi Ko’zsiz qolgan onani, yurtga bosh etishibdi. Odatda onadi Mehribon volida deymiz.Chunki har bir inson uchun onadan mehribon va yaqin kishi yoq, ona siz bilan bizni dunyoga keltirib, ko’z qorachig’idek asrab-avaylab voyaga yetkazibgina qolmay, hamma vaqt quyosh yanlig’ hayotimizga nur ato etadilar,tunimizni yorug’,yolimizni oydin qiladilar. Ona muqaddas ona aziz va mo’tabar siymo. Ona ulug’lik go’zallik donolik timsoli. Ona hayot chashmasi ona shu chashmadir